Ызбекистон республикаси


b) Huquqiy munosabatlar - amaldagi huquqiy madaniyat



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə18/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

b) Huquqiy munosabatlar - amaldagi huquqiy madaniyat. Huquqiy madaniyatning ikkinchi elementa huquqiy munosabatlardir. Yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartabga solingan ijtamoiy munosabatlardir, degan fikr keng tarqalgan. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq “yashaydi”, amal qiladi. Huquq sub’ektlarining huquqiy imkoniyatlari va yuridik majburiyatlarini amalga oshirishning haqiqiy manzarasini aynan huquqiy munosabatalarning yuzaga kelishi ko‘rsatadi. Huquqiy munosabatlar sub’ektlarining huquqiy pozitsiyasi va mo‘ljallari, yuridik sohadagi tashabbuslari va faolliklari, xatta-harakatlari yuridik shakllarini afzal bilish darajasi birgalikda ularning huquqiy madaniyatoni belgilab beradi.
Huquqiy munosabatlar, ijtimoiy-foydali yoki salbiy yuridik fakt munosabata bilan yuzaga kelganligiga qarab, jamiyat huquqiy madaniyatining ko‘rsatkichi bo‘ladi. Aytaylik, oila qonunlarida mustahkamlangan nikohdan o‘tish imkoniyati kamdan-kam hollarda aniq huquqiy munosabatlarda amalga oshadi va o‘z amaliy ifodasini topadi. Bu jamiyat huquqiy madaniyatining nafaqat yuridik, balki ijtamoiy qadriyat bo‘lgan mazkur normani hali qabul qilmaganligidan dalolat beradi. Axir ushbu normani keng qo‘llash er-xotin o‘rtasida yuzaga keladigan juda ko‘p fuqarolik-huquqiy kelishmovchiliklar- ning oldini olishga, ular bo‘yicha uzoq davom etuvchi tortashuvlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ayrim hollarda esa ajralishlar negizida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldi olinishiga imkon bergan bo‘lardi.
Huquqbuzarliklarning, huquqni qo‘llash va boshqa yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarning mikdori ham jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini ko‘rsatadi. Huquqiy munosabatlar, bir tomondan, jamiyat ijtimoiy va huquqiy rivojlanishining darajasi bilan belgilanadi, boshqa tomondan esa, uning huquqiy madaniyati va hukuqiy ongini aks ettiradi.
Huquqiy munosabatlar ahvoli va rivojlanishini tahlil etish qonunlarning rivojlanishi va takomillashishi, yuridik harakatlarning yaxshilanishi, huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligining yuksalishi bilan huquqiy munosabatlar qonun bilan tartibga solingan shunchaki yjtimoiy munosabatlardan huquq sub’ektlarining o‘z huquqlari va manfaatlarini amalga oshirish maqsadida munosabatga kiriщishlarining o‘ziga xos shakliga aylanadi, deya taxmin qilishga imkon beradi. Ijtimoiy hayotning huquqiylaiguvi ijtimoiy munosabatlarning tobora ko‘proq miqdori huquqiy xususiyatga ega bo‘la borishiga, huquqiy munosabatlar shaklini ola boshlashiga olib keladi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə