Ызбекистон республикаси


Huquqiy madaniyatning funksiyalari



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə13/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

2. Huquqiy madaniyatning funksiyalari. Huquqiy madaniyat bir necha maxsus funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalar quyidagilardan iborat:
- regulyativ funksiya;
- normativ funksiya;
- sotsiologik huquqiy funksiya;
- kommunikativ funksiya;
- prognostik funksiya.
Huquqiy madaniyatning regulyativ funksiyasi demokratik huquqiy davlatni shakllantirishni va adolatli fuqarolik jamiyatini vujudga keltirishni ta’minlovchi nazariy va tashkiliy faoliyat bilan bog‘liq. Bu funksiya umumiy va shaxsiy manfaatlarni insoniyat ijtimoiy rivojlanishining markaziga qo‘yish, shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun muhit yaratish, unga zarur mehnat va hayot sharoitini yaratish, siyosiy erkinligini ta’minlashga yordam beradi. Bu funksiya umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy va ma’naviy kafolatlarni, ya’ni rostgo‘ylik, insof, diyonat, ezgulik, shafqat, vijdon, insoniy qadr-qimmat va tanlov erkinligini qamrab oladi.
Huquqiy madaniyatning regulyativ funksiyasi huquqiy tizimning barcha elementlarining barqaror va batartib harakatlanishini ta’minlashga yo‘naltiradi.
Huquqiy madaniyat uzviy bir butunlikdagi huquqiy ong va borliqning tarkibiy qismi sifatida maydonga chiqar ekan, u butun insoniy borliqni aks ettiribgina qolmay, balki unga faol qayta ta’sirini ham maqsad qilib qo‘yadi. Unga xos qadriyatlar, huquqiy normalar, tamoyillar va hulq-atvor namunalari fuqarolar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar birdamligiga, ularning kuchini huquqiy davlatni vujudga keltirishga yo‘naltirishga, to‘plashga yordam beradi.
Huquqiy madaniyat odamlarning ijtimoiy birlashuvini ta’minlashi mumkin. U faqat fuqarolarga, o‘zaro huquqiy muloqotga kirishuvchiga imkoniyat yaratib bermasdan, balki ularning o‘zaro munosabatlarini boshqaradi. Huhuhiy madaniyatning regulyativ funksiyasi huquqiy va boshqa sotsial normalar orqali amalga oshadi. Ushbu funksiya sharofati bilan huquqiy madaniyat odamlarni ularning faoliyatida belgilangan qoidalarga sotsial intilish va ideallari, ehtiyojlari va manfaatlarining huquqiy munosabatlarda o‘zaro huquq va majburiyatlarining amalga oshuvini ta’minlaydi, bu munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi aksiologik tavsiflar tizimi yordamida aks ettiriladi. U turli xodisa va faktlarda ma’lum bir ahamiyat kasb etgan ongli shaxslar harakatida o‘z aksini topadi. Shundan kelib chiqqan holda huquqiy normalar boshqa jamiyatning huquqiy madaniyatini tashkil qiluvchi elementlar baholovchi ob’ekt sifatida maydonga keladi. Bu yerda so‘z huquqdagi ahamiyat to‘g‘risida borganligi kabi, huquqning o‘zining ahamiyati sifatida ma’lum bir ma’no kasb etishi to‘g‘risida ham bormoqda.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə