Исследование в XXI веке январь, 02 г 809 mehnat nizolari tushunchasi va turlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix13.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#127557
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
I.Akramov


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январь
, 202
3
г 
811 
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni va xodimning qonuniy manfaatlarini himoya 
qilishdan maqsad, xodim o‘z huquqining obyekti bo‘lgan ijtimoiy imtiyozlardan erkin 
foydalanadigan sharoitlarni ta’minlashdir. 
Tor ma’noda xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish - mehnat huquqlariga rioya 
etilishini ta’minlash, ularni buzilishlardan himoya qilish, shu jumladan buzilgan mehnat 
huquqlarini oldini olish, tiklash, ish beruvchilar va ularning vakillarini mehnat qonunchiligi 
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortishni o‘z ichiga 
oladi. 
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish turli shakl va usullari bilan farq 
qiladi. 
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish shakli, ushbu himoya 
ixtisoslashtirilgan tartibda amalga oshirilganligiga yoki mehnat huquqlari mavjud bo‘lgan 
shaxs tomonidan mustaqil ravishda tashkil etilishiga qarab, xodimlarning mehnat 
huquqlarini himoya qilish subyektlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. 
Yurisdiksion va noyurisdiksion mehnat huquqlarini himoya qilish shakllari mavjud. 
Yurisdiksiya shakli mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yoki buzilish 
xavfi tug‘ilgan xodim, mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun 
zarur bo‘lgan choralarni ko‘rish bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilishi tushuniladi. 
Ushbu shakl doirasida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish sud, ma’muriy va 
jamoatchilikka bo‘linadi. 
Noyurisdiksion mehnat huquqlarini himoya qilish shaklida xodim va (yoki) uning 
vakolatli vakillari mustaqil harakatlari bilan o‘zlarini himoya qilishadi. Ushbu shakl mehnat 
huquqlarini himoya qilish tartibida, shuningdek, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat 
tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 16-moddasi xodimning mehnat 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqini belgilaydi. 
Xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullaridan biri - 
bu ularning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlari harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilishlaridir. 
Mehnat qonunbuzarliklari uchun javobgarlikni xodimlarning mehnat huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullaridan biri sifatida ko‘rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir. 
Xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning quyidagi 
usullari mavjud:
3
1)
xodimlar mehnat huquqlarini o‘zlari himoya qilishi; 
3
Rahimov M.A.
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish (Qiyosiy-huquqiy tahlil) Monografiya. - T.: TDYUU, 2020. 
B.169. 


Международный
научный
журнал

6
(100), 
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə