Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə8/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Milliy g‘urur. O‘zbek millatining g‘ururi, milliy iftixori quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
1) ona-Vatanimizning ko‘p ming yillik buyuk tarixiy o‘tmishida, uning Sharq ma’rifatparvarligi, umuman, jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasida va unda tutgan mavqeida;
2) bizning vatandoshlarimiz, buyuk ajdodlarimiz bo‘lmish jahon miqyosida tan olingan madaniyat, fan, din, adabiyot, san’at daholarimizda, davlat va jamoat arboblarimizda;
3) diyorimizning madaniyat, san’at, me’morchilik, fan va huquq sohasidagi bebaho yodgorliklarida;
4) o‘zbek xalqining o‘z ona tili, milliy urf-odatlari, an’ana- udumlari bilan faxrlanishida;
5) o‘zbeklarning buyuk islom sivilizatsiyasi va madaniyatiga mansubligida;
6) o‘zbek davlatining tabiiy boyliklarida, serhosil yerlarida, buyuk daryolarida, qolaversa, mamlakatimizning iqtisodiy kuch- qudratida;
7) ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligida, uning fuqarolari va butun xalqining istiqlol va taraqqiyotga, buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchida;
8) fuqarolarimizning jahon talablari darajasida bilim va malaka olishga, fan-texnikaga, bozor iqgisodiyoti tadbirkorligi madaniyatiga bo‘lgan ishtiyoq va intilishida;
9) O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishida, xalqaro nufuzining oshib borishida va nihoyat,
10) tinchlik, barqarorlik va o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlab olib sobitqadamlik bilan borayotganida.
Milliy g‘urursiz hech bir millat millat sifatida ravnaq topolmaydi.
O‘zbekning asosiy fazilatlari. O‘zbeklarning asosiy xislatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- o‘zbeklarning turkiy xalqlarga mansubligida, ular bilan yaqin qon-qarindoshligida, ularning tili va dini, madaniy va tarixiy ildizlarining birligida;
- o‘zbeklarning barcha Sharq xalqlari - qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, afg‘on, eron, arab, xytoy, hind va boshqalar bilan yaqinligida, ular bilan o‘zaro ko‘p ming yillik yaqin etnik madaniy munosabatlarida;
- o‘zbeklarning o‘ziga xos sharqona mustaqil ma’naviy taraqqiyot yo‘lining boshqa qardosh madaniyatlar bilan uzviy rivojlanishida;
- o‘zbeklarning islom madaniyatini va ma’rifatparvarligini o‘ziga xos idrok etishida va ravnaq toptirishida;
- o‘zbeklarning qadimdan Ovro‘po, keyinchalik rus madaniyati bilan yaqin hamkorligida;
- o‘zbeklarning ochiqligiyu mehmondo‘stligida, xoh o‘z mamlakati ichida, xoh tashqarisida barcha millat va elatlar, din vakillari bilan teng huquqli hamkorlikka moyilligida;
- o‘zbeklarning ko‘p asrlik og‘ir va ziddiyatli tarixida, buyuk milliy davlatchilik namunalariyu tarqoqlik o‘kinchlarini, mustamlaka zulmlariyu to‘la qaramlikni boshdan kechirganligida;
- o‘zbeklarning istiqlol sharofati tufayli buyuk millat, xalq bo‘lib birlashuvi, jipslashuvi uchun imkon yaratilganida va ta- raqqiyot sari o‘z mustaqil yo‘li bilan borishida;
- o‘zbeklarning o‘z kuchiga ishonishida, mehnatsevarligida, tinib-tinchimasligida, ishchanligida, bilimdon va tashabbuskorligida;
- o‘zbeklarning xalqqa, Vatanga sadoqatida, fidoyiligida, jonkuyarligida.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə