9- mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i



Yüklə 89,39 Kb.
səhifə1/10
tarix26.04.2023
ölçüsü89,39 Kb.
#106983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9- mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i



9- mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i.

    1. Sanoat. Uning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni.

Sanoat — moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, etakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; er osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va xayvon xomashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va x.k.lar.
Sanoat xalq xo‘jalikgining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. SHu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning mavqe shunchalik kuchli bo‘ladi va axoli turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi.
Sanoat jamiyatning etakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va ilmi, maxorati ortadi, kadrlar saloxiyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan konkentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshshing ilg‘or usullari — ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish xamda maxalliylashtirish dasturi asosida uzluksiz tashkil etish sohasida ustunlik kiladi.
Fakat yirik mashina industriyasigina fan va texnika xamda innovatsiyaning barcha yutuqlarini mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va unumdorligini yuqori darajaga ko‘tara oladi.
Sanoat va ayniksa, uning eng muxim sohasi bo‘lgan og‘ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy- texnika vositalarini o‘zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaktda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy -ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib xam boradi.
Sanoat qishloq xo‘jalikgi ishlab chiqarishini qayta ko‘rishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orkali fermer, shirkat, dexkon xo‘jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jixatdan yuqori darajaga ko‘tarishga, shaxar bilan qishloq o‘rtasidagi muxim tafovutlarni yukotishga, dexkon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi.
Sanoat - mamlakat mudofaa kobiliyatinining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muxim omili, mamlakatlar mustakilligini va birdamligini ta’minlovchi muxim sohadir. CHunonchi mamlakatimiz mudofaa kobiliyatini mustaxkamlashda sanoatning roli va axamiyati beqiyosdir.
Barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, xo‘jalik jixatidan xamkorligi sanoat sohasida xam uz ifodasini topadi. Tabiiy, mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishida sanoatning axamiyati salmokli.
Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o‘sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jixatdan qayta ko‘rish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan keng foydalaniladi. Ularni tinchlik maksadlarida kullaydi.
Sanoat, ayniqsa, uning ustuvor sohalari - butun ishlab chiqarishni globallashtirish muammolarini xal etishning kalitidir.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning bosh tarmog‘i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta ko‘rishga kodir bo‘lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustakillikning birdan - bir moddiy negizi bo‘lishi mumkin.
Mamlakat axolisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli bekiyos. Buni 1-jadval ma’lumotlaridan xam bilib olish mumkin.
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli axolining 13 foizi sanoat ishlab chiqarishida. band. Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, respublika sanoatining jadal sur’atlar bilan ta’minlanishi yanada yaxshilanib, mehnatga layoqatli axolining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashgul bo‘lishi, ya’ni bandlik darajasi anchagina yuksaladi. Tarmoqning yanada jadal rivoji sanoat kadrlari soni va ularning jamiyatdagi mavqe yanada oshishiga olib keladi.
1-jadval
Iqtisodiyot tarmoqlari buyicha axoli bandligi va uning 2000-2007


Yüklə 89,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə