Ишлаб чикариш дастури


Yig’ish jarayonining texnologik xujjatlari



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə62/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Yig’ish jarayonining texnologik xujjatlari.


Yiђish texnologik reglamenti quyidagi xujjatlar kurinishida buladi (GOST 3.1407-71): mashrut kartasi (xaritasi), operatsiyalar kartasi, yiђishning texnologik sxemasi, yiђilayotgan birikmaning eskizlar kartasi, yiђish jadvali, yiђish komplektlarining qaydnomasi, moslamalar qaydnomasi, nazorat va sozlash kartasi.
Mashrut kartasida mahsulot va uning alohida birikmalarining yiђish ketma-ketligi tuђrisidagi ma’lumotlar mujassamlashtiriladi.
Operatsiya kartasida yiђish operatsiyasining bajarish mazmuni yoritiladi. Bundan tashqari, bu kartalarda quyidagi ma’lumotlar keltirildi: a) mahsulotning nomi; b) mahsulot ishlab chiqarishning yillik dasturi; v) partiyadagi mahsulotlar soni; g) bajariladigan barcha ishlogarni yiђish detallari bo’yicha bulinishi; d) operatsiyaning nomi, yiђishning har bir davri bo’yicha bajaradigan ishlar; ye) operatsiya uchun yiђish komplekti – detallar, birikmalar kerakli asboblar, moslamalar va shu kabilar ruyhati; j) yiђish takti va xar bir operatsiya vaqt me’yorlari; z) operatsiyaning bajaruvchi barcha ishlar uchun vaqt me’yori; i) ishchi malakasi; k) yiђish operatsiyasining bajarishda rioya qilinishi kerak bulgan texnik shartlar; l) yiђilayotgan birikmaning tuzilish va uni moslamadagi holatini, mahsulotni kutarish-tushirish, burash uchun zanjirlarni maxkamlash joylarini kursatuvchi kerakli eskizlar.


Yig’ish ishlarini tashkil qilish shakllari va tamoyillari
Mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida yiђish sxemasi mahsulot uchun umumiy qilib tuzilsa, seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida esa yiђma birikmalar hamda mahsulotni umumiy yiђish sxemalari alohida-alohida tuziladi. Yiђish sxemalari yiђilayotgan birikma tuzilishini kursatuvchi eskizlar bilan yoritiladi. Murakkab tuzilishga ega bulgan mahsulotlarni turli sexlarda yiђilganda ularni uz vaqtida umumiy yiђish jarayoniga yetkazib berish maqsadida yiђish jadvali tuzildi, masalan samolyotsozlikda.
Korxonaning ta’minot xizmati va ishlab chiqarishni tayyorlash xujjatlari uchun yiђish komplektlari hamda moslamalarning qaydnomlari alohida tuziladi. Nazorat va sozlashlar kartalarida yiђish jarayoni natijasida ta’minlanishi zarur bulgan sifat kursatkichlari kursatiladi. Zarur hollarda ushbu kartada mahsulotni qabul qilish uchun sinovlar ruyxati beriladi, qaysiki ularning natijalari mahsulotni sifatli ekanligini tasdiqlaydi.
Yig’ish jarayonida birikmalarni tayyorlashni quyidagi tamoyillari mavjud:

  • detallarni alohida moslash yuli bilan birikma hosil qilish tamoyili;

  • tula urin almashtirish tamoyili;

  • tula bulmagan urin almashtirish tamoyili;

  • guruhlarga ajratib olish tamoyili;(selektiv yiђish).

Donali va mayda seriyali ishlab-chiqarish sharoitida detallarini bir-biriga alohida moslab birikma hosil qilinadi. Bu holda talab etilgan brikmani hosil qiluvchi ikkita detalni biri ikkinchisiga qulda ishlov berish usullari yordamida (egovlash, shaberlash, pritirlash, jilvirlash, razvertkalash va h.k.) moslanadi. CHizmalarda bunday birkmalarga «o’rni bo’yicha moslansin» degan yozuv kursatiladi.
Kup seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida ham standart birikmalarni (podshipniklarni) hosil qilish tula o’rni almashish tamoyili asosida olib boriladi. Bu holda mexanik ishlov berish sexlarida detallari quyim maydoni chegarasida tayyorlanadi va uz navbatida birikma juftligini tashkil etuvchi ixtiyoriy detalni ikkinchisiga moslash yoki tanlab olishsiz biriktirish imkoniyatini beradi, ya’ni tula urin almashtirish imkoniyatini beradi. Tula urin almashtirish tamoyili qulay bulishiga qaramay, detallarni quyim maydonida tayyorlanish borasidagi talab qushimcha sarf-xarajatlarni yuzaga keltiradi.
Tula bulmagan urin almashtirish tamoyilini qullagan holda detallarni mexanik ishlov berish natijasida hosil bulgan quyimlar maydoni biroz kattalashadi. Bu uz navbatida mexanik ishlov berish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Ma’lumki detallarni tayyorlashdagi ishlab chiqarish xatoliklari normal tarqalish qonuniga buysunadi. SHunga kura, detallarni quyim maydoni chegarasini orttirish, chegaraviy o’lchamlarni mos kelmasligi natijasida bir-biri bilan yiђilmaydigan detallar soniga proportsional bulmaydi. Aksincha bir-biri bilan yiђilmaydigan detallar soni kup buladi. Ishlab chiqarishda yiђma birikma hosil qilmagan detallar yashiklarga solib quyiladi va bir-biriga alohida moslash yuli bilan yiђiladi. Tula bulmagan urin almashtirish usuli seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi.
Tula bulmagan urin almashtirish tamoyili asosida yiђish jarayonini amalga oshirishda moslagichlar (kompensatorlar) keng qo’llaniladi. Ular quzђalmas va quzђaluvchan bulishi mumkin. Bu holda yiђma birikmaning biror bir chetida oraliq qoldiriladi. Oraliqning (zazor) kattaligi yiђish jarayonida hosil bulgan xatoliklarning qiymatidan katta buladi. Yiђish jarayonining nixoyasida hosil bulgan oraliqning kattaligi aniqlanib, bu oralqi xalqa – moslagichlar yoki quzђaluvchan qopqoq yordamida tuldiriladi.
Guruhlar ajratish tamoyili kup miqdorda birkmalar hosil qilishda quyimlar chegarasiga juda aniq talabalar quyilgan holda qo’llaniladi. Masalan, dizelli dvigatellarning yonilђi nasosining plunjer juftligida oraliq (zazor) 1, 5-2 mkm chegarasida bulishi kerak. Tula urin almashtirish tamoyilini qullash uchun detallarni mexanik ishlov berishda bunday yo’qori aniqlikka erishish murakkab. SHuning uchun detallarni mexanik ishlov berishdagi quyimlar maydonining chegarasi bir muncha kattlashtiriladi. Ishlov berilgan detallarning o’lchamlari nazorat qilinib guruhlarga ajratiladi va guruhlardan mos o’lchamlar tanlab olinib birikma juftliklari hosil qilinadi. Natijada, birikmaning talab etilgan quyimlar chegarasi ta’minlanadi. Bu tartibda yiђish selektiv yiђish deb ham yuritiladi.
Yiђish ishlarini tashkil qilish shakllari asosan ikki kurinishda bushladi: statsionar (qo’zg’almas) va quzђaluvchan yiђish. Statsionar yig’ishda mahsulot bir ish o’rniga bir yoki bir necha ishchi tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulot tarkibiga kiruvchi barcha detallar shu ish o’rniga keltiriladi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə