Ызбекистон республикаси


a) huquq - huquqiy madaniyat negizi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə16/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

a) huquq - huquqiy madaniyat negizi;

b) huquqiy munosabatlar - amaldagi huquqiy madaniyat;

v) yuridik muassasalar;

g) huquqiy ong;

d) huquqiy xatti-harakat.


Huquqiy madaniyat tuzilishini, uning mohiyatini adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishda tutgan o‘rni va vazifasini aniqlagan holda ko‘rib chiqish kerak. Bunda faqattina uning elementlarini sanab o‘tish va umumiy tavsifi bilan cheklanib qolmasdan, ushbu elementlarning o‘zaro munosabatlarini ularning yaxlitligini, uzviy birligini ko‘rsatgan holda hamda ular orasidan asosiy elementlar va ikkinchi darajali elementlarni ajratib ko‘rsatgan holda anikdash talab qilinadi.
Huquqiy voqelikning turli jihatlari huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari bo‘lib hisoblanadi.
Jamiyatning huquqiy madaniyati quyidagi qismlardan tashkil topadi:
birinchidan, yuridik normalar tizimi bo‘lmish huquq;
ikkinchidan, huquqiy munosabatlar, ya’ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar tizimi;
uchinchidan, huquqni muhofaza qilish va ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat va jamiyat institutlari tizimi bo‘lmish yuridik muassasalar;
to‘rtinchidan, huquqiy ong, ya’ni huquqiy voqelikni ma’naviy jihatdan aks ettiruvchi tizim;
beshinchidan, huquqiy xatti-harakat (ham qonuniy, ham qonunga xilof).
Ko‘rib turganimizdek, huquqiy madaniyat ijtimoiy ong va ijtimoiy amaliyotning ko‘p jihatli holati bo‘lib, jamiyatni tavsiflovchi barcha huquqiy jihatlarning sintezidir.
Jamiyatning huquqiy madaniyatini tashkil etuvchi elementlar bir vaqtning o‘zida boshqa xil tuzilmalarga ham kiradi. Undan tashqari huquqiy madaniyat elementlari bir necha tizimlarning tarkibiy qismlari bo‘lib hisoblanadi.
Huquqiy madaniyatning tuzilishini tahlil etganda asosiy e’tiborni uning tabiatiga qaratish kerak. Agar kishilik faoliyati shakllarining huquqiy madaniyatda tutgan o‘rnini anikdashga harakat qilinsa, avvalambor, ikkita sohani nazarda tutish kerak: birinchidan, bevosita huquqiy sohadagi faoliyat va ikkinchidan, huquqiy harakterda bo‘lmagan, lekin huquq amal qiladigan soha bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat. Birinchisini tushunishda g‘oyatda an’anaviy bo‘lmagan yo‘nalishlar namoyon bo‘lsa-da, alohida qiyinchiliklar uchramaydi. Ikkinchisining mazmunini ishlov berish, ya’ni badiiy shaklda bo‘lgan huquqiy g‘oyalarni, qarashlarni, baholarni, hissiyotlarini va hokazolarni aks ettiradigan qandaydir asarlar tashkil etadi. Bu faoliyat bevosita huquqiy madaniyatga kirmaydi, lekin o‘z g‘oyaviy mazmuni jihatidan unga singib ketadi. Shunday qilib, radio, televidenie, adabiyot, tasviriy san’at, kino, jurnalistika o‘zicha huquqiy madaniyatga kirmaydi, lekin doimiy ravishda uni to‘ldirib boradi.
Huquqiy madaniyatning yuqorida ta’kidlagan elementlari uning mazmuniga to‘la mos kelmaydi. Ammo ular jamiyatning huquqiy madaniyati darajasini ifodalaydi. Uning mazmuni esa faqat hukuqiy ong, huquq, qonuniylik kabilarnigina emas, balki uning rivojlanish darajasini, mikdorini, ya’ni sivilizatsiyaning, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi nimalarni bersa, hammasini qamrab oladi.
Endi huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə