9- mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i


(xakikiy baxoda, mlrd. sum)*



Yüklə 89,39 Kb.
səhifə3/10
tarix26.04.2023
ölçüsü89,39 Kb.
#106983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9- mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i

(xakikiy baxoda, mlrd. sum)*




2000

2001

2005

2006

2007

YAlpi ichki maxsulot

3255,6

4868,4

15923,4

21124,9

28186,2

shu jumladan, sanoatning yalpi kushgan qiymati

462,4

690,0

3370,9

4587,2

6757,3

Sanoatning salmogi, foizda

14,2

14,2

21,1

21,8

24,0

Iqtisodiyotdagi foyda

283,3

449,8

1837,2

1837,4

3202,4

shu jumladan, sanoatda

84,4

117,3

1246,7

1063,3

2178,6

Sanoatning salmogi

29,8

26,1

67,9

57,9

68,0

iqtisodda band bo‘lgan axolining soni, mln. kishi

9,0

9,1

10,2

10,2

10,8

shu jumladan, sanoatda

1,1

1,2

1,3

1,3

1,5

sanoatning ulushi, foizda

12,7

12,7

13,2

13,2

13,5

Asosiy ishlab chiqarish fondlari (xalq xo‘jalikgi buyicha)

-

9895,8

-

-

-

shu jumladan, sanoatda

2776,6

3085,1

-

-

-

Sanoatning ulushi, foizda

-

31,2

-

-

-

Asosiy kapitalga investitsiyalar

-

1320,9

3165,2

4041,0

5903,5

shu jumladan, sanoatda

-

514,0

1032,4

1384,6

2223,2

Sanoatning salmogi

-

38,9

32,6

34,3

37,7

*Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika kumitasi


ma’lumotlari



  1. jadvalda keltirilgan raqamlardan ma’lumki sanoat ishlab chiqarishning milliy iqtisodiyotdagi roli yildan-yilga oshib bormoqda. Agar XX-asrning oxirgi yillarida mamlakat yalpi ichki maxsulotida uning ulushi 14 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2007 yil u 24 foizga teng bo‘ldi. Sanoat ishlab chiqarishi mamlakat buyicha yuzaga kelayotgan foydaning 68 foizini bermoqda.

Quyidagi jadvalda 1995-2007 yillarda sanoat ishlab chiqarishi tarmoqlarida yuz bergan o‘zgarishlar ko‘rsatilgan.
3-jadval
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoqlaridagi o‘zgarishlar

(o‘sish indeksi, 1995 yilga nisbatan foizda)




1995 y.

2000 y.

2001 y.

2005 y.

2006 y.

2007 y.

Sanoat yalpi ishlab chiqarishi

100,1

106,4

133,2

179,5

198,9

2,2 marta

Jumladan:

1. Kon sanoati

101

101

110,5

120,2

121,6

126,0

2. Qayta ishlash sanoati

100

107

138,0

196,0

2,2 marta

2,6 marta

Sanoat tarmoqlari

1. Elektr energetika

100,4

99,1

87,3

85,0

90,4

92,0

2. Enilgi sanoati

99,6

100,2

112,8

122,0

128,2

141,0

3. Kora metallurgiya

88,9

118,7

141,3

2,2 marta

2,5 marta

2,8 marta

4. Rangli metallurgiya

100,3

102,8

118,2

126,3

125,3

127,1

5. Kimyo va neft-kimyo sanoati

111,3

109,9

190,5

2,5 marta

2,9 marta

3,4 marta

6. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash

118,9

81,8

122,4

3,3 marta

3,7 marta

4,8 marta

7. Urmonchilik, yogochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz

103,6

109,6

2,3 marta

4,4 marta

5,4 marta

7,2 marta

8. Kurilish materiallari

87,3

106,7

109,5

138,0

158,6

172,7

9. Engil sanoat

97,8

116,1

147,8

2,0 marta

2,2 marta

2,4 marta

10. Oziq-ovkat sanoati

98,4

105,4

105,8

2,6 marta

3,4 marta

4,4 marta

*Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika kumitasi


ma’lumotlari, 1996,2000-2008 yy.


2005-2007 yillar mobaynida sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi bu sohada yangi korxonalarni ko‘plab bunyod etish tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoat tarmoqlari va korxonalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jixatdan qayta jixozlash ayniksa mashinasozlik va metallni qayta ishlash o‘rmonchilik, yogochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz, oziq-ovkat sanoatidagi yuqori o‘sish sur’atlari hisobiga yuzaga keldi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va qo‘shimcha qiymat yaratuvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy strategiya respublikaga yaxshi natijalar keltirmokda.
O‘zbekiston o‘zining oltini, paxta tolasi va ipagi, nefti va gazi, samolyot va avtomobillari, paxta terish mashinasi va paxtani qayta ishlash mashinalari
bilan, ekskavator va kompressorlari, vino va konservalari hamda bir kator boshqa sanoat maxsulotlari bilan dunyoga mashxur.
O‘zbekiston Respublikasining industrial kiyofasini energetika, kon- ruda, oltin kazib oluvchi, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari, elekrtotexnika va elektronika, kup tarmoqli mashinasozlik va kurilish materiallari sanoatlari belgilab bermoqda.
Mustakallikning 17 yil mobaynida respublikada sanoat maxsulotining xajmi 5 marta ko‘paydi. Bu davrda fakat mikdoriy o‘zgarishlargina emas, balki juda katta sifat o‘zgarishlari xam sodir bo‘ldi.

    1. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi

Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari tugrisida suz yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, xozirgi O‘zbekiston xududida «Uy sanoati»ning rivoji bundan 12-15 ming yil mukaddam — mezolit davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan.
YAngi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida kemachilik, tukimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan qurol yasash boshlangan.
Arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, milloddan avvalgi 3-ming yillikning oxiridayok xozirgi O‘zbekiston xududida yashagan axoli misdan qurol yasashni bilgan.
Quldorlik tuzumi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtalari, V asr) davrida mehnat qurollarini yasash jarayonining tarakkiy etishi, metalga ishlov berishning takomillashuvi xunarmandchilik yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotik kuchayishiga olib keldi.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan Suxda oltin, mis, temir, Ilokda kurgoshin, kumush, oltin, SHaxrisabzda toshtuz kazib chiqarilgan.
IX asrda Samarkand sifatli qog‘ozi va lampa shishasi bilan mashxur bo‘lgan, SHosh viloyati ko‘pchilik maxsulotlari bilan dong taratgan. Usha davrda O‘rta Osiyodan SHarkiy Evropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yuli orkali charm, mato, ipak, jun, kiyim-kechak chiqarilgan.

  1. XIII asrlarda yuz bergan feodal tarkokdik, kabila va elatlar o‘rtasidagi nizolarning avjiga chikishi tufayli xunarmandchilikda yirik o‘zgarshlar ruy bermagan.

  1. asrning 2-yarmida Amir Temur Samarkandda xokimiyatni kulga kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi va natijada davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnakiga katta yul ochib berdi.

  2. asrning oxiriga kelib Movaraunnaxrda yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur etadi va rivojlanish tuxtab koldi.

XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Quqon xonliklarining vujudga kelishi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi XIX asrga kelib Turkistonda xunarmandchilikda yogoch va metall uymakorligi, idishlarga naksh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy bezash rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston xududida taraqqiyot tezlashib sanoat, ayniksa, ip-gazlama sanoati rivoj topdi.

  1. asr boshlarida ko‘plab paxta tozalash, yog-moy zavodlari kurilib ishga tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar kurila boshlandi. Birinchi bulib Toshkent yakinida kurilgan Buzsuv gidroelektrostansiyasi 1926 yil 1 mayda ishga tushirildi.

Samarkand, Buxoro, Quqon, Termiz va Asaka shaxarlarida issiklik elektrostansiyalari kurilishi boshlandi. Bunday elektrostansiyalar soni 1930 yilda 30 ga etdi. O‘sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari ko‘rishga imkoniyat yaratdi.
Ikkinchi jaxon urushigacha Bu erda 500 dan ortik sanoat korxonalari, jumladan, «Tashselmash», Toshkent tukimachilik kombinati, CHirchik elektrokimyo kombinati, Kattakurgon yog zavodi, Bekobod va Kuvasoy sement korxonalari kurildi. Neft va rangli nodir metallar kazib chiqarish, kurilish sanoati maxsulotlarini tayyorlash rivoj topdi.
Urush boshlanishi bilan Respublika xalq xo‘jalikgi, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi xarbiy maksadlarga qaratildi. Bu erga nemis fashistlari egallab olgan xududlardan 100 ga yakin sanoat korxonalari kuchirib keltirildi va ular kiska vakt ichida to‘la kuvvat bilan ishlay boshladi. 1941-1945 yillar davomida Respublikaning industrial taraqqiyoti GESlar ko‘rish bilan energetika bazasini kuchaytirish, qishloq xo‘jalikgi, axoli va front extiyojlarini qondiradigan zavod va fabrikalarni ko‘rish yulidan bordi. Bu davrda 280 ta yirik, o‘rta va kichik korxonalar kurilib, ishga tushirildi. Natijada O‘zbekiston armiyaning sanoat aslaxaxonalaridan biriga aylandi.
Urushdan keyingi yillarda xam sanoat taraqqiyotiga e’tibor qaratilgani sababli uning bir qancha yangi tarmoqlari va korxonalar vujudga keldi. Traktorsozlik, liftsozlik, elektrotexnika sanoati, gaz ishlab chiqarish, uy- ruzgor buyumlari tayyorlash, yigma temir-beton va keramika sanoati vujudga keldi. Engil sanoatning trikotaj, chinni ishlab chiqarish sohalari shakllandi. Oziq-ovkat sanoatining tarkibiy qismlarida anchagina o‘zgarishlar ruy berdi. Utgan asrning 90-yillariga kelib, bu tarmoqdagi yirik va o‘rta korxonalari 300 dan ortdi.
Sanoat taraqqiyotida yokilgi — energetika majmuasining o‘rni aloxida. Uning tarkibiga energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko‘mir kazib olish va boshqa bir kator kichik sohalar kiradi. Bu majmuaning xissasi sanoat ishlab chiqarishda 23,8%ni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi jaxonda gaz ishlab chiqaruvchi 10 ta mamlakatdan biridir. Bu erda kudratli issiklik elektrostansiyalari va gidroelektrostansiyalar mavjud.
Energetika tarmog‘i respublika xalq xo‘jalikgining negizi, iqtisodiyot va fan-texnika taraqqiyotining mustaxkam poydevori hisoblanadi. O‘zbekiston energetika tizimi umumiy kuvvati 12,5 mln. MVt bo‘lgan 37 issiklik va gidravlik elektrostansiyalarni uz ichiga olgan. Ular yiliga 50 mlrd. kVt/soat dan ortik elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlari umumiy uzunligi kariyb 300 ming km.ni tashkil etadi. Tarmoq transformatorlarining umumiy kuvvati 42,6 MVt ga teng. Hozir respublika energetika tizimida 45 minga yakin xodim ishlaydi.
«O‘zbekenergo» davlat kompaniyasi tarkibidagi, kurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va boshqa bir kator tashkilotlarning to‘la majmui O‘zbekiston energetika tizimi ishonchli ishlashini, izchil rivojlanishini ta’minlamokda.
4-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining dinamikasi





Yüklə 89,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə