Исследование в XXI веке январь, 02 г 809 mehnat nizolari tushunchasi va turlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix13.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#127557
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
I.Akramov


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январь
, 202
3
г 
812 
2)
kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish; 
3)
mehnat qonunchiligi va mehnat qonunchiligi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati; 
4)
yakka va jamoalarga doir mehnat nizolarini ko‘rib chiqish; 
5)
davlat va mahalliy hokimiyat organlarining xodimlar mehnat huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlari va qarorlari Yuzasidan sudga shikoyat qilish; 
6)
mehnat huquqbuzarliklari uchun javobgarlik; 
7)
sudga murojaat qilish; 
8 ) xalqaro tashkilotlar tomonidan buzilgan mehnat huquqlarini himoya qilinishi. 
Xodim mehnat huquqlarining buzilishi haqiqatda qay darajada namoyon bo‘lishiga 
qarab, xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilishning bevosita va bilvosita turlari mavjud. 
Bevosita himoya qilish huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin darhol boshlanadi va 
huquqlarning buzilishini to‘xtatish, ularni tiklash va aybdorlarni javobgarlikka tortish 
choralari bilan ifodalanadi. Bilvosita turida hali mehnat huquqi buzilmagan hisoblanadi
lekin shunday holat yuz berishi mumkin deb qaraladi, uning oldini olish yuzasidan choralar 
ko‘riladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 44-moddasida, har bir shaxsning o‘z huquq 
va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi 
kafolatlangan. 
Xodimlar mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning asosiy 
usullaridan biri bu o‘zini o‘zi himoya qilishdir. Huquqni qo‘llash amaliyoti shuni ko‘rsatadi-
ki, xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi ko‘pincha 
yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqishdan oldin amalga oshiriladi. 
O‘zini himoya qilish mehnat qonunchiligida yangi institut hisoblanadi. Mehnat 
qonunchiligida o‘zini himoya qilish xodimning mehnat huquqlari, hayoti va sog‘lig‘iga 
tajovuz bo‘lganida mehnat nizolarini ko‘ruvchi organga murojaat qilmasdan mehnat 
qonunchiligi va mehnat qonunchiligi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ- 
huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlarga murojaat qilishi, yoki bir 
vaqtning o‘zida yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga murojaat 
qilish bilan ifodalanadi. Ish beruvchi va uning vakillari o‘z huquqlarini amalga oshirishda 
xodimlar huquqlarini kamsitmasliklari shart. 
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida xodimlar buzilgan mehnat 
huquqlarida o‘zini o‘zi himoya qilishi alohida moddada keltirilmagan, lekin bunday norma 
hozirda muhokama qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi loyihasida 
nazarda tutilgan. 
Xodim tomonidan mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishi deganda xodimning 
buzilgan huquqini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni va 


Международный
научный
журнал

6
(100), 
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə