Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix24.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#159325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson me

Gidrodinamik shovqinlar. 
Gidrodinamik shovqinlarga suyuqliklarni nasoslar 
yordamida bir joydan ikkinchi joyga yuborishda hosil bo`ladigan shovqinlarni, 
asosan nasosning harakatlantiruvchi qismlarining nosozligi va gidravlik zarbalar 
ta`sirida kelib chiqadigan shovqinlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu shovqinlarni 
yo`qotishda mana shu shovqinlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni, ya`ni nasoslarning 
harakatlanuvchi ismlarining mutanosibligini taminlash, gidravlik zarbalar kelib 
chiqishini yo`qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash zarur. 
Elektromagnit shovqinlar.
e
lektromagnit shovqinlarning kelib chiqishi elektr 
motorlarda stator va rotorning o`zaro magnit maydonlari hosil qilishlari natijasida 
rotor aylanib magnit maydonni kesib o`tishi bilan hosil bo`ladigan to`lqinlar 
elektromagnit shovqin sifatida tarqaladi. Bu shovqinlarni yo`qotishga asosan elektr 
motorlarini konstruktiv o`zgartirishlar bilan kamaytirilishiga erishiladi. Masalan, 


80 
rotor yakorining to`g’ri pazlari o`rniga qiyshiq pazlar o`rnatish yaxshi natija beradi.
Elektr mashinalari ishlaganda, shuningdek, aerodinamik shovqinlar ham 
chiqadi. Masalan, rotor aylanganda havoni keskin to`lqinlanishi aerodinamik shovqin 
sifatida tarqaladi.
Bundan tashqari mexaniq shovqinlar ham bo`lishi mumkinki, buni masalan
elektr qabul qiluvchi shetkalarni yaxshilab silliqlab o`rnatish elektrodvigatel’ 
ishlaganda ajralayotgan shovqinni 6-10 dB ga kamaytiradi.
O`ta kuchli shovqinda ishlovchi qurilmalarni izolyatsiyalashda tovush 
kamaytiruvchi ekranlar ishlatiladi. Ishlab chiqarish binolarida shovqinni susaytirish 
yo`llaridan yana bir binolarga akustik ishlov berish, binolar va tsexlarni to`g’ri 
joylashtirish hisoblanadi. Tovush yutuvchi materiallar sifatida kapron tolalari, 
porolon va boshqa g’ovak materiallar ishlatiladi. 
Bunday g’ovak materiallar o`ta va yuqori chastotali shovqinlarni maksimal 
darajada yutadi va susaytiradi. Agar yuqorida ko`rsatilgan usullar orqali shovqinni 
yoki uning darajasini susaytirish va me`yorlashtirish imkoniyati bo`lmasa, shaxsiy
himoya vositalaridan, quloqchinlardan (3-rasm) va vatadan tayyorlangan 
tamponlardan foydalaniladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə