Ызбекистон республикаси


Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodlari



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə4/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

2. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodlari. Har qanday o‘quv fani muayyan metodga, usulga, ya’ni o‘rganilayotgan hodisalarni anglab yetish vositalariga ega bo‘ladi. Bunday metodlar ikki guruhga bo‘linadi:
- birinchisi barcha o‘quv fanlariga xos bo‘lgan metodlar bo‘lib, ularning asosida tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonuniyatlari yotadi;
- ikkinchisi maxsus metodlar bo‘lib, ularga sistemali, tarixiy, qiyosiy, sotsiologik va boshqa metodlar kiradi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodlari - huquqiy madaniyat rivojlanishining qonuniyatlari, hozirgi ahvoli va mohiyati haqida bilim olishga yordam beruvchi usul va vositalar bir- ligidan iborat.
XXI asrda jahonda ro‘y berayotgan barcha jarayonlar “inson o‘lchovlari” orqali baholanadi. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodologik asoslarini huquqiy madaniyat masalasiga, birinchidan, insoniylik nuqtai nazaridan yondashish, insonga “barcha narsalarning o‘lchovi” sifatida qarash; ikkinchidan, shaxsga davlat mashinasining bir vinti sifatida qarashga asoslangan mustabid tushunchadan voz kechib, unga (shaxsga) ijtimoiy sub’ekt sifatida qarash tashkil etadi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari o‘quv fanining metodlari huquqiy madaniyatni o‘rganish usullaridir. Har qanday fandagi kabi, huquqiy madaniyat nazariyasida ham turli yondashuvlar, har xil qarashlar mavjud. Huquqiy madaniyat nazariyasining metodlari huquqiy madaniyatning mohiyati, turli jihatlari va xususiyatlarini, rivojlanish qonuniyatlari va prinsiplarini, uni shakllantirish va yuksaltirishni ta’min etadi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodlari huquqiy madaniyatning ko‘p qirralari va qatlamlarini ochib berishga yordam beradi. Ular huquqiy madaniyat to‘g‘risidagi bilimlarni o‘rganish, to‘plash va umumlashtirish kalitidir.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodlari huquqiy madaniyatni boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzriy aloqadorlikda, harakatda, mikdoriy va sifat o‘zgarishida o‘rganishni taqozo etadi. Huquqiy madaniyat real hodisa sifatida muayyan vaziyatda, muayyan vaqgda, muayyan jamiyat va davlatda mavjud deb o‘rganilishi lozim. Binobarin, huquqiy madaniyatni tushunish uchun u shakllanayotgan sharoitni, mavjud bo‘lgan tarixiy davrning xususiyatlarini bilmoq va e’tiborga olmoq kerak.
Fanning metodlari huquqiy madaniyat shakllanishi va rivojlanishining qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ular huquqiy madaniyatning mohiyati va vazifalariga, funksiyalari va taraqqiyoti tamoyillariga ilmiy yondashish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodlari (usullari) - o‘zaro bog‘liq bo‘lgan muayyan bir tizimni tashkil qiladi. Bu tizimga quyidagi metodlarni kiritish mumkin: mantiqiy metod, qiyosiy metod, tarixiy metod, sotsiologik metod, sistemali metod, kibernetik metod. Albatta, huquqiy madaniyatning o‘rganilayotgan jihatlariga qarab, ilmiy bilishning boshqa usullaridan ham foydalanish mumkin.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə