Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/12
tarix13.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117021
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
cisco lab2x


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
KOMPYUTER TIZIMLARI VA TELEKOMMUNIKASIYALAR
fanidan labaratoriya mashg‘ulotlari toplami
Bjaradi:Soyibjonov Xayrullo
Tekshirdi: Xamroqulov O'

1 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI


Mavzu: Oddiy tarmoqni qurish va sozlash


Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi:

  1. Oddiy tarmoqni loyihalash;

  2. Ping utiliti bilan tanishish va ping-jarayonini ishga tushirish.



Mashg’ulotni bajarish tartibi

  1. Boshlang‘ich ma’lumotlarni olish.

  2. Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish.

  3. Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish.

  4. Hisob ishlarini bajarish.

  5. Tegishli xulosa chiqarish.

Kerakli jihozlar

  1. Kompyuter.

  2. Cisco Packet Tracer dasturi.

Umumiy ma’lumotlar
IP-tarmoqlarida adresatsiyalash. Tarmoqdagi kompyuterlarning adress tiplari.
TCP/IP tarmog‘idagi har bir kompyuter OSI modelining turli sathlariga tegishli bolgan uch turdagi adresga ega:
Fizik adres
Tarmoq adresi
Belgili adres

  • Tugunning fizik adresi, lokal tarmoq qurilgan texnologiya yordamida aniqlanadi. Tugunning fizik adresi kanal sathining MAC ost sathiga tegishli. Fizik adresga misol qilib tarmoq adapterining yoki marshrutizator portining MAK-adresini olishimiz mumkin. Ethernet tarmoqlarida adres 6-bayt uzunligiga ega. 3 baytdan katta qismi ishlab chiqaruvchi firmani identifikatsiyalaydi, 3 baytdan kichik qismi esa ishlab chiqaruvchilar uchun unikal hisoblanadi va ular tomonidan beriladi. Shunday qilib bir nechta bir xil adreslarning paydo bo‘lish ehtimoli bartaraf etiladi. Masalan, 58-10-37-S0-V6-5A.

  • Tarmoq adreslariga misol bo‘lib 4 baytdan iborat bo‘lgan IPX adres yoki IP-adreslari bo‘lishi mumkin, masalan 107.42.7.252. Mazkur adres tarmoq sathida ishlatiladi. U kompyuter va marshrutizatorlarni konfiguratsiyalash mobaynida administrator tomonidan beriladi. IP-adres ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq nomeri va tugun nomeri. Tarmoq yoki tugun nomerini kodlovchi baytlar miqdori, tarmoq sinfi bilan aniqlanadi. Tugun bir nechta IP-tarmoqlariga kirishi mumkin. Bunday hollarda tugun tarmoq aloqalarining soniga qarab, bir nechta IP-adreslarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Shunday qilib, IP-adres alohida kompyuter yoki marshrutizatorni emas, balki bitta tarmoqni xarakterladi.

  • Belgili adres administrator tomonidan tayinlanadi va bir nechta qismdan iborat bo‘ladi, masalan mashina nomeri, tashkilot nomi, domen nomi. Bunday DNS-adres deb nomlanuvchi adres, amaliy sathda ishlatiladi, masalan, FTP yoki telnet protokollarida. Masalan, IS.MGUP.RU.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə