Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə10/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Tarixiy huquqiy meros. Mustaqil O‘zbekiston inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish borasida butun dunyoda ish boshlagan va ish olib borgan barcha kishilarni va barcha davlatlarni juda e’zozlaydi. O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida ma’rifatparvar demokratik adolatli davlat bo‘lishga harakat qiladi, inson huquqlarini qimoya qilishga va mustahkamlashga qat’iy kafolat beradi.
Inson huquqlari umumbashariy va milliy davlat va huquq tushunchalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zbekiston o‘zining boy va ko‘p ming yillik ma’naviy-huquqiy merosiga asoslanib, inson huquqlarining umuminsoniy qadriyatlari hamda e’tirof etgan xalqaro huquq talablarini ta’minlash borasida muntazam ish olib bormoqsa.
Inson huquqlari aniq tarixiy va milliy o‘ziga xos sharoitda tabiiy ravishda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham o‘zbek ma’naviy-huquqiy merosining ildizlarini chuqur bilish va idrok etish, O‘zbekistonda inson huquqlarini o‘ziga xos tushunishni va holatini to‘g‘ri talqin qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek ma’naviy-huquqiy merosining ildizlari qanday? Bizning ko‘hna zaminda davlatchilik va huquq o‘zining chuqur ildizlariga ega bo‘lib, qadim-qadim davrlarga borib taqaladi. O‘zbek milliy davlatchiligi va huquqi paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi tarixiy solnomasi quyidagicha.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yilliqda hozirgi Markaziy Osiyo hududida yigirmaga yaqin qabilalar bo‘lib, ular bir necha qabilalar ittifoqiga birlashgan edilar. Bular orasida bir necha qabilalarni birlashtiruvchi massagetlar alohida mavqei bilan boshqalardan ajralib turganlar. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining chuqur ildizlari ana shu massagetlarga borib taqaladi.
Eramizdan avvalgi XV-XII asrlarda Markaziy Osiyo hududining asosiy qismi Ossuriya davlatining tarkibida bo‘lgan, shu bilan bir- ga bu davrda mustaqil Xorazm davlati ham mavjud edi.
Eramizdan avvalgi VI asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda Ahmoniy podshohlarning hukmronligi o‘rnatilgan.
Eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida xorazmshohlar, keyinchalik sak qabilalari mustaqillikka erishganlar.
Eramizdan avvalgi IV asrning oxirgi choragida Xorazm davlatidan tashqari butun Markaziy Osiyo makedoniyaliklar tomonidan bosib olingan. Iskandar Zulqarnayn vafotidan so‘ng, Markaziy Osiyo Salavkiylar davlati tarkibiga kiritilgan.
Eramizdan avvalgi III asr o‘rtasiga kelib, Grek-bakdriya podsholigi tashkil topib, uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona va Parkana (Farg‘ona) kirgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo hududida Xorazm davlati bilan chegaradosh bo‘lgan Toxariston davlati tashkil topgan. Ko‘p o‘tmay u kichik-kichik davlatlarga bo‘linib ketgan.
Eramizning I-IV asrlarida Markaziy Osiyo hududi Kushon podsholigi tarkibida bo‘lgan. IV asrning oxirgi choragida Markaziy Osiyoda kichik-kichik davlatlar tashkil topgan.
V asr o‘rtalarida Markaziy Osiyo Eftalitlar davlati tomonidan bosib olingan.
VI asrning oxirgi choragidan arablar bosib olgunga qadar Markaziy Osiyo G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan.
VIII asr boshlarida Markaziy Osiyoda arablar hukmronligi o‘rnatilgan. Arablar bizning o‘lkani Movarounnahr deb ataganlar.
IX asr oxiri X asr boshlaridan ikkinchi yarmigacha O‘zbekiston xududida Somoniylar, X asrning ikkinchi yarmidan Qoraxoniylar, XI asr boshlaridan Saljuqiylar saltanatlari mavjud bo‘lgan.
XII asrning o‘rtalarida Movarounnahrni qoraxitoylar o‘zlariga bo‘ysundirganlar. XII asrda Xorazm yana mustaqillikka erishgan.
XIII asr boshlaridan XIV asrning 60-yillari o‘rtalarigacha Movarounnahrda mo‘g‘ullar, XV asr oxirlarigacha Amir Temur va temuriylar, XVI asrdan Shayboniylar hukmronlik qilganlar. XVI asr oxirida O‘zbekiston hududida Buxoro va Xiva, XVIII asr boshlarida Qo‘qon xonliklari tashkil topgan.
Markaziy Osiyo XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olingan. Qo‘qon xonligi tugatilgan. Turki ston general-gubernatorligi tashkil qilingan. Buxoro va Xiva xonliklari ustidan Rossiya protektorata o‘rnatilgan. Hududimiz Turkiston o‘lkasi deb atala boshlagan.
1917 yilda “qizil imperiya” hukmronligi o‘rnatildi. O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganidan boshlab O‘rta Osiyo iborasi qo‘llanila boshlandi.
1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishdi.
Demak, bizning yosh mustaqil o‘zbek davlatimiz o‘zida ko‘hna Sug‘diyona va Xorazmdan boshlab, Somoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va temuriylar davlatlarining davlat boshqaruv yutuqlarini, xalqimizning butun davlat-huquqiy tarixi tajribasini hamda uning o‘z milliy davlatiga va huquqiga ega bo‘lish kabi asriy orzularini mujassamlashtirgan. Ya’ni hozirgi o‘zbek davlati umumjahon va milliy davlatchilik va huquqiy taraqqiyot qonuniyatlarini o‘zida uzviy ravishda uyg‘unlashtiradi. O‘zbek davlati va huquqi o‘zining salkam 3 ming yillik tarixiga ega.
O‘zbekiston Ovro‘po va Osiyo ma’rifatparvar dunyosini, sivilizatsiyalarini birlashtiruvchi buyuk xalqaro yo‘llar kesishgan zaminda joylashgan. Ma’rifatparvarchilik davridagi ma’naviyatimiz shakllana boshlaganiga kamida 2,5 ming yil bo‘lgan. O‘zbeklar g‘oyat ko‘hna va ko‘pdan-ko‘p negizga-saklar, massagetlar, so‘g‘dlar, Kserks va Iskander Zulqarnayn, Salavkiy va ko‘p qabilali turklargacha bo‘lgan g‘oyat qadimiy va chuqur ildizli millat hisoblanadi. Ularning avlod-ajdodlari bundan ming yillar muqaddam shu tuproqda o‘troq bo‘la boshlaganlar. O‘zbek elati shakllanishida o‘tmishda arablar va fors-tojik madaniyati namoyandalari, XIII-XIV asrlardagi mo‘g‘ullari hamda XV-XVI asrlardagi Chingizxonning chig‘atoy ulusi mo‘g‘ullari ham o‘zlarining bevosita ta’sirlarini ko‘rsatganlar. O‘zbeklarning ota-bobolariga, avlod-ajdodlariga hindlar, xitoylar, greklar tomonidan ham madaniy ta’sirlar bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ta’bir joiz bo‘lsa, elat tarzida shakllangan bu o‘ziga xos gilamda uyg‘urlar, armanlar, lo‘lilar va o‘nlab boshqa nisbatan kam sonli milliy jamoalarga taalluqli, darhol ko‘zga tashlanmaydigan madaniy iplar ham to‘qilganligini aytish kerak. Yigirma asrdan ko‘proq davrdan beri Buxoro, Samarkand va boshqa shaharlarda bizning avlod-ajdodlarimiz bilan birga yahudiylar ham yashagan va yashab kelmoqdalar. X asrdan XV asrgacha Movarounnahr shaharlarida talaygina nasroniylar ham yashaganlar, boz ustiga mo‘g‘ul hukmdorlari Islom dinini qabul qilgunlariga qadar ommaviy ravishda ularga homiylik qilganlar.
XIX asr oxirlaridan e’tiboran Turkiston xalqlari orasiga ruslar va rus madaniyatidagi kishilar qo‘shildi.
O‘lkamizning mo‘g‘ullargacha bo‘lgan va temuriylar davridagi nomi - Movarounnahr uyg‘onishi haqida alohida to‘xtalib o‘tish darkor. Islom sivilizatsiyasi xalqimizning dunyoqarashini to‘ldirdi va boyitdi, bu xalq jahonga taniqli va bashariyat tomonidan tan olingan buyuk mutafakkirlarni yetkazib berdi.
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining asosi bo‘lmish milliy davlatchiligi, huquqiy tizimini qaytadan yaratmoqda, xalqimizning ma’naviyati kamol topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi demokratik-huquqiy davlat qurishga azmu qaror qilgan ekan, yuksak huquqiy madaniyat, Konstitutsiya va qonunga hurmat, itoatkorlik, milliy istiqlol mafkurasida muhim o‘rin egallamoqda. U o‘zida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari - iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, hayo, uyat va andisha, or-nomus, eliga va yurtiga sodiqlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlar va g‘oyalarni mujassamlashtirishga qaratgandir. O‘zbek xalqi asrlar mobaynida avaylab saqlab, sayqallab kelgan o‘z milliy urf-odatlari, rasm-rusumlari, udum va an’analari, g‘ururi, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzi, huquqiy ongi va madaniyati, e’tiqodi, qisqacha aytganda, madaniy-ma’naviy dunyosi bilan ajralib turadi. Buyuk allomalarimiz bashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda bevosita ishtirok etganlar, ular jahon huquqiy sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ularning boy madaniy-huquqiy merosi hozirgi mustaqil huquqiy taraqqiyotimizning mustaqil poydevori bo‘lib hizmat qiladi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə