Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Mashg’ulotini bajarilish tartibi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/12
tarix13.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117021
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
cisco lab2x

Mashg’ulotini bajarilish tartibi

  1. Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish.

  2. Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish.

  3. Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish.

  4. Xisob ishlarini bajarish.

  5. Tegishli xulosa chiqarish.



Kerakli jixozlar

  1. Kompyuter.

  2. Cisco Packet Tracer dasturi.



Umumiy ma’lumotlar
Kommutator – 2-sathning universal qurilmasidir. Eng oddiy ishlatish hollarida bir nechta tugunlarni ulash uchun markaziy nuqta sifatida kontsentratorni o‘rnini bosadi. Murakkabrooq hollarda rezerv kanallarni hosil qilish, nazorat va xizmat ko’rsatish, hamda VLAN larni birlashtirish uchun kommutator bir yoki bir nechta kommutatorga ulanadi. Kommutator uning vazifasidan qatiy nazar barcha tipdagi trafikni birday qayta ishlaydi.
Kommutator MAC-adresga mos holda trafikni uzatadi. Har bir kommutator yuqori ishlab chiqaruvchi xotirada MAC-adreslar jadvalini yuritadi, u assotsiativ xotira deb ataladi (CAM). Kommutator kiruvchi kadrlar va ular olingan port raqamlarining manba MAC-adreslaridan foydalanib har aktivlashganda jadvalni qayta tuzadi
Agar ma’lum bir vaqt oralig‘ida MAC-adreslar jadvalidagi yozuvlardan foydalanilmasa kommutator ularni jadvaldan o‘chirib tashlaydi. Bu vaqt eskirish taymeri deb ataladi, yozuvning o‘chirilishi eskirish deb ataladi.
Bir adresli kadr portga kelishi bilanoq kommutator kadrda manba MAC-adresini topadi. So’ng u MAC-adreslar jadvalida qidiruvni amalga oshiradi va adresga mos yozuvni topadi.
Agar jadvalda MAC-adres bo‘lmasa, kommutator MAC-adresni va port raqamini qo‘shadi, hamda eskirish taymerini qo‘shadi. Agar manbaning MAC-adresi bo‘lsa, kommutator eskirish taymerini tashlab ketadi.
Tugun kommutator portiga ulanganida ajratilgan ulanish hosil qilinadi. Qachonki ikkita ulangan tugunlar bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashganda, kommutator kommutatsiyalash jadvaliga murojat qiladi va virtual ulanish yoki portlar orasida mikrosegment hosil qiladi.
Kommutator to seans tugaguncha virtual kanalni uzmay ushlab turadi. Bir nechta virtual kanallar bir vaqtning o‘zida aktiv bo‘lishi mumkin. Kolliziyalar miqdorini kamaytirilishi va bir nechta parallel ulanishlarni uzmay ushlab turilishi hisobiga mikrosegmentatsiya o‘tkazish polosasidan foydalanish koeffitsiyentini yaxshilaydi.
Kommutatorlar simmetrik va asimetrik kommutatsiyani ushlab turishi mumkin. Barcha portlari bir xil tezlikda ishlovchi kommutatorlar simmetrik deb ataladi. Biroq ko‘pgina kommutatorlar ikki yoki undan ortiq yuqori tezlikdagi portlarga ega bo‘ladi. Bu yuqori tezlikdagi portlar yoki pog‘onalashga mo‘ljallangan portlar o‘tkazish polosasiga talab yuqori bo‘lgan chegaralarga ulanish uchun ishlatiladi. Bunday portlarni qo‘llanilish sohalari:

Turli tezlikda ishlovchi portlarni ulash uchun assimetrik kommutatsiydan foydalaniladi. Turli tezlikdagi portlar orasida bufer hosil qilish uchun kommutator zarur bo‘lganda xotirada axborotni saqlab qoladi. Assimetrik kommutatorlar birlashgan tarmoqlarda keng tarqalgan.
An’anaga ko‘ra tarmoqlar alohida bo‘lgan 2- va 3-sath qurilmalaridan tashkil topgan edi. Har bir qurilma qayta ishlashning va trafik jo‘natmajg’ulotini turli usullaridan foydalangan.
2-sath
2-sath kommutatorlari apparatli hisoblanadi. Ular hair bir portni boshqa barcha portlar bilan jismoniy bog’lovchi ichki sxemalardan foydalanib muhit uzatish tezligiga mos bo‘lgan tezlikda trafikni jo‘natadi. Jo‘natish jarayoni MAC-adres va MAC-adreslar jadvalida belgilangan yo‘nalmajg’ulotini MAC-adresi mavjudligidan foydalanadi. 2-sath kommutatori faqat bitta tarmoq segmenti yoki osttarmoq ichida trafikni jo‘natadi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə