Ismailova T. S., Haydarov B



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə98/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Xususiy tashkilotlar – demokratik davlatlarda, individuallar va xususiy tashkilotlar mustaqil ish yuritishga harakat qiladi. Masalan, ro’znoma va oynomalar xususiy tarzda boshqariladi. Davlat maktablari bilan xususiy maktablar ham faoliyat ko’rsatadi. Ko’plab korxonalar xususiy tarzda boshqariladi. Britaniya, Shvetsiya va ko’plab davlatlarda (ya’ni demokratik davlatlarda) sanoat va xizmat ko’rsatishning ayrim tarmoqlariga davlatning o’zi egalik qiladi. Totalitar davlatlarda esa hukumatning o’zi aksariyat uyushmalar va tashkilotlarni shakllantiradi va nazorat qiladi. Bu davlatlarda odamlar davlatning ruxsatisiz biror-bir guruhga birlasha ham olmaydilar.
Shaxsiy daromad – jismoniy shaxslarning soliq to’lagunga qadar daromadi.
Shaxsni muntazam kamol toptirish – fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini ro’yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta’siri, balki shaxsning o’z sa’y-harakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi.
Eksport – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.
Emissiya – qog’oz pullarning g’aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi, barcha shakldagi pul belgilarini muomalaga chiqarish.
Erkin industrial - iqtisodiy zona – mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to’lovlari, ijara, viza olish, valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo’ladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə