Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/12
tarix13.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
cisco lab2x

Umumiy ma’lumotlar
LHT uchun kommutatorni sozlash va boshqarish uchun bir nechta variantlari mavjud.
Bu variantlarning ba’zi birlarida kommutatorga ulanish uchun IP yoki veb-sharhlovchidan foydalaniladi, buning uchun esa IP-adres kerak bo‘ladi. Marshrutizator interfeyslaridan farqli ravishda kommutator portlari IP-adres olmaydi. IP manbasi asosida boshqarish vositasidan foydalanish yoki kommutator bilan ishlashga Telnet seansini ochish uchun kommutatorning IP-adresini sozlash kerak.
Mazkur vositalar yordamida IP-adres berilganidan so‘ng marshrutizatorga ulanish mumkin bo‘ladi. Bo‘lmagan paytda esa bevosita konsol portiga ulanishga to‘g‘ri keladi va sozlash uchun terminal emulyatoridan foydalanish kerak bo‘ladi.
IP yoki Telnet manbai asosidagi boshqarish vositalari orqali kommutator bilan ishlash uchun IP-adresni sozlash kerak bo‘ladi.
Kommutatorda oldindan VLAN 1 bitta virtual lokal tarmog‘i sozlangan bo‘ladi, uning yordamida boshqarish vositalariga ulanish mumkin bo‘ladi. VLAN 1 boshqarish interfeysi IP-adresini hosil qilish uchun global konfiguratsiya rejimiga o‘tish kerak bo‘ladi.
Switch> enable
Switch# configure terminal
So‘ng VLAN 1 interfeysini sozlash rejimiga o‘ting.
Switch(config)# interface vlan 1
Boshqarish interfeysining IP-adresi, tarmoqosti niqobi va shlyuzini sozlang. IP-adres kommutator joylashgan lokal tarmoqga tegishli bo‘lishi kerak bo‘ladi
Switch(config-if)# ip address 192.168.1.2 255.255.255.0
RouterX(config-if)#exit
Switch(config)# ip default-gateway 192.168.1.1
Switch(config)# end
Konfiguratsiyani copy running-configuration startup-configuration buyrug‘i yordamida saqlang.

Ishni bajarilishiga misol

4.1-rasmda ko‘rsatilgan tarmoqni quring.







Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə