Ismailova T. S., Haydarov B


Fuqarolik jamiyati institutlari –



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə97/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

Fuqarolik jamiyati institutlari – jamiyatda qaror topgan nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ular muayyan ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy va siyosiy faoliyatni amalga oshiradilar.
Fuqarolik mas’uliyati – jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan yutuq va muvaffaqiyatiga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko’paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.
Xalqaro valyuta jamg’armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to’lov balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o’z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan.
Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o’zlarining faoliyat maqsadlari yo’nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar.
Xalqaro tranzit - xorijiy yuklarni jo’natish va qabul qilib olish punktlari berilgan mamlakat hududidan tashqarida bo’lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita xalqaro tranzit hisoblanadi.
Xizmat ko’rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan ko’rinishga ega bo’lmagan iste’mol qiymatlarini yaratishga yo’naltirilgan sohalari. U o’z ichiga moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi.
Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda ko’proq investitsiyalar degan sinonim termin qo’llaniladi, to’g’ridan - to’g’ri investitsiyalar, real investitsiyalar va asosiy kapital kabi terminlar ham qo’llaniladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə