Ызбекистон республикаси


Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə14/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi huquq normalarida nazarda tutilgan harakat namunalariga mos holda atrof huquqiy voqelikni o‘zgartirishga erishilgan natijaga nisbatan munosabatda o‘z aksini topadi. Huquqiy madaniyatdagi baholovchi faoliyat shaxs, huquq xizmatchilari jamiyati, qonunchilik, huquqiy tartib-intizom, huquqiy munosabatlar, huquqiy boshqaruv mexanizmi (tegishli huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan) «o‘lchovidan» tashkil topadi. Huquqiy reallik aniq yuridik hodatdan huquqiy tizimgacha eng keng ko‘lamda baholanadi. Huquqni, aniq huquqiy normalarni, fuqarolar xulq-atvori, huquqni buzishga qarshi kurash olib boruvchi huquqni himoya qiluvchi organlar faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Huquqiy madaniyatning sotsiologik funksiyasi shaxsning huquqiy sifatlarining shakllanish tizimi orqali o‘rganib chiqilishi mumkin. So‘zsiz, bunday jarayonga huquqiy voqelik ma’lum bir ta’sir o‘tkazadi. Shu bilan birga, maqsadli huquqiy tarbiyaviy ishlarni olib borish, aholining huquqiy ta’limini tashkil qilish chorasini ko‘rish, ularga yuridik yordam ko‘rsatish, shaxsning o‘zini o‘zi tarbiyalash jarayonini faollashtirish zarur.
Huquqiy madaniyat kommunikativ funksiyani ham bajaradi. U fuqarolarning huquqiy doiradagi muloqotini ta’minlar ekan, shu muloqat orqali mavjud bo‘ladi va ta’sir etadi. Bu yerda fuqarolarning faqat huquqiy harakat doirasidagi bevosita muloqoti nazarda tutilibgina qolmasdan, balki ularning biz shaxsan notanish bo‘lgan, bizdan makon va zamonda muayyan oralikda bo‘lgan tengdoshlarimiz, o‘tmish avlodlarimiz bilan bevosita “muloqoti” nazarda tutilmoqda. Bunday muloqot yozma yuridik asarlar vositasi bilan ta’minlanadi va bugungi kunda u ommaviy axborot vositalarining takomillashuvi bilan yanada rivojlanadi. Huquqiy muloqot sub’ektlararo o‘zaro ta’sir formulasi bo‘lib, huquq doirasida erkin va kamyob mohiyat sifatida maydonga chiqadi.
Bu funksiyani o‘zlashtirish huquqiy madaniy merosga, zamonaviy huquqiy madaniyatning boshqa ko‘rinishlariga nisbatan munosabatimizni belgilaydigan turli asarlardagi huquqiy madaniyatni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Har bir jamiyatning huquqiy madaniyati boshqa jamiyat huquqiy madaniyatning o‘zaro tavsirisiz muvaffaqtiyatli rivojlana olmaydi. Mamlakatimizning sovetlar davrida madaniyatni cheklashga urinish, jumladan boy tarixiy, huquqiy merosimizdan uzishga intilish va zamonaviy davlatlar madaniy-huquqiy hayoti bilan har qanday aloqani cheklashga urinish qanday achinarli oqibatlarga olib kelgani ma’lum.
Huquqiy madaniyat o‘zida hozirgi va o‘tmish davr huquqiy madaniyati ilg‘or yutukdari hamma turlarini to‘plashi lozim. Huquqiy madaniyatning kommunikativ funksiyasi oxir oqibatda fuqarolarning g‘oyaviy-huquqiy aloqalarini jamiyat takomillashuvi va huquqiy tajribasi meros qilib qolishini ta’minlaydi.
Huquqiy madaniyatning kommunikativ funksiyasi faqat «bugungi» huquqiy boshqaruv doirasida tashkil topibgina qolmaydi. U huquqiy madaniyatning rivojlanishini rejalantirish va prognozlashtirish, huquqiy madaniyat qurish va rivojlanish uchun zaruriy element sifatida yuzaga keladi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə