Ishlab chiqarishda boshqaruv


" Quva tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy amaliy markazi tomorqa xizmati",MCHJning aylanma mablag`lar aylanishining tahlili



Yüklə 236,66 Kb.
səhifə12/15
tarix10.10.2023
ölçüsü236,66 Kb.
#126520
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Quva tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy amaliy markazi

" Quva tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy amaliy markazi tomorqa xizmati",MCHJning aylanma mablag`lar aylanishining tahlili



Ko`rsatkichlar nomi

2020-yil

2021-yil

2022-yil

Farqi
(2021-2020)

Farqi (2022-2021)

1

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum, ming so`mda

32812423

36336743

13427907

3524320

-229088
36

2

Jami tovar – moddiy zahiralari, ming sumda

5811516

6148803

7855101

337287

1706298

3

Tovar modddiy zahiralarining (aylanma mablag`larning) aylanish koeffitsienti (1\2)

5.6

5.9

1.7

0.3

-4.2

4

Aylanish salmog`i koeffitsienti (2\1)

0.2

0.2

0.6

0.0

0.4

12-jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, tahlil etilayotgan aksionerlik jamiyatida joriy yilda mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum miqdori -22908836 ming so`mga kamaygan. Tovar–moddiy zahiralarining qiymati 1706298 ming so`mga o`sgan. Bularning natijasida tovar-moddiy zahiralarining aylanish koeffitsienti o`tgan yilgi 5.9 koeffitsientdan hisobot yiliga kelib 1.7 koeffitsientga kamaygan.
7. KORXONADA MAXSULOT SIFATINI NAZORAT QILINISHINI TASHKIL ETISH
“O‘zagroinspeksiya”ga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari huquqlarini himoya qilish sohasida qonunchilik, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490 sonli farmon talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Bunda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish faqat tegishli tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, «xavfni tahlil etish» tizimi natijalari asosida, tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilgan.
Korxonaning o`zida maxsulotlarni qadoqlashdan avval kunlik maxsulot sifatini tekshirish uchun labarato`riya tashkil etilgan bo`lib muntazam ishlab kelmoqda.
Ish xaqining iqtisodiy mazmuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksida hamda keyingi yillarda qabul qilingan qator qonunlarda ular o’z ifodasini topgan. Masalan, Konstitutsiyamizning 37- va 38-moddalarida adolatli mehnat sharoitlari va munosib xaq to’lash masalalari qonun bilan tasdiqlangan. Narx oshib borishi bilan daromadlarni, shu jumladan, ishchi va xizmatchilarning ish xaqlari, nafaqa va pensiyalarni va turli ijtimoiy to’lovlarni indeksatsiyalash davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi bo’lib qolmoqda. Ish xaqi eng kam mikdorining muntazam oshirib borilishi, uni tirikchilikning minimal darajasiga yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda bir soatlik eng kam ish xaqi miqdorini qonuniy yo’l bilan belgilab qo’yish e’tiborga loyiqdir.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga muvofiq, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to’liq bajargan xodimning oylik mehnat xaqi qonun hujjatlarida mehnatga xaq to’lash yagona ta’rif setkasining birinchi razryadi (2020 yil yanvar-dekabr oylarida 426,4 ming so’mni tashkil etgan) bo’yicha belgilangan miqdordan oz bo’lishi mumkin emasligi ko’rsatib o’tilgan.
Ma’lumki, inson o’z mehnati uchun adolatli xaq olgandagina u ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlashga o’z hissasini ko’proq qo’shadi. Chunki, u moddiy manfaatdordir.
Ish xaqi tushunchasining mohiyatini ko’rib chiqqanda shuni nazarda tutish kerakki, bu tushuncha yollanib ishlayotgan va o’z mehnatiga oldindan belgilangan miqdorda xaq oladigan shaxslarga nisbatan ishlatiladi.
Ish xaqi yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ishchi kuchiga bo’lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarish shaklidir. SHu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga to’lanadiga xaq ishlab chiqarish harajatlarining elementlaridan biri hisoblanadi, ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni harid qiladi. shbu hulosalardan keyin ish xaqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, ish xaqi - ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Xaq to’lashning qaysi tizimini: ta’rif stavkalari, maoshlar, ta’rifsiz tizimni asos qilib olishni korxonaning o’zi mustaqil ravishda hal qiladi. Ish xaqining funksiyalari va uni tashkil etish tamoyillari.


Yüklə 236,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə