Ызбекистон республикаси


Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining ijtimoiy fanlar tizimidagi o‘rni



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə11/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

4. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining ijtimoiy fanlar tizimidagi o‘rni. Huquqiy madaniyat nazariyasi o‘quv fani sifatida turli ijtimoiy va yuridik fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu bog‘liqlik mazkur fanlar o‘rganish ob’ektining umumiyligidan kelib chiqadi. Ular o‘z predmeti doirasida jamiyat va madaniyat, davlat va huquq kabi ijtimoiy hodisalarni o‘rganadilar. Shu bilan birga, ularning har biri muayyan xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan fan sohasiga ega.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani ijtimoiy fanlar bo‘lmish falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan ham bog‘liqdir. Ayni paytda huquqiy madaniyat nazariyasi bu fanlardan farq qiladi.
Iqtisodiy fanlar va huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. Iqtisodiy fanlar bazis hisoblanuvchi hodisalarni o‘rganadi: ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkil etish, xo‘jalik sohalari, mehnat, moliya, kredit va boshqalar. Huquqiy madaniyat nazariyasi o‘quv fani eng muhim ustqurmaviy hodisa - madaniyat va huquqni o‘zining asosiy predmeti hisoblaydi. Iqtisodiy fanlar va huquqiy madaniyatning o‘zaro ta’siri, ularning bir-biriga kirib borishi, huquqiy madaniyatning iqtisodiyotga qanchalik bog‘liq ekan- ligini aniqlashga imkon beradi.
Falsafa va huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. Falsafa tabiat va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Shu bois u jamiyat va madaniyat, davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida ko‘rib chiqadi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani falsafaning xulosalariga tayangan holda, huquqiy madaniyat muammolarini konkretlashtiradi hamda bir qator maxsus nazariy masalalarni o‘rganadi. Bunda falsafa va huquqiy madaniyat nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, aksincha, to‘ldiradi.
Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy prinsiplari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa huquqiy madaniyatning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqdaydi va faqat shuning o‘zi bilan cheklanadi. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani esa huquqiy madaniyatni uning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa huquqiy madaniyatning mohiyatini topish kalitini bersa, huquqiy madaniyat nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, huquqiy madaniyatning umumiy tamoyillarini ifodalash bilan qurollantiradi.
Sotsiologiya va huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. Sotsiologiya jamiyatning yaxlit va uning alohida tuzilish va ijtimoiy guruhlari to‘g‘risidagi, sotsial jarayonlar, alohida shaxslar va guruhlar xulq-atvorining qonuniyatlari haqidagi fandir. Sotsiologiya o‘zining xulosalarida empirik ma’lumotlarga, ijtimoiy tajribalarga asoslanadi. Barcha ijtimoiy hodisalar, shu jumladan, huquqiy madaniyat ham sotsiologik tadqiqotlarning ob’ektiga aylanadi. Sotsiologiya ham, falsafa singari, huquqiy madaniyatni bilishning umumiy vositasi hisoblanadiki, u huquqiy madaniyatni bilish asosida o‘zining predmetini chuqurlashtiradi va yanada oydinlashtirib oladi.
Siyosatshunoslik va huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. Siyosatshunoslik siyosatni, uning shakllarini, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalarni, shu jumladan, partiyalarni, siyosiy va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabatini o‘rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyati munosabatlar tizimi orqali, ya’ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish orqali o‘rganadi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining barcha ijtimoiy fanlar bilan aloqasi ham shu kabi ikki tomonlamadir.
Yuridik fanlar va huquqiy madaniyat nazariyasi o‘ziga xos predmetga ega. Yuridik fanlar, birinchi navbatda, huquqiy madaniyatning yuridik sohalari va ular amaliyotining tahlili, ya’ni huquqiy madaniyatning shakllanishi, mustahkamlanishi, amalga oshirilishi bilan shug‘ullanadi. Unda huquqiy madaniyat haqidagi ta’limot fuqaroning huquqiy maqomi asosida yoritiladi. Fuqaroning ququqiy holati-insonning yuridik jihatdan ifodalanishining asosidir.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani yuridik fanlar bilan yaqin aloqadorlikdadir.
Avvalambor, davlat va huquq nazariyasi umummetodologik nazariy fan sifatida huquqiy madaniyat nazariyasi uchun poydevor hisoblanadi. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari davlat va huquq nazariyasi doirasidagi mustaqil ilmiy yo‘nalishdir.
Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. U o‘z predmeti doirasida huquqiy madaniyat tushunchasi va mohiyati, ahamiyati va vazifalarini talqin qiladi. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari davlat va huquq nazariyasi xulosalariga tayanib, huquqiy madaniyat muammolarini aniqlashtiradi hamda davlat va huquq nazariyasi tomonidan o‘rganilmaydigan maxsus nazariy va amaliy masalalarni qarab chiqadi.
Shunday qilib, huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari yangi fan bo‘lib, u huquqiy madaniyat bo‘yicha muayyan nazariyani ishlab chiqishda ko‘pchilik ijtimoiy va yuridik fanlarning nazariy qoida va xulosalariga tayanadi va udarni rivojlantiradi.



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə