Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/12
tarix13.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
cisco lab2x

Kerakli jixozlar

  1. Kompyuter.

  2. Cisco Packet Tracer dasturi.



Umumiy ma’lumotlar
CLI buyruqlar rejimi
Cisco IOS buyruqlar satri interfeysiga kirmajg’ulotini ikki sathini qo‘llaydi: EXEC foydalanuvchi kirishi va EXEC imtiyozli kirish.
Marshrutizator yoki IOS ning boshqa qurilmasi ulanganda foydalanuvchi kirishi ishga tushadi. Qurilma EXEC ning foydalanuvchi rejimida turibdi deb etiladi. Buyruq satrining foydalanuvchi rejimida quyidagi aks etadi:
Router>
EXEC ning foydalanuvchi rejimida faqat qurilmaning ishlashi haqidagi ma’lumot va ping yoki traceroute buyruqlari yordamida nosozliklarni bartaraf etish mumkin.
Qurilma ishlash rejimini o‘zgartiruvchi buyruqlarni kiritish uchun imtiyozli rejim kerak bo‘ladi. Imtiyozli rejimga o‘tish uchun buyruqlar satriga enable ni kiritish va Enter tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Mos ravishda buyruq satri o‘zgaradi. Router# aks etadi. Foydalanuvchi rejimiga qaytish uchun disable yoki exit ni kiriting.
Ikkala rejimni ham parol bilan yoki foydalanuvchi nomi va parol bilan himoya qilish mumkin.

Qurilmani sozlash uchun birinchi navbatda imtiyozli rejimga o‘tib olish zarur. U qurilmani sozlashning turli rejimlaridan foydalanish imkonini beradi.
Sozlash buyruqlariga kirish ruxsatini olish uchun birinchi navbatda mos rejimga kirish kerak bo‘ladi. Ko‘p hollarda natija terminaldan joriy konfiguratsiya fayliga yoziladi. Mazkur buyruqlarni ochish uchun, foydalanuvchi global konfiguratsiya rejimiga otishi kerak bo‘ladi. Buning uchun configure terminal yoki config t buyrug‘ini kiriting.
Bu rejimda buyruq satrida Router(config)# aks etadi. Eslab qoling, bu rejimda kiritilgan buyruqlar darhol bajariladi va qurilmaning ishlashida aks etadi.



Asosiy konfiguratsiya
Boshlang‘ich konfiguratsiya fayli NVRAM qurilmalarida saqlanadi. Mazkur fayl operativ xotiraga yuklanadi va qurilma ishga tushishi bilan ishlay boshlaydi. Boshlang‘ich konfiguratsiya faylining tarkibini ko‘rish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi:
Router# show startup-config
Joriy konfiguratsiya – bu qurilmaning OXQ (operatsion xotira qurilmasi) da joylashgan buyruqlar to‘plamidir. Qurilma ishga tushganida joriy konfiguratsiya saqlangani bilan mos tushadi. Joriy konfiguratsiyani ko‘rish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi:
Router# show running-config
Yodda tuting, CLI yordamida konfiguratsiya o‘zgarganida ma’lumotlarni boshlang‘ich konfiguratsiya fayliga nusxa olish kerak bo‘ladi. Aks holda qurilma ishga tushgandan so‘ng ular yo‘qotiladi. Joriy konfiguratsiyani boshlang‘ich konfiguratsiya fayliga nusxa ko‘chirish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi:
Router# copy run start
IOS qurilmasining boshlang‘ich konfiguratsiyasi qurilmaning turli funktsiyalariga kirishni nazorat qiluvchi nom va parolni sozlashni ko‘zda tutadi.
Konfiguratsiyaning birinchi vazifalardan biri – qurilmaga yagona nom berishdan iboratdir. Buning uchun quyidagi buyruq yordamida global konfiguratsiya rejimiga kirish kerak bo‘ladi:
Router(config)# hostname [name]
KIRISH tugmasini bosgandan so‘ng buyruq satrida tanlangan Router nomi tugunning yangi nomiga o‘zgaradi.
Keyingi qadam – begonalar qurilmaga kirmasligi uchun parolni sozlash.
enable password va enable secret buyruqlari imtiyozli rejimga kirishni cheklaydi, hamda begonalarga marshrutizator sozlanishlariga o‘zgartirishlar kiritishni man qiladi. Parol quyidagi buyruqlar yordamida o‘rnatiladi:
Router(config)# enable password [parol]
Router(config)# enable secret [parol]
enable password va enable secret buyruqlari o‘rtasidagi farq shundan iborat-ki, enable password buyrug‘i shifrlangan bo‘ladi. Agar enable password buyrug‘idan so‘ng enable secret buyrug‘i kiritilsa, oxirgi kiritilgan buyruq ustunlikga ega bo‘ladi.

Qurilmaga ulanish va konfiguratsiyani sozlashning bir nechta usuli mavjud. Ulardan biri – kompyuterni qurilmaning konsol portiga ulanishidir. Bu usulda ko’pincha boshlang‘ich sozlashda foydalaniladi.
Konsolga kirish parolini kiritish uchun avval global konfiguratsiya rejimiga o‘tib oling. So‘ng quyidagi buyruqni kiriting:
Router(config)# line console 0
Router(config-line)# password [parol]
Router(config-line)# login
Bu begonalarga konsol portidan foydalanuvchi rejimiga kiririshga xalaqit beradi.
K podklyuchennomu k seti ustroystvu mojno poluchit dostup cherez setevoye soyedineniye. Bunday usul virtual terminal orqali ulanish deyiladi. Virtual port uchun parolni sozlash kerak bo‘ladi.
Router(config)# line vty 0 4
Router(config-line)# password [parol]
Router(config-line)# login
Parolning to‘g‘riligini show running-config buyrug‘i yordamida tekshiring. Parollar shifrlanmagan matn shaklida joriy konfiguratsiya faylida saqlanadi. marshrutizator xotirasida saqlanayotgan barcha parollarning shifrlanishini yoqish mumkin. Bunda begonalarga ularni ochish qiyin bo‘ladi. Service password encryption buyrug‘i parollarni shifrlashni yoqadi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə