Issn: 2181-3906 2023 International scientific journal «modern science аnd research»


Key words:  Labor protection, legal basis, measure, Law, method.  ЗАКОН ОБ ОХРАНЕ ТРУДА И ЕГО СФЕРА ПРИМЕНЕНИЯ



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#126695
1   2   3   4
Key words:
 Labor protection, legal basis, measure, Law, method. 
ЗАКОН ОБ ОХРАНЕ ТРУДА И ЕГО СФЕРА ПРИМЕНЕНИЯ 
Аннотация.
 Принимаемые меры по созданию условий труда и совершенствованию 
правовой базы труда в нашей стране являются важным фактором защиты прав и 
интересов граждан. Следующим важным шагом в этом направлении стала новая 
редакция Закона «Об охране труда». 
Ключевые слова:
 Охрана труда, правовая основа, мера, Закон, метод. 
KIRISH 
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda xodimning hayoti va sog‘lig‘i 
ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza etish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish 
hamda amalga oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining shu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish kabilar davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari sifatida belgilab qo‘yilgani diqqatga sazovor [1, 2]. 
ASOSIY QISM 
Ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining zamonaviy holati va demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat organlari hamda xususiy sektor o‘rtasidagi 
hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatda tadbirkorlik faoliyati va mehnat qonunchiligini 
rivojlantirish borasidagi ishlar natijalari buniang yaqqol misolidir [2, 3]. 


ISSN: 
2181-3906 
2023

International scientific journal
 
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
 

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
 
376
Shu boisdan xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yeng‘in 
chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar 
berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini 
doimiy ravishda tekshirib borishdek muhim vazifa ish beruvchi zimmasiga yuklatilgan [4]. 
Bundan tashqari, qator vazirliklar va tarmoq idoralari, yirik sanoat korxonalari, fuqarolik 
jamiyati institutlari, kasaba uyushmalari vakillari, soha ekspertlari Xalqaro mehnat tashkilotining 
konvensiya hamda tavsiyalari, xorijiy davlatlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 
qonunchiligi va me’yoriy hujjatlari o‘rganish orqali innovatsion metodlarni amaliyotga joriy 
qilish orqali mehnat sharoitlarini yaratish hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash mamlakatimiz 
iqtisodiyotining yanada yuksalishida dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Mehnat iste’mol qiymatlarini vujudga keltirish uchun qilinadigan faoliyatdir. Fiziologik 
tomondan bu kishi organizmining funksiyasi va bunday funksiyaning har biri uning mazmuni va 
shakli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, aslida kishi miyasining, asablarning, muskullarining, sezgi 
organlarining va shu kabilarining sarf qilinishidir [5]. Mehnat jarayonida organizm hayot 
funksiyalarning o‘zgarishini mehnat fiziologiyasi o‘rganadi. 
Mehnat jarayonida organizmning hamma funksiyalari ya’ni mushak faoliyati, oksidlanish-
qaytarilish protsesslar va boshqalar keskin ravishda o‘zgaradi. Ish boshlanishidan ilgari, fakat ish 
joyiga kelish bilanoq odam funksiyalari tegishli ravishda o‘zgaradi. Odatda puls tezlashadi va bir 
minutda sarf qilingan miqdori oshadi. Funksiyalarning bu shartli reflektor o‘zgarishida oliy nerv 
faoliyatining "ishga solish mexanizmlari" harakatga keladi. Katta yarim sharlar pustlogining ishga 
solish ta’sirlari organizmning tinch holatidan, faoliyatli holatga keltiradi yoki shu paytgacha ichki 
ta’sirotlar ostida o‘tayotgan faoliyatni keskin ravishda kuchaytiradi. Lekin katta yarim sharlar 
pustlogi ishga solgan organlarga ham ta’sir qilishni davom etadi. Miya pustlogidan kelgan 
impulslar ishlayotgan organlarga ta’sir qilgan chog‘da, pustlok uyg‘unlashtirish ta’sirini 
ko‘rsatadi [4,5]. 
Insonning ish qobiliyati yoki ish quvvatining talab qilinayotgan darajasini ish sifatini 
o‘zgartirmagan holda mumkin qadar uzoq saqlab qolish qobiliyati, bir necha faktorga bog‘liq. 
Bulardan eng muhimlari trenirovka va mashq emotsional holat, charchash va atrofdagi muhit 
sharoitlaridir [1, 2]. Xozirgi zamon ishlab chiqarish sharoitlarida bajarilayotgan ishlar ularning 
quvvatiga ya’ni vaqt birligi ichida bajarilayotgan ishning miqdoriga karab 3 guruhga bo‘linishi 
mumkin: 1-yengil; 2- o‘rtacha; va 3-og‘ir ishlar. Yengil ishlar ishlar qatoriga minutiga kamroq 
kislorod iste’mol qilinadigan ishlar kiradi. Agarda odamning to‘la tinch holatda minutiga 200-250 
sm
3
kislorod iste’mol qilinishi hisobga olinsa, yengil ish vaqtda kislorodning iste’mol qilinishi 
ko‘p deganda 2-2,5 xissa ortadi. O‘rta og‘irlikdagi ishlar qatoriga bir minutiga 1 litrgacha iste’mol 
qilinadigan ishlar kiradi, ya’ni bunda kislorodni iste’mol qilinishi tinch holatiga qaraganda 2-4 
marta oshadi. Og‘ir ishlarga minutiga bir litrdan ortiq miqdorda kislorod iste’mol qilinadigan 
ishlar kiradi. Ish vaqtida kislorodning kuproq iste’mol qilinishiga sabab shuki, mushak ishi uchun 
zarur bo‘lgan energiya oziq moddalari natijasida hosil bo‘ladi. Lekin ayrim hollarda kislorod 
iste’mol qilinishi bajarilayotgan ish xajmdan qat’iy nazar qo‘llanishi mumkin. Masalan, kishi 13 
sekund davomida maksimal tezlik bilan yugirganda kislord iste’mol qilinishi ortiqcha ulgirmaydi 
va u keyinroq yugirish tugagandan keyin ko‘payadi [2]. 
Noto‘g‘ri tashkil qilingan va ko‘p diqqatni talab qiladigan ishning bunday salbiy natijalarini 
bartaraf qilmoq yoki anchagina kamaytirmoq uchun mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlarini 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə