Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə3/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

10

Huquqiy tarbiya amaliyoti.

2

11

O’zbekistonda huquqiy madaniyatning asosiy tamoyillari.

4




Jami

30



1-mavzu: Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining
predmeti va vazifasi
Reja:
1. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining predmeti.
2. Huquqiy madaniyat nazariyasi fanining metodlari.
3. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining
metodologiyasi.
4. Huquqiy madaniyat nazariyasining ijtimoiy fanlar tizimidagi
o‘rni.
Qadim zamonlar (eramizning I asri o‘rtalari)dan bizning davrimizgacha yetib kelgan “Ulug‘vorlik haqida”gi asarda shunday fikr bayon qilingan: “Odatda har bir olim uchun u amal qilishi kerak bo‘lgan ikkita talab qo‘yiladi: birinchidan, tadqiqotning predmetini aniqlash; ikkinchidan, bu mavzuni egallashga yordam beradigan me- todlarni topish va ularni ko‘rsatish. Bunda ikkinchi talab tartib bo‘yicha birinchisidan keyin tursa ham, ammo ahamiyati jihatidan juda muhimdir”. O‘tgan yuz yilliklar bu noma’lum muallif fikrlarining qanchalik dono va haqqoniy ekanligini to‘la tasdikdadi.
Har bir mustaqil o‘quv fani o‘z predmeti va metodiga ega bo‘lishi zarur. O‘quv fanining predmeti u o‘rganadigan masalalarning majmuidir. O‘quv fanining metodi ushbu fan mavzulari o‘rganiladigan usullardir.
Yuqori malakali huquqshunos bo‘lish uchun avvalambor davlat va huquq haqidagi asosiy tushunchalarni, tamoyillarni, ta’limotlarni bilish zarur. Umuman, davlat va huquq haqidagi bilimlar huquqshunoslik fanining turli sohalari yordamida o‘rganiladi. Huquqshunoslik fanlari ichida markaziy o‘rinni davlat va huquq nazariyasi egallaydi. Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlarining metodologik nazariy poydevorini tashkil etadi.
Davlat va huquq nazariyasi tarkibida ham ilm, ham huquqiy ta’lim bo‘yicha turli mustaqil yo‘nalishlar mavjud. Bular jumlasidan davlat va huquq falsafasi, davlat va huquq sotsiologiyasi, qiyosiy huquqshunoslik, huquqiy mafkura asoslari va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. XX asrning so‘nggi choragida yana bir mustaqil yo‘nalish - huquqiy madaniyat nazariyasi shakllandi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani nimani o‘rganadi?
Har qanday nazariya kabi huquqiy madaniyat nazariyasi ham davlat va huquq nazariyasining tarkibiy qismi bo‘lib, amaliyot bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquqiy madaniyat nazariyasi huquqiy amaliyot rivojining yo‘nalishini belgilab beradi. U huquqiy amaliyot xulosalari va tajribalarining sintezidir.
Huquqiy madaniyat nazariyasi huquqiy amaliyot qonuniyatlarini aks ettiruvchi tajribaning mantiqiy umumlashtirilishidir. Huquqiy madaniyat nazariyasi huquqiy amaliyot bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, amaliyotga xizmat qiladi va amaliyotdan kelib chiqadi.
Huquqiy madaniyat nazariyasi ham amaliy hayot bilan, ham huquqiy amaliyot va tajriba bilan mustahkam bog‘langandir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida hayot ilgari surgan ulkan vazifalar negizida huquqiy madaniyat nazariyasi o‘z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, boyitadi va rivojlantiradi. Huquqiy madaniyat har bir jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichidir. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirishda shaxe, davlat va jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish ustun ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy madaniyat nazariyasi huquqiy madaniyatning asosiy tushunchalari va mohiyati, prinsnplari va qonuniyatlari, jamiyatdagi vazifasi va rivojlanishi haqidagi bilimlarning umumlashtirilgan tizimidir.
Har bir jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarga jahon huquqiy taraqqiyoti tamoyillari nuqgai nazaridan qarash zarur. Bu, bir tomondan, O‘zbekistondagi huquqiy islohotlarning yo‘nalishlari va mezonlari, qadriyatlari va maqsadlarini aniq belgilashga yordam bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatimiz taraqqiyotida huquqiy madaniyatimiz qaerdan kelib, qayoqqa ketayapti, uning o‘ziga xos jihatlari, rivojlanishining shakl va ko‘rinishlari, mezonlari bormi yoki dunyodagi mavjud huquqiy taraqqiyot o‘zanidan ketadimi, degan savollarga javob topishga imkon yaratadi. Ana shu muammolar “Huquqiy va huquqiy tarbiya asoslari” o‘quv fanining qisqacha asosini, o‘zagini tashkil qiladi.
Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishdek keng qamrovli ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu ma’noda huquqiy davlatning muhim belgisi - bu yuksak darajadagi huquqiy madaniyatdir. Ijtimoiy-iqgisodiy va demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, zamonaviy bozor munosabatlari mexanizmini yaratish jamiyatimiz oldiga O‘zbekiston huquqiy tizimini hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini jahon andozalariga moslashtirishdek o‘ta dolzarb muammoni hal qilish masalasini qo‘ymoqda.
Huquqiy madaniyat, eng avvalo, jamiyat va shaxs umumiy madaniyatining ko‘rsatkichidir. Jamiyat madaniyatining yuksak darajasi huquqqa nisbatan chuqur ehtirom, hurmat va uni teran bilishni taqozo etadi. O‘z navbatida, huquq normalarining xalablarini bilish va ularga rioya etish fuqarolik jamiyati demokratikligining va madaniyatining shartlaridan biridir.
Avvalgi tuzum uchun jamiyatda yuksak huquqiy madaniyati bo‘lishining keragi yo‘q edi. Albatta, davlat hukumron kommunistik mafkura bilan sug‘orilgan huquq talablarini so‘zsiz bajaruvchi fuqarolarga ega bo‘lishdan manfaatdor edi va u bunga ko‘pincha erishardi ham. Biroq bunday tuzum, huquqni to‘la amalga oshirishga qaratilgan asl huquqiy madaniyatning, hatto u mafkuralashgan holda bo‘lsa ham, hukmron bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmas edi. Tuzum uchun o‘z huquqlari va erkinliklarini uncha tasavvur eta olmaydigan fuqaroga qaraganda huquqiy jihatdan savodli inson xavfliroq edi.
Demokratik huquqiy davlatni jamiyat va shaxsning kjsak ququqiy madaniyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Boz ustiga bunday jamiyat mazkur madaniyatni yuksaltirishdan manfaatdordir. Chunki madaniyat totalitarizm va o‘zboshimchalikka qo‘yilgan to‘siq hamda demokratik prinsiplar va normalarni hayotga joriy etishning asosidir.
Jamiyatimiz huquqiy davlatni barpo etmoqda. Bunday davlatning ko‘plab belgilari ko‘rinib turibdi, boshqalari uchun esa zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Xo‘sh, jamiyat huquqiy madaniyatining ahvoli qanday? U asl huquqiy davlat talablariga javob beradimi? Afsuski, keyingi savolga ijobiy javob bera olmaymiz.
Bu savollarga javob berish ushbu o‘quv fanining predmetini tashkil etadi.
Demak, huquqiy madaniyat deganda jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, xalqning bu huquq tizimidan habardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga bo‘lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo‘lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz.
Ushbu masalalar bo‘yicha jamiyatda tashkil toptan g‘oya va fikrlar, nazariya va mafkura huquqiy madaniyat nazariyasi tushunchasini vujudga keltiradi.
Huquqiy madaniyatni tahlil qilganda, uning ko‘pqatlamli, ko‘rinish va tarkibiy qismlarining ko‘pqirrali ekanligini inobatga olish lozim.
Huquqiy madaniyat nazariyasi o‘quv fani quyidagi xususiyatlariga ega.
Birinchidan, huquqiy madaniyat nazariyasi - ijtimoiy fan. Chunki uning o‘rganadigan sohasi muhim ijtimoiy hodisalar - jamiyat va madaniyat, davlat va huquqdir.
Ikkinchidan, huquqiy madaniyat ijtimoiy hodisa sifatida bevosita davlat va huquq hayoti bilan bog‘langan. Shuning uchun ham u yuridik fanlar turkumiga kiradi. Bundan tashqari, huquqiy madaniyat nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq, bevosita huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyat (psixologiya)ga oid masalalarni o‘rganadi.
Uchinchidan, huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari - nazariy fan, zero u huquqiy madaniyatning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi.
To‘rtinchidan, huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari - falsafiy xususiyatga ega fan. Chunki u huquqiy madaniyatning qonuniyatlarini yoritish bilan birga, falsafaning jamiyat va madaniyat, davlat va huquq haqidagi umumiy qonunlarini ham ochib beradi.
Beshinchidan, huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari - amaliyotga yo‘naltirilgan fan. Chunki u demokratik huquqiy islohotlarni amalga oshirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. U shaxs, jamiyat va davlat huquqiy madaniyatini yuksaltirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Oltinchidan, huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari - o‘quv-tarbiyaviy ahamiyatga molik fan. Chunki u kishilarning ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi tasavvurini, bilimini kengaytiribgina qolmay, balki ularda huquqiy tafakkur va dunyoqarashini tarkib toptirishga, huquqiy madaniyatning mohiyati, rivojlanishi va istiqbolini tushunib olishga yordam beradi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə