Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


TPID – belgilash protokoli identifikatori – 16-bitli maydon; Birinchilik –



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə12/12
tarix13.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117021
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
cisco lab2x

TPID – belgilash protokoli identifikatori – 16-bitli maydon;
Birinchilik – kadr birinchiligini aniqlashda ishlatiladigan kadr birinchiligining sathi – 3-bitli maydon;
CFID – standart format identifikatori – 1-bitli maydon. Agar maydon qiymati 1 ga teng bo‘lsa, kadrning MAC-adresi nostandart formatga ega bo‘ladi, agar 0 bo‘lsa, kadr MAC-adresi standart formatga ega bo‘ladi.
VID – VLAN identifikatori – 12-bitli maydon. U kadr tegishli bo‘lgan VLAN ni identifikatsiyalaydi. Maydon qiymati 0-4095 diapazonida yotadi.
Magistral portlar
VLAN uchta asosiy vazifani bajaradi:

VLAN ning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun, uni bir nechta kommutatorga tarqatish zarur.
Kommutator portlari uchun ikkitaommutator portlari uchun ikkita turli vazifani yuklash mumkin. Port kirish porti yoki magistral porti sifatida aniqlanishi mumkin.
Kirish porti
Kirish porti faqat birgina VLAN ga tegishli. Qoidaga ko‘ra kompyuterlar va serverlar kabi alohida qurilmalar shunday tipdagi portlarga ulanadi. Agar bir nechta kompyuterlar kontsentrator orqali bitta chiqish portiga ulansa, kontsentratorga ulangan barcha qurilmalar birgina VLAN ga tegishli bo‘ladi.

Magistral port
Magistral port – bu kommutator va boshqa tarmoq qurilmasi o‘rtasidagi “nuqta-nuqta” tipidagi kanal. Magistral ulanish bitta kanal orqali bir nechta VLAN trafigini uzatish uchun xizmat qiladi va ularga butun tarmoqqa kirishni ta‘minlaydi.
Magistral portlar ikki kommutator, ya’ni kommutator va marshrutizator yoki kommutator va 802.1Q ni qo‘llovchi tugunning tarmoq adapterini ulashda bir nechta VLAN trafigini qurilmalar orasida uzatish uchun kerak bo’ladi.
Magistral portlarsiz har bir VLAN uchun kommutatorlar orasida alohida ulanish kerak bo‘lardi. Masalan, 100 ta VLAN ga ega tashkilotga 100 ta aloqa kanali kerak bo‘ladi. Bunday tashkil etilishda tarmoq kerakli darajada masshtablanmaydi va juda qimmat bo‘ladi. Magistral kanallar bunday muammoni bitta kanal orqali bir nechta VLAN trafigini uzatish bilan xal qiladi.
Bir nechta VLAN trafigini bitta kanal orqali uzatish uchun ularni identifikatsiyalash kerak bo‘ladi. Magistral port kadrlar belgilanishidan foydalanadi. Kadrlarning belgilanishi VLAN ga kadr ma‘lumotini qo’shish imkonini beradi.




O‘rnatilgan bo‘yicha kommutator portlari kirish rejimida ishlaydi. Kommutator portini magistral port sifatida sozlash uchun quyidagi buyruqlardan foydalaning:
Switch(config)#interface fa(controler # / port #)
Switch(config-if)#switchport mode trunk
Switch(config-if)#switchport trunk encapsulation {dot1q | isl | negotiate}
Ham 802.1Q, ham ISL ni qo’llovchi kommutatorlar oxirgi qo’llanmani talab qiladi.
Muvofiqlashtirish parametri ko’pgina kommutatorlarda o’rnatilgan bo’ladi. U qurilmaga qo’shni kommutatorning inkopsulyatsiya tipini avtomatik tarzda topish imkonini beradi.

Yangi kommutatorlar qarama-qarshi tomonda berilgan kanal tipini topishi mumkin. Qanday qurilma ulanganligiga qarab, kanal magistral port yoki kirish porti siifatida sozlanishi mumkin.


Switch(config-if)#switchport mode dynamic {desirable | auto}
Agar boshqa tomonda turgan port diserable yoki auto rejimida turgan bo’lsa, talab etilayotgan rejimda port magistral bo’lib qoladi.
Agar boshqa tomonda turgan port trunk yoki diserable rejimida turgan bo’lsa, avtomatik rejimda port magistral bo’lib qoladi.
Magistral portni kirish rejimiga o’tkazish uchun quyidagi buyruqlardan birini kiriting:
Switch(config)#interface fa(controler # / port #)
Switch(config-if)#no switchport mode trunk
yoki
Switch(config-if)#switchport mode access

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə