Ismailova T. S., Haydarov B


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati –



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə96/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati – O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va respublikaning barcha hududida bajarilishi majburiydir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi – xo’jalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo’lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. Bugungi kunda mazkur fondning jamg’armasi 3,7 milliard dollarni tashkil etadi.
Fermer xo’jaligi – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt.
«Fitch Reytings», «Mudis», «Standart end Purs» xalqaro reyting kompaniyasi – faoliyati banklar, moliyaviy institutlar, investitsiya va aksionerlik kompaniyalarining kredit layoqatini o’z vaqtida va aniq baholashga yo’naltirilgan xalqaro reyting agentliklari.
Fond bozori – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
Fuqarolik jamiyati – Konstitusiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan ijtimoiy tuzum.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə