Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə9/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Milliy madaniy meros. O‘zbeklar boshqa xalqlar singari boy tarixga ega. Milliy ma’naviyatimizning, madaniy merosimizning buyuk xazina ekanligiga shak-shubha yo‘q. Shuning uchun ham faqat ma’naviy tiklanish va chinakam poklanish orqaligina biz o‘z milliy mafkuramizni yaratishimiz mumkin. Boshqa yo‘l yo‘q. Buni qancha tez anglasak, milliy istiqlolning yana bir muhim istehkomini yaraturmizkim, bu yaqinda g‘ishtlari qo‘yila boshlagan mustaqil o‘zbek davlati qal’asi uchun haqiqiy ma’naviy zamin bo‘lib qolajak.
O‘zbek xalqi ham, barcha xalqlar singari asrlar mobaynida saqlanib, sayqallanib kelgan milliy urf-odati, rasm-rusumi, udumi va an’analari, yurish-turishi, g‘ururi, ijtimoiy-iqtisodiy qayoti, dini, ququqiy ongi, umuman aytganda, madaniy-ma’naviy dunyosi aks etadi. O‘zbek xalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni ifodalanishi bilan birga, oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Chunki bolalarimiz ana shu ko‘zga ilinmas his-tuyg‘u va ong, ajdodlar xotirasi va uzviyligi ta’sirida, ona suti, ona allasi bilan ma’naviy ozuqa, tarbiya oladilar. Ushbular til vositasida ongimizga kirib boradi, bularning barchasi millat ma’naviyatining gultoji hisoblanadi.
Sir emaski, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib va ravnaq toptan milliy-madaniy an’analarni va urf-odatlarni qadrlamaslik ma’naviy tubanlik, o‘z tarixiga, ona zaminiga, tuprog‘iga hurmatsizliqdir. Boy, qadimiy va navqiron ma’naviyatimiz durdonalari milliy-ma’naviy inqirozning oldini olishning, milliy-ma’naviy saltanatimizni tiklashning muhim omili va tayanchidir.
Millatimiz ma’naviyat sarchashmalari o‘zbek madaniyatining yangi bosqichdagi uyg‘onishidir.
Ko‘p ming yillik madaniy merosimiz ildizlari unib, nish berib, kurtak ochmoqda. Bu o‘zbek ma’naviyatimizning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, bizning yurtimiz madaniyatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug‘ zotlar, davlat arboblarini yetishtirgan va umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz ulkan hissa qo‘shganlar. Shuning uchun ham o‘zbek madaniy merosi jahon madaniyatining ajralmas tarkibiy qismidir.
Ikkinchidan, mustaqil O‘zbekistonda, qolaversa butun jahon ma’naviyatida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan ulug‘ ajdodlarimizni ko‘klarga ko‘tarish vaqti keldi. To‘maris va Shiroq, Spitamen va Manguberdi, Temur Malik, buyuk bobomiz Amir Temur, Ulugbek, Bobur, Shohjahon va boshqa ulug‘larimizning ruhlarini shod aylamog‘imiz, Go‘ro‘g‘li, Alpomish, Oybarchin, Ravshan, Hasan, Kuntug‘mish dostonlarini baralla kuylamog‘imiz va eshitmoshmiz kerak.
Uchinchidan, O‘zbekiston o‘zining chuqur davlatchilik negizlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos siyosiy-huquqiy, madaniy meros sohibidir. Eramizdan bir necha yuz yillar oldin, bizning hududimizda huquqiy tizimlar va qarashlar taraqqiy etgan Movarounnahrda islom manfaatlariga, islom huquqshunosligi - fiqhga, shariatga va, umuman, jahon huquqiy madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan huquqshunoslar yashaganlar.
To‘rtinchidan, bizning hududimizda to‘qqiz mingdan ziyod tarixiy, madaniy, me’morchilik yodgorliklari - o‘zbek xalqi beqiyos madaniy merosining namunalari saqlanib kelinayapti. Ularni ta’mi-rlash, tiklash, saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning ma’naviy, qolaversa, insoniy vatanparvarlik burchimizdir. Shuning uchun konstitutsiyamizning 49-moddasida: “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy me’rosini avaylab-asrashga majburdirlar”, - deyilgan.
Xullas, milliy mafkuramizning uzviy tarkibiy qismini boy madaniy me’rosimiz tashkil etadi. Ma’naviyatimiz gulshani durdonalaridan bahramand bo‘lib tarbiyalangan sog‘lom avlod ruhan tetik va yengilmas bo‘lib doimo muzaffariyat otida yurgay.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə