Ызбекистон республикаси


Huquqiy madaniyat bo‘yicha Sharq falsafasi ta’limoti



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə7/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Huquqiy madaniyat bo‘yicha Sharq falsafasi ta’limoti. Huquqiy madaniyat o‘z ob’ektiv qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Sharqda huquqiy madaniyat va demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan xususiyatlari mavjud. Sharqda huquqiy madaniyat va demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu yerda huquqiy madaniyat va demokratiya tushunchalari hamjihatlik g‘oyasi, jamoatchilik fikrining ustunligi zaminida shakllanadi.
G‘arbda esa huquqiy madaniyat individualizm falsafasiga tayanadi va bu ommani haddan tashqari siyosatlashtirishga olib keladi. Sharqda axloqiy-ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlardan ustunligi bilan ajralib turadi. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviy adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limotlari bilan uzviy ravishda rivojlangan. Shu bilan birga buyuk ajdodlarimiz - Sharqning mashhur mutafakkirlari Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Al-Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va boshqalar jahon madaniyati, fani va sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shganlar.
O‘zbekistonda, butun Sharq sivilizatsiyasiga xos bo‘lganidek, oilani barcha choralar bilan qo‘llab-quvvatlash eng muhim insoniy qadriyatlardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Huquqiy madaniyatni shakllantirish makoni mahalladir. Chunki mahalla xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir.
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish, to‘liq amalga oshirish milliy davlatchiligimiz tajribasini va huquqiy madaniyatimizni boyitadi.
O‘zbek milliy mafkurasi. Huquqiy madaniyat o‘zbek millatining turmush tarzida, an’anaviy madaniyatida, milliy dunyoqarashi va mafkurasida muhim o‘rin tutadi. Huquqiy madaniyatni to‘la qaror toptirishda milliy, ma’naviy, diniy-axloqiy, davlat-huquqiy va tarixiy merosimizga, mafkuramiz g‘oyalariga tayanmoq kerak.
O‘zbek milliy mafkurasining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: birinchidan, mustaqillik his-tuyg‘usi va istiqlolni to‘la idrok etish; ikkinchidan, o‘zbekchilik; uchinchidan, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining vatanparvarligi.
Milliy mafkura - ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash, ardoqlash va ravnaqi haqidagi g‘oyalar majmui Milliy mafkura - jamiyat ahlining ruhiyati ko‘rsatkichi, xohish-irodasining namoyon bo‘lishidir. Milliy mafkura har qanday mafkuradan yuqoridir. Milliy mafkura davlat taraqqiyotini belgilab beruvchi mafkuraviy mezonlarni ham qamrab oladi. Milliy mafkura adolatli huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati haqidagi siyosiy-huquqiy g‘oyalardan ham tashkil topadi.
Yaqin-yaqinlarga qadar “milliy mafkura” iborasini ishlatish jinoyat hisoblanardi. O‘z millatini sevish, milliy yutuqlardan faxrlanish, millat yo‘lidagi sa’y-harakatlar “millatchilik” tamg‘alari bilan qoralanardi. Nahotki biror bir inson o‘z millatiga mansubligidan g‘ururlansa, millatchi bo‘lsa?!
Millatchi millat bo‘lmaydi. Milliylik, millatga mansublik umumjahon taraqqiyot qonuniyatidir. “Millatchilik”, “millatchi” deydiganlarni, o‘z nasl-nasabini bilmaydiganlarni achinish bilan buyuk davlatchilik, imperiyacha milliy siyosat manqurtlari deb baholash mumkin, xolos. O‘zbekman, millatimdan va ona yurtimdan faxrlanaman, o‘zbek davlatining fuqarosiman, deya olmaganlar haqida nima deyish mumkin?! O‘zbek xalqi qanchalik istibdod, qanchalik tazyiqu cheklashlarga duch kelmasin, hech qachon tili, dini, madaniyati, merosi ildizlaridan uzilib qolgan emas. Millatimizning ana shu teran, sog‘lom va boy ma’naviy tomirlari huquqiy madaniyat mustahkam poydevorining tayanch nuqtalarini tashkil etadi.
O‘zbek milliy mafkurasining negizini quyidagilar tashkil etadi: birinchidan, milliy g‘urur, ikkinchidan, o‘zbek millatining asosiy fazilatlari va nihoyat, uchinchidan, buyuk milliy-madaniy merosimiz.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə