Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə6/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Kibernetik metod huquqiy madaniyat sohasida axborot-qidiruv tizimini yaratishda, matematik-statistik metodlarni qo‘llagan holda huquqiy statistika va axborotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlashda turli xil texnika vositalarini qo‘llashni o‘rganishga yordam beradi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani metodlarining butun bir majmui uning metodologiyasini tashkil etadi.
3. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodologiyasi. Huquqiy madaniyat betakror ijtimoiy voqelikdir. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining butun asosi bo‘lmish huquqiy madaniyatni qaytadan tiklamoqda. Xalqimizning teran ma’naviy-huquqiy merosi, uning boy tabiiy va aqliy imkoniyatlari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun barcha shart- sharoitlarni yaratib bermoqda.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari o‘quv fanini o‘rganishning umumiy asosini, ya’ni metodologiyasini va xususiyatlarini quyidagilar tashkil etadi:
- birinchidan, huquqiy madaniyat, umuminsoniy qadriyatlar va jahon andozalari (talablar);
- ikkinchidan, huquqiy madaniyat bo‘yicha Sharq falsafasi (islom ta’limoti);
- uchinchidan, o‘zbek milliy mafkurasi;
- to‘rtinchidan, tarixiy-huquqiy meros va tajriba.
Huquqiy madaniyat va umumbashariy qadriyatlar. Huquqiy madaniyat, eng avvalo, umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon sivilizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, xalqaro huquqning hamma:e’tirof etgan prinsiplari va me’yorlariga asoslanadi.
Yuksak huquqiy madaniyatga asoslangan demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan prinsiplari bor. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat asosiy idoralarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, davlat va jamiyat boshkaruvida qonun ustunligi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat idoralarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Inson huquqlariga doir jahon andozalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va unga qo‘shimcha Fakultativ protokol hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Inson huquqkari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirgan. Asosiy qonunimiz tarixda sinalgan umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujdcsamlashtirgan, eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning huquqiy tajribasiga tayangan.
Jahonning ma’rifiy rivojlangan mamlakatlari e’tirof etgan huquqiy madaniyat va davlat suvereniteta, demokratiya va xalqaro huquqning ustunligi kabi umumbashariy qadriyatlar O‘zbekiston davlatchilik manfaatlariga, xalqning o‘ziga xosligiga, uning milliy an’ana va urf-odatlariga to‘la mos keladi. Huquqiy madaniyat O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar bilangina emas, balki xalqning o‘z ongi, uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi va huquqiy tajribasi, mehr-shafqati bilan mustahkamlanadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə