Исследование в XXI веке январь, 02 г 809 mehnat nizolari tushunchasi va turlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix13.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#127557
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
I.Akramov


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январь
, 202
3
г 
810 
bo‘lgan ko‘plab kelishmovchiliklar davlat hokimiyati organlari - sudlarda ko‘rib chiqish 
uchun topshiriladi. 
Mehnat qonunchiligidagi qonuniylik davlat, mahalliy hokimiyat organlari, korxona, 
tashkilot, muassasalar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan mehnat qonunchiligi va 
mehnat qonunchiligi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni 
buzmasdan, to‘g‘ri bajarilishini anglatadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga binoan, har bir shaxs 
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat shartlarida ishlash va qonunda 
ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Bundan tashqari, mehnat 
huquqiy munosabatlari sohasidagi har bir fuqaroning huquqlarini himoya qilish mehnat 
qonunchiligining asosiy funksiyalaridan biri bo‘lib, bu orqali buzilgan huquqlar tiklanadi, 
yetkazilgan moddiy va ma’naviy ziyon qoplanadi. 
Mehnat huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar 
mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi teng bo‘lishini, ular uchun bir xil iqtisodiy 
va huquqiy sharoitlar yaratilishini, natijada ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning oldi 
olinishini belgilaydi. 
Ammo hayot qonunlariga ko‘ra, xodim va ish beruvchi o‘rtasida turli sabablarga ko‘ra 
kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Mehnat qonunchiligining vazifalaridan biri bu kabi 
kelishmovchiliklarning oldini olish va agar ular paydo bo‘lsa, adolatli hal qilish va qonun 
hujjatlarining tamoyillariga rioya qilishdir. 
Mehnat nizosining bosqichlari bo‘yicha dinamikasi quyidagicha bo‘ladi: 

mehnat qonunlarining buzilishi; 

huquqiy munosabatlar subyektlari tomonidan uning turlicha baholanishi 
(kelishmovchilik); 

ushbu kelishmovchiliklarni tomonlarning o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar 
orqali hal qilishga urinishi; 

kelishmovchiliklar yuzasidan uni hal qilish to‘g‘risida vakolatli (Yurisdiksiya) 
organga shikoyat berish. 
Xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilishning keng va tor ma’nodagi konsepsiyasi 
mavjud. 
Keng ma’noda xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish deganda mehnat 
qonunchiligi sohasining asosiy funksiyasini - himoya funksiyasini amalga oshirish 
tushuniladi. Uning mohiyati mehnat munosabatlarining iqtisodiy jihatdan zaif tomoni 
sifatida xodimning mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘liq himoya 
qilishdan iborat. Bu mehnat shartlarining maqbul darajasini belgilashda, mehnat 
qonunchiligiga va mehnat qonunchiligi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilishda, nizolarni ko‘rib chiqish 
jarayonida va yakka hamda jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilish va buzilgan 
mehnat huquqlarini tiklashda namoyon bo‘ladi. 


Международный
научный
журнал

6
(100), 
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə