Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə5/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Mantiqiy metod huquqiy madaniyatni o‘rganishda oqilona, to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi. U ilmiy bilishning mavhum shaklidir. U huquqiy madaniyatni mantiqiy o‘rganishning usul va vositalarini ifodalaydi hamda tafakkur shakllariga, mantiq qonunlariga asoslanadi. Huquqiy madaniyatni o‘rganishda mantiqiy usuldan foydalanish huquqiy madaniyat bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llashda ziddiyatlardan holi bo‘lish imkonini beradi.
Qiyosiy metod turli xil guruhlarning, davlatlarning huquqiy madaniyatidagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarini bilish va shu asosda huquqiy madaniyat taraqqiyoti qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod huquqiy madaniyat haqidagi tushunchalar, hodisalar va jarayonlarni o‘zaro solishtirish va shu asosda ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdan iborat. Turli mamlakatlarning huquqiy madaniyati haqidagi qonun hujjatlari ham taqqoslab o‘rganiladi.
Tarixiy metod huquqiy madaniyat taraqqiyotini muayyan tarixiy izchillikda o‘rganishni taqozo etadi. Ushbu metod ko‘llaniladigan huquqiy madaniyat nazariyasi fanida huquqiy madaniyatning qaror topishi, rivojlanishi tarixiy taraqqiyotning murakkab jarayonlari bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Bunda ko‘pincha kishilik jamiyatining turli davrlarida ro‘y bergan voqealar, hodisalar haqida bilim olish imkonini beradigan tarixiy manbalar, qonunlar, maxsus hujjatlarni tahlil qilish usuli qo‘llaniladi.
Sotsiologik metod huquqiy madaniyat darajasini aniqlashda keng qo‘llanilishi mumkin. Sotsiologik metod so‘roqlar orqali o‘rganishni, anketalar yordamida ma’lumotlar to‘plashni, huquqiy statistika natijalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Bu usul huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan huquqiy ta’lim-tarbiya va tadbirlarning samaradorligini aniqlashda yordam beradi.
Sistemali metod huquqiy madaniyatni har tomonlama o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyatni turli ijtimoiy hodisalar tizimida o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani inson huquqlari masalasiga sistemali yondashishni hisobga olgan holda ilmiy ob’ektivlik, tarixiylik prinsiplari asosiga quriladi. Huquqiy madaniyat barcha ijtimoiy hamda davlat institutlarining bir butunligi sifatida tahlil etiladi. Huquqiy madaniyat huquq, huquqiy ong, yuridik tashkilotlar, huquqiy munosabatlar, huquqiy xulq-atvordan tashkil topgan yaxlit, bir butun holda harakterlanadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə