Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə33/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

7-MAVZU. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi.


Reja:
1.Innovatsion biznes qiymatini boshqarish konseptsiyasi
2.Innovatsiyon faoliyatni moliyalashtirish manbalari va mahsus shakllari
3.Innovatsiyalarni moliyalashtirishning korporativ strategiyasi


1.Innovatsion biznes qiymatini boshqarish konseptsiyasi
Xоzirgi zamonda innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimi turli xil vaziyatlarga moslanuvchan bo’lib, kompleks xarakterga ega. Uning zimmasiga istiqbolli mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etish, tashkiliy tuzilma shakllarini va boshqaruvchilik funksiyalarini qayta to’zish, yangiliklarni amaliyotga joriy etish, innovasiovn jarayonlarni boshidan oxirigacha boshqarish imkoniyatini ta’minlash kabi bir qator vazifalar yuklatiladi. Keng ko’lamli tashkiliy iqtisodiy faoliyatni qamrab oluvchi mazkur jarayon tashkiliy jihatdan o’ziga xos xususiyatga ega. Bu xususiyat quyidagicha namoyon bo’ladi. Innovatsion faoliyatni tashkiliy jixatdan boshqarishga mas’ul turli bulim va xizmatlar tashkilot iyerarxiyasining narx1arini olib borish. Ushbu vaziyat qimmatli qog’ozlar bozorida o’z xarakteriga ega.Innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimining tashkiliy elementlari:
• ixtisoslashgan bo’linmalar - ilmiy izlanishlar talab etiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik firmalar tarkibida tashkil etiladigan, tashkilotning texnik siyosatini ishlab chiqish bilan shugullanuvchi har xil kengashlar, ko’mitalar, ishchi guruhlari. Bu bulinmalar faoliyatining bosh maqsadi innovatsion jarayonlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilashdan iborat;
  • yangi xil mahsulotlar loyihasini tayyorlash va amalga oshi­rish bilan band markaziy xizmat tizimi - innovatsion jara­yonlarni o’zaro muvofiklashtirish, yagona texnik siyosatga amal qlinishini ta’minlash, innovatsion faoliyat ustidan nazorat urnatish bilan mashtul;


  • yangi mahsulotlar bilan ishlaydigan bo’linmalar nisbatan mustaqil tashkiliy tuzilmalar bulib, ularning asosiy vazifasi tashkilot mikyosidagi barcha innovatsion jarayonlarni.texnik jixatdan rivoj-lanishning maqsad va yo’nalishlarini o’zaro muvofiqlashtirish, innovatsion faoliyat dasturlari va ish rejalarini ishlab chiqish, yangi mahsulotni loyiha darajasidan to amalga oshirilgunicha kuzatib borish, yangi mahsulotlarning loyihaviy xujjatlarini muxokama etishdan iborat;


  • maqsadli loyihalar asosida ilmiy izlanishlar uyushtiruvchi, yangi mahsulotlarni yaratib ishlab chiqarishga joriy etish bilan shug’ul­lanuvchi maxsus guruhlar  nisbatan mustaqil tashkiliy tuzilmalar bo’lib, ularning asosiy vazifasi innovatsion loyihalarni tayyorlash, rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etish va keng ko’lamda yangi mahsulotni ishlab chiqarishni yulga kuyish jarayonlarini kompleksli amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat;


  • tashkiliy tuzilmani rivojlantirish markazlari - tashkiliy va iqtisodiy jarayonlar bilan bevosita aloqador bo’lmagan, nisbatan mustaqil tashkiliy tuzilmalar. Ularning ish vazifalari aloxida belgilanadi;


  • ishlab chiqdrish bo’linmalari qoshidagi ilmiy ishlar o’tkazish bo’limlari _ yangi va istiqbolli goyalarni izlash va loyihalashtirish, vaqti soati kelganida ularni tezlik bilan ishlab chiqarishga joriy etish bilan shugullanadi;


  • venchur bo’linmalari - asosan yirik kompaniyalarqkoshida tarkib topadi. Venchur fondlarining kapital mablag’lari ko’pincha yangitdan ish boshlayotgan firmalarni rivojlantirish uchun sarflanadi. Keyinchalik bu firmalar yirik kompaniya tarkibiga kiritiladi yoki ular bilan uzoq muddatli aloqalar o’rnatiladi;


  • innovatsion loyihalarni tayyorlash va ro’yobga oshirish bilan bog’liq tadbirlarni rag’batlantirishga ixtisoslashtirilgan va markazlashtirilgan fondlar. Ular yaratilgan yangi mahsulotni keng ko’lamda ishlab chiqarish jarayonini uyushtirish maqsadida sof foyda hisobidan olingan mablag’lar evaziga shakllantiriladi. Venchur firmalari ham aynan shu xil mablag’lar hisobiga ochiladi;


  • tashkilotning ishlab chiqarish bo’linmalarida innovatsiyalarni tatbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlarni rag’batlantirish fond­lari - mazkur bo’linmalarning extiyojlarini qondirish bilan bog’liq ilmiy ishlar o’tkazishning amaliy faoliyatini rag’batlantirish uchun tashkil etiladi;


  • konsultasion va taxdiliy faoliyat bilan shug’ullanuvchi guruhlar. Ularning faoliyat doirasiga tashkiliy va iqtisodiy texnologiyalarning rivojlanish xususiyatlari va tamoyillarini o’rganib chiqib, ularning kelajagini bashorat qilish, yangi mahsulotga nisbatan bo’ladigan talabni o’rganish, istiqbolli goyalarni tanlab olish, ilmiy izlanishlarning mavzusi va yo’nalishini belgilab berish, turli xil faoliyatni muvo­fiqlashtirish kabi vazifalar kiradi.


Innovatsion menejmentda namoyon bo’luvchi agressiv (xujumkor, shiddatli xarakatlar) strategiyalarning turli xil ko’rinishlari.


Tashkiliy va iqtisodiy xarajatlar ko’lami bo’yicha ustunliklarga ega bo’lish maqsadida xarakatlanish strategiyasi (aloxida xususiyatlari):
  • raqobatchilarnikiga nisbatan arzonroq tovar ishlab chiqarish va realizasiya qilish evaziga turdosh mahsulotlar bozorida ustunlikka erishish uchun kurashmoq siyosatiga asoslangan faoliyatni ifodalaydi;



  • firma o’z faoliyatini yuqorida e’tirof etilgan strategiya doirasida amalga oshiradi. U bozordagi extiyojlarni va tamoyillarni e’tiborga oladi xamda katta xajmlarda o’z tovarlarini taklif etadi; 

  • mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarish tufayli ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini nisbatan qiskartirish imkoniyati paydo bo’ladi. Buning oqibatida narxlar nisbatan pasayyadi, o’z navbatida bu xol o’zga raqobatchilarga nisbatan kuprok foyda olish, mahsulot tannarxining usishi tamoyilini aks ettiruvchi shart-sharoitlarga to’gri munosabat bilidirish, xaridorlarni jalb etish uchun qulay imkoniyat yaratadi. 
  • mazkur strategiya moliyaviy axvoli mustaxkam bo’lmagan firmalarga naf keltirmaydi, chunki unga amal qilish oqibatida vaqtinchalik o’z xaridorlari ko’lamini qisqartirishga, raqobatchilar bilan narxlar uchun kurashishga to’g’ri keladi;


  • firma o’zining konkret yo’nalishli faoliyati bilan iste’mol bozorida o’ziga xos segment yaratishga intiladi. Buning uchun u raqobatchilarnikiga nisbatan past (ammo sifati jixatidan emas) narxlarda sotiladigan mahsulotlarni yoki xizmat turini taklif etadi; ma’lum doiradagi extiyojlarni qondirishga qodir mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashish natijasida ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini bir me’yorda saqlashga urinadi; o’z mahsulotlarini taklif etish va sotish borasida aloxida xususiyatli strategiyaga amal qilish tufayli o’ziga xos obru-e’tiborga sazovor bo’lishga xarakat qiladi;


    taklif etilayotgan mahsulotning sifatiga va konkret extiyojlarni qondirish xususiyatiga aloxida e’tibor berish tufayli xaridorlarga manzur bo’lishga urinadi;
    bir qator xolatlarda firma o’z raqobatchilaridan ustunlikka erishish uchun raqobatchilaridan farqli ularok, U3mahsulotlariga qo’shimcha ravishda turli xil xizmat turlarini ham taklif etishi mumkin;
    ko’pchilik xollarda xaridorlar tomonidan muayyan tovarning afzal ko’rilishi, uni ishlab chiqarayotgan firmaning nomi yoki maxsus ishlab chiqilgan savdo belgisi bilan bog’liq tasavvur evaziga hosil qilinadi;
    ayrim firmalar o’z mahsulotlariga qo’shimcha ravishda taklif etiladigan servis xizmatining mazmun-moxiyatini e’tirof etuvchi shior ishlab chiqadi;




Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə