Исследование в XXI веке январь, 02 г 809 mehnat nizolari tushunchasi va turlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix13.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#127557
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
I.Akramov


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январь
, 202
3
г 
814 
o‘rtacha oylik ish haqlarini saqlab qoladi. 
Mehnat qonunchiligida o‘zini himoya qilish quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin:
5
1)
boshqa ishga noqonuniy o‘tkazish; 
2)
ish haqini kechiktirib to‘lash (O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154, 
161-moddalari); 
3)
mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganligi sababli xodimning hayoti va 
sog‘lig‘iga bevosita tahdid, hayot va sog‘liq uchun xavf tug‘ilishi (O‘zbekiston 
Respublikasining Mehnat kodeksi 219- moddasi); 
4)
xodimni belgilangan talablarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan 
ta’minlamaslik, shuningdek, zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan 
ishlarni topshirish, agar bu xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanmagan 
bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 217-moddasi). 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 92-moddasiga binoan, boshqa doimiy 
ishga o‘tkazish (xodimning mehnat vazifalarini o‘zgartirishga) - unga boshqa mutaxassislik, 
malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin. 
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan xodimni uning 
roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday holda xodim sog‘lig‘iga 
to‘g‘ri kelmaydigan boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas (95-modda). 
Mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan mehnat majburiyatlarini bajarishdan bir 
tomonlama rad etish, boshqa ishga noqonuniy o‘tkazilgan xodimning o‘zini himoya 
qilishdan qonuniy foydalanishi mumkin bo‘lgan holatlar hisoblanadi. Boshqa doimiy ishga 
o‘tkazish mehnat shartnomasi shartlaridagi eng muhim o‘zgarish ekanligi sababli, mehnat 
qonunchiligi faqat xodimning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligi 
belgilangan. 
Mehnat shartnomasida xodimning mehnat funksiyasii ko‘rsatiladi (shtatlar jadvaliga, 
kasbiga, malakasini ko‘rsatadigan ixtisosiga ko‘ra lavozimga muvofiq ish; xodimga ishonib 
topshirilgan ishning o‘ziga xos turi). Ushbu shartlardan birortasining ish beruvchi 
tomonidan bir tomonlama har qanday o‘zgarishi noqonuniy boshqa ishga o‘tkazish deb 
hisoblanadi. Ish beruvchi xodimning mehnat funksiyasini bir tomonlama o‘zgartirishi, 
mehnat shartnomasida nazarda tutilgan xodimning huquqini buzilishiga olib keladi. 
Bunday vaziyatda xodim taklif qilingan ish uning mehnat shartnomasida nazarda 
tutilmaganligini asos qilishi va uni bajarishdan bosh tortishi mumkin. Xodim bunday rad 
etishga faqat noqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda haqlidir. 
Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid soladigan ishni bajarishdan bosh 
tortishi masalasi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 219-moddasida nazarda 
tutilgan. Mazkur modda xodimga uning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar 
bartaraf etilgunga qadar mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi sababli uning 
hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda ish bajarishdan bosh tortish huquqini beradi. 
5
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. - T.: Adolat, 2018. 


Международный
научный
журнал

6
(100), 
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə