9- mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i


Oltin kazib olish dinamikasi (tonna hisobida)



Yüklə 89,39 Kb.
səhifə7/10
tarix26.04.2023
ölçüsü89,39 Kb.
#106983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9- mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i

Oltin kazib olish dinamikasi (tonna hisobida)




1991 y.

1995 y.

2000 y.

2001 y.

2005 y.

Jaxon buyicha oltin kazib olish, shu jumladan:

2159

2273

3745

3483




Janubiy Afrika Respublikasi

601,1

522,4

428

399

295

Amerika Kushma SHtatlari

293,5

317

355

335

256

Avstraliya

236,1

253,5

296

291

262

Kanada

175,3

150,3

155

159

119

Rossiya

143,7

127,8

155

168

169

Xitoy

104

133

162

185

225

O‘zbekiston

75

66,6

88

86

-

Indoneziya

24,0

66,0

88

86

140

Peru

15

57

133

133

208

Braziliya

88,6

64,4

50

52

80

*Manba: Jurnal «Ekonomicheskoe obozrenie», mart, 2002, str. 11 USES Gold Statistics and Information



  1. jadvalda keltirilgan va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarga karaganda, 2000 yilda jaxon mikyosida oltin kazib olish eng yuqori darajaga ko‘tarilgan va 1980 yildagiga nisbatan 3 barobar kupaygan.

Respublika kumush konlariga xam ega. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovolnoe, Ukjetpes, Kosmonavtchi va Namangan viloyatidagi Oktepa konlaridir. Katta mikdordagi tasdiklangan zaxiralar oltin va mis -porfir konlarida mavjud. Oktepa koni kumush kazib chiqarish buyicha eng istikbolli va chet ellik investorlar uchun jozibali qondir.
O‘zbekistonda kimmatbaxo metallar bilan bir katorda uran xam kazib olinadi. Uni olish uchun mineral xomashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya nuktai nazaridan optimal hisoblangan usul - er ostida ishkorlarni yuvish usuli bilan olinadi.
Mis, kurgoshin-rux sanoati asosan Oxongaron-Olmalik kon sanoati rayonida Kurgoshinkon-Oltintopgan polimetall konlari, Kalmokkir mis konlari negizida shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog‘ining etakchi korxonasi tugal metallurgiya kikliga ega bo‘lgan Olmalik kon-metallurgiya kombinata hisoblanadi. Kombinatning mis majmuasi Kalmokkir mis koni, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodidan, kurgoshin - rux majmuasi Kurgoshinkon, Oltintopgan, CHalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodlarini uz ichiga oladi. Ular asosan tozalangan misni eksport kilmokda. Har yili bir necha un ming tonna mis ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston mis zaxiralari buiicha dunyoda 10-o‘rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar katlamlari asosan Toshkent viloyatining Olmalik rudali maydonida joylashgan. Bu erdagi uchta konda bir necha mis zaxiralari bor deb taxmin kilinmokda. Bundan tashkari, Dalnee koni razvedka kilingan. Zaxiralarning kattaligi, kazib chiqarish tannarxi, rudadagi misning tarkibi jixatidan MDH mamlakatlarida xali unga teng keladigan kon yuk.
Volfram, molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi O‘zbekiston kattik kotishmalar va uta chidamli CHirchik metallar kombinata hisoblanadi. Kombinat ingichka volfram (Samarkand) va Kuytosh volfram, molibden (Jizzax) konlari rudalari xamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molib - den negizida ishlaydi. Kombinatda birinchi molibden qo‘yilmasi 1956 yili olingan. 1957 yildan esa, kattik kotishmalar ishlab chiqarish boshlangan. Kombinat maxsulotlari (100 turdan ortik) elektrotexnika, pulat eritish, kon burgilash sohalarida keng kullaniladi.
Respublikada yana bir kator nodir va sochma metallar — reniy, selen, tellur, skandiylar ishlab chiqariladi, rangli metallarning ikkilamchi qo‘yilmalarini olish yulga qo‘yilgan. Alyuminiy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha un ming tonna ikkilamchi alyuminiy xalq xo‘jalikgiga etkazib berilmokda.
Kimyo sanoati. Ushbu sanoatning shakllanishi 1932 yilda SHursuv oltingugurt koni (Fargona) ishga tushirilishi bilan boshlangan. Bu korxona sobik ittifokda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57 foizini bergan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalariga CHirchik elektr kimyo kombinati, Navoiy kimyo birlashmasi va Quqon superfosfat zavodi kiradi.
Kimyo sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri — bu mineral ugitlar ishlab chiqarish soxdsidir. Unda qishloq xo‘jalikgi uchun zarur bo‘lgan ammafos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbonit, suyultirilgan ammiak, azotli va fosforli ugitlar ishlab chiqariladi. CHirchik kimyo kombinati, Fargona azotli ugitlar, Navoiy kimyo birlashmasida asosiy turdagi azotli ugitlar, Quqon superfosfat zavodi, Samarkand kimyo zavodi, Olmalik «Ammafos» birlashmasida ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, kumok ammoniy kabi fosforli, ugitlar ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari bir yilda 717 ming tonna azotli, 117 ming tonna fosforli ugitlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. 2000 yilda O‘zbekistonda 834 ming tonna mineral ugitlar, 300 ming tonna oltingugurt, 823,3 ming tonna sulfat kislotasi, 986 ming tonna suyultirilgan ammiak ishlab chiqarildi.
Kimyo sanoatida mineral ugitlar ishlab chiqarish xdjmi respublika qishloq xo‘jalikgi ehtiyojlarini to‘la ta’minlaydi, ularning bir qismi chetga chiqariladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jalikgida kaliy ugitlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj asoslangan me’yorlar bricha (100% ozik modda xdsobida) 800 ming tonnadan iborat. Kashkadaryo viloyatidagi kaliy tuzlari konlarini urganish va uning negizida kaliyli ugitlar ishlab chiqaradigan Tubagaton kaliy zavodi kurilishi rejalashtirilgan.
Sulfat kislotasi kimyo sanoati tarmoqlari uchun muxim xomashyodir. Respublikamizda sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik kuvvatlarga ega Olmalik «Ammofos» birlashmasi, Samarkand kimyo zavodi, Navoiy kon - metallurgiya kombinati, Muborak gazni qayta ishlash majmuasida barpo etilgan.
Soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo‘lgan korxonasi

  • Kungirot soda zavodi kurilishi 1995 yildan boshlandi (yillik loyixa kuvvati 210 ming tonna).

O‘simliklarni ximoya kilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsiy, insektitsid, fungitsidlar) «Fargonaazot» birlashmasida (1965 yildan; magniy xlorot defolianti), Navoiy kimyo zavodida (1960 yildan; gerbitsitlar, insektitsidlar) ishlab chiqariladi. Bu korxonalarning yillik kuvvati magniy xlorit defolianti buyicha 60 ming tonna, gerbitsit va insektitsitlar buyicha 5 ming tonnadan ortik.
Respublika qishloq xo‘jalikgida o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan kimyoviy xdmoya kilishda kullaniladigan oltingugurt kukuni SHursuv kon-kimyo korxonasida xamda Muborak gaz majmuasida ishlab chiqariladi. Maxalliy resurslardan oltingugurt ishlab chiqarishni yiliga 50 ming tonnaga etkazish rejalashtirilgan.
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishda keng kullaniladi. «Elektrokimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida kaprolaktam (yillik kuvvati 80 ming tonna), Fargona kimyoviy tolalar zavodida akitat iplar, «Navoiyazot» birlashmasida nitron akril tolalari (yiliga 40 ming tonnadan kuprok), «Fargonaazot» birlashmasida kellyulaza aketati (yillik kuvvati 42 ming tonna) ishlab chiqariladi. Fargona furan birikmalari zavodida kellyulaza mustakilligini ta’minlash buyicha paxta lintidan yiliga 30 ming tonna kellyuloza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kuvvatlar barpo etilmokda.
Respublika kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan 32,6 ming tonna kimyoviy tola va iplarning 27,4 ming tonnasini nitron tola va iplari, 5,2 ming tonnasini aketat iplari tashkil etadi. Kaprolaktamning yuz foizi (yiliga 65­70 ming tonna), aketat va nitron tolalarining deyarli uchdan ikki qismi respublikadan tashkariga junatiladi. Fargona kimyoviy tolalar zavodida 23 ming tonna kaprolaktamni qayta ishlab 20 ming tonna kapron va iplar tayorlashga imkon beradigan kuvvatlar kurilmokda.
Kimyo sanoatida gidroliz korxonalari ikkinchi jaxon urushidan keyingi yillardan kurila boshladi. Fargona furan birikmalari, YAngiyul biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida asosiy xomashyo — chigit shulxasi, sholi kobigidan texnik etil spirti, furfurol, ozuka achitkilari (xamirturishlar), furil spirta, ksilit, laprol, katalizatorlar va boshqa maxsulot ishlab chiqarilgan. Utgan asrning 90-yillari boshida ushbu zavodlarda galladan ozik- ovkat (etil) spirti ishlab chiqarish uzlashtirildi: Andijon biokimyo zavodida yiliga 915 ming dal, Quqon ishlab chiqarish birlashmasida 1800 ming dal etil spirti ishlab chiqaradigan yangi kuvvatlar ishga tushirildi. Natijada ozik- ovkat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlarini respublikamizning o‘zida ishlab chiqarilgan spirt bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming tonnaga yakin karbon kislotalari xam ishlab chiqariladi. Andijon biokimyo zavodida kuruk xlorella biomassasini tayyorlash yulga qo‘yilgan.
Rezina maxsulotlari Angren «O‘zbekrezinatexnika» birlashmasi va Toshkent rezinatexnika maxsulotlari zavodida ishlab chiqariladi. Ilgari asosan maxsus rezina mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «O‘zbekrezinatexnika» birlashmasi 1987 yildan boshlab xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga utdi. 1992 yildan birlashmada engil avtomobillarning shinalari tayyorlash uzlashtirildi. 1996 yildan yiliga engil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan kuvvatlar ishga tushirildi. Bundan tashkari, «O‘zbekrezinatexnika» birlashmasi va kimyo sanoatining boshqa korxonalarida (Samarkand kimyo) kalishlar ishlab chiqarish yiliga 10 mln. juftga etdi. SHuningdek, bu tarmoq korxonalari respublika avtomobil sanoati uchun rezina-texnika maxsulotlari ishlab chiqaradi.
Respublika plastmassa va propilen maxsulotlarini qayta ishlovchi (Oxangaron «Santexlit», Jizzax plastmassa kuvurlari zavodi), turli markadagi lak - buyok maxsulotlari (Toshkent «Rangli lak» firmasi-lak buyok zavodi), mebel sanoati uchun sintetik smolalar (Fargona furan birikmalari zavodi), ruzgor kimyosi maxsulotlari («Uzruzgorkimyo» birlashmasi, Olmalik ruzgor kimyosi zavodi, Namangan kimyo zavodi), Toshkent yog-moy kombinati tarkibida sintetik yuvish vositalari ishlab chiqaradigan yirik korxonalar ishlab turibdi.
Yiliga 125 ming tonna polietilen plyonkasi va boshqa maxsulotlar ishlab chiqaradigan SHo‘rtan gaz -kimyo majmuasi kurilmokda.
Atir-upa maxsulotlari «Lola» firmasi (Toshkent), dori-darmonlar «Uzkimyofarm» birlashmasi (Toshkent kimyo-farmakevtika zavodi) va «Uzfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konkerni korxonalarida ishlab chiqarilmokda.
Tarmoqdagi bir necha korxonalarda guzapoyadan mebel va kurilishi sanoatida keng kullaniladigan yogoch tolali taxtalar (orgalet) ishlab chiqarish uzlashtirildi.
Istikbolda kimyo sanoatini rivojlantirish fosforit, kellyuloza, kaustik va kalkiy sodasi, kaliy ugitlari, o‘simliklarni kimyoviy ximoyalash vositalari, toluol, polimerlar kabi eng muxim xomashyo turlari buyicha respublikamizning mustakillikka erishishini ta’minlash, maxalliy xomashyodan maxsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, chet mamlakatlardan olinayotan kimyo maxsulotlarining kup qismini, ya’ni asosiy turlarini respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish chikindilarini qayta ishlash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, xorijiy texnologiyalardan foydalanish, ekologik muammolarni xal etish, kimyo sanoatining eksport imkoniyatlarini kengaytirish yunalishlarida ish olib borilmokda. Kimyo sanoati korxonalarida Xitoy, AKDT, YAponiya, Germaniya, Italiya korxonalari bilan fan-texnika, savdo-sotik sohalarida uzaro xamkorlik yulga qo‘yilgan, xorijiy sheriklar ishtirokida kushma korxonalar tashkil etilmokda. Kimyo sanoati korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va ularni asosan xissadorlik jamiyatlariga aylantirish ishlari amalga oshirilmokda.
Respublika mustakillikka erishgunga kadar kimyo sanoati korxonalari xam bevosita sobik ittifok Kimyo sanoati vazirligi tomonidan boshqarilgan. O‘zbekistondagi kimyo korxonalari negizida 1991 yilda davlat kokerni tashkil etildi. 1994 yildan konkern «Uzkimyosanoat» uyushmasiga aylantirildi.
Uyushma tarkibida 22 ta ishlab chiqarish korxonasi va birlashma, 8 kushma, 3 ilmiy-tadkikot, 1 loyixa instituti, tashki savdo firmasi va kator tashkilotlar bor.
Navoiy shaxridagi «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi malakatimiz kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda jamoada 260 xil maxsulot ishlab chiqarilmokda. 2000 yilda korxona 6300 tonna nitron tolasi, 470 tonna metanol, 1000 tonna uksus kislotasi va 900 ming tonna ammiak silitrasi ishlab chiqargan. Korxona maxsuotlari 20 dan ortik mamlakatlarga, jumladan, Vengriya, Pokiston, Irok, Turkiya, Xindiston, Afgoniston, Rossiya, Belorus, Kozogiston, Kirgiziston va Turkmanistonga junatilmokda.
«Navoiyelektrkimyo» zavodi xissadorlik jamiyati mamlakatimizdagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona o‘simliklarni ximoya kilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda «Trilan», «Fozalon», «Kotoraya» katoriga «Guzal», «Kipermatin», «Ustine», «Bugdordir», «Neoron», «Danibol», «Sumpalfs» singari chet el preparatlaridan kolishmaydigan undan ortik maxsulotlar ishlab chiqarish yulga qo‘yilgan.
Mashinasozlik sanoati — xalq xo‘jalikgi uchun mashina va mexanizmlar, jixozlar, agregat va apparatlar, asbob-uskunalar, madaniy-maishiy mollar, shuningdek, mudofaa axamiyatiga ega bo‘lgan maxsulotlar ishlab chiqaruvchi og‘ir sanoat tarmoqlari majmuidir. Mashinasozlik sanoati butun xalq xo‘jalikgini texnika bilan ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiy-madaniy farovonligi va mamalakat kuvvati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bog‘liq. Uning axamiyati, eng avvalo, fan- texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar xayotining barcha sohalariga joriy etish asosida kul mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, engillashtirish, mashinani mashina bilan yaratish, tejamkorlikni ta’minlash va mehnatning mazmuni va xarektirini o‘zgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati maxsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarishga imkoniyat yaratadi. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi milliy iqtisodning barcha sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mehnat qurollari bilan ta’minlashdan iborat. Ular turli tarmoqdar va korxonalarda tayyorlanadi. Xozirgi kunda mashinasozlik sanoatining 15 tarmog‘i mavjud bulib, ular tasarrufida 100 dan ortik yirik korxonalar faoliyat ko‘rsatmokda.
Mustakillik yiddarida mashinasozlik sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning turlari keskin o‘zgardi. Uni 8- jadvalda keltirilgan raqamlardan xam ko‘rish mumkin (8 - jadval).
8-jadval


Yüklə 89,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə