Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


– LABORATORIYA MASHG’ULOTI



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə11/12
tarix13.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117021
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
cisco lab2x

6 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI


Mavzu: VLAN larni tuzish va portlarni belgilash.


Laboratoriya majg’ulotining maqsadi:

  1. Kommutatorda VLAN uchta tarmoq sozlanishini amalga oshirish.

  2. Ulanishni tekshirish.



Mashg’ulotini bajarilish tartibi

  1. Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish.

  2. Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish.

  3. Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish.

  4. Xisob ishlarini bajarish.

  5. Tegishli xulosa chiqarish.



Kerakli jixozlar

  1. Kompyuter.

  2. Cisco Packet Tracer dasturi.



Umumiy ma’lumotlar
VLAN ga ulangan qurilmalar mazkur VLAN ning boshqa qurilmalari bilangina bog‘lana oladi, bunda qurilmalar ham bitta, ham turli kommutatorlarga birday ulana oladi.
Kommutator har bir portni VLAN ning ma’lum bir raqami bilan bog‘laydi. Kadrni qabul qilib olishda kommutator o‘z portida Ethernet kadriga VLAN (VLAN ID – VID) identifikatorini qo‘shadi. Ethernet kadriga VLAN identifikatorining qo‘shilishi, kadrni belgilash deb ataladi.
Bazida dot1q gacha qisqaradigan 802.1Q standarti Ethernet kadriga 4-baytli belgi maydonini qo‘yishni nazarda tutadi. Bu belgi manba adresi va type/length (tip/uzunlik) maydon oralig‘ida joylashgan.
Ethernet kadrlarining minimal o‘lchami 64 bayt, maksimali – 1518 baytdan iborat bo‘ladi, biroq ethernet kadrining belgilangan o‘lchami 1522 baytgacha bo‘lishi mumkin.
Kadrlar quyidagi satrlarni o‘z ichiga oladi:
Manba va belgilangan joy MAC-adresi;

  • kadr uzunligi;

  • foydali ma’lumotlar;

  • kadrning nazorat ketma-ketligi (FCS).


FCS maydoni xatolarni aniqlash va kadrdagi barcha bitlarning butun bo‘lishini kafolatlaydi.
Belgi Ethernet kadrining minimal o‘lchamini 64 dan 68 baytgacha oshirib beradi. Maksimal o’lcham 1518 dan 1522 baytgacha oshiriladi. Kadrdagi bitlar soni ortgani sababli kommutator FCS ni qayta hisoblaydi.
Agar 802.1Q bilan mos keluvchi port xuddi shunday 802.1Q bilan mos keluvchi boshqa portga ulangan bo‘lsa, mazkur VLAN belgilari ular orasida uzatiladi.
Agar ulangan port 802.1Q bilan mos bo‘lmasa, VLAN belgisi kadr muhitga yetib borishdan oldin o’chiriladi.
802.1Q ga ega bo‘lmagan qurilmalar Ethernetning belgili kadrlarini juda katta deb qabul qiladi. Ular kadrni tashlab yuboradi va xatolik haqida xabar beradi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə