Исследование в XXI веке январь, 02 г 809 mehnat nizolari tushunchasi va turlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix13.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#127557
növüИсследование
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
I.Akramov


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январь
, 202
3
г 
816 
tegishli vakolatli organga murojaat qilgan taqdirda, mehnat nizosi kelib chiqadi. 
Mehnat nizolarining paydo bo‘lish dinamikasi quyidagicha: 
-
mehnat huquqbuzarligi; 
-
mehnat munosabatlari subyektlari tomonidan uning turlicha baholanishi 
(kelishmovchilik); 
-
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda tomonlarning kelishmovchiliklarni hal qilishga 
urinishi; 
-
ushbu kelishmovchilikni vakolatli organga hal qilish to‘g‘risidagi murojaati (mehnat 
nizosi). 
Yuridik adabiyotlarda mehnat nizosi tushunchasining turli xil ta’riflari mavjud. 
Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, keng ma’noda mehnat nizolari - bu mehnat 
qonunchiligi, mehnat va jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvlarining qo‘llanilishi bilan 
bog‘liq yoki mehnat shartnomasi tuzilishi bilan bog‘liq holda Yuzaga keladigan, normativ-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmagan, odatda, kasaba uyushmasi (yoki ularning 
ishtiroki bilan) yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan belgilanadigan boshqa usul 
sifatida ko‘rib chiqiladigan yangi ish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq mehnat 
munosabatlari subyektlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklardir. 
Boshqa bir guruh olimlar yakka mehnat nizosini qonun bilan qabul qilingan mehnat 
qoidalarini, jamoa shartnomalarini, kelishuvlarini, mehnat shartnomasi (kontrakt) 
shartlarini qo‘llash bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishmovchilikning vakolatli 
organlar tomonidan ko‘rilishi deb tushunishadi. 
Yana boshqa olimlar mehnat nizolari «xodim va ish beruvchining mehnat va boshqa 
ijtimoiy qonunchilikning amaldagi me’yorlarini belgilash va qo‘llash to‘g‘risidagi 
kelishmovchiliklaridir, ular manfaatdor xodimlar (yoki ularning vakillari) tomonidan ish 
beruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda hal qilinmagan va nizoga aylangan, mehnat 
nizolari komissiyasida (MNK) yoki sudda ko‘rilgan ish» deb tushunishadi. 
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalarini hisobga olgan 
holda, mehnat nizosi tushunchasiga quyidagi ta’rif berilishi mumkin. 
Mehnat nizolari - bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va 
boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini 
qo‘llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Bunday hollarda nizoning xodim 
manfaatini ifoda etuvchi tarafi bo‘lib xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi mumkin. 
Ushbu ta’rif mehnat nizosining quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi: 
1)
mehnat munosabatlari tomonlari o‘rtasidagi ziddiyat; 
2)
tomonlar muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali ushbu qarama- qarshilikni 
o‘zlari hal qila olmadilar; 
3)
kelishmovchiliklar mehnat qonunchiligi, mehnat qonunchiligi normalarini o‘z 
ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomalarini, lokal 
normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash yoki yangi mehnat shartlarida yoki mavjud ish 


Международный
научный
журнал

6
(100), 
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə