Ызбекистон республикаси


Inson - huquqiy madaniyat markazi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə24/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Inson - huquqiy madaniyat markazi. Zamonaviy yuridik nazariyada shaxs butun huquqiy voqelikning markazita qo‘yilmoqda va ilmiy tadiqotlarning boshlang‘ich nuqtasi, manbai va asosi sifatida maydonga chiqmoqda. O‘zbekistonning Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa uzviy huquqlari oliy qadriyat ekanligi e’tirof etiladi (13-modda). Bu inson huquqiy tizim va madaniyatning asosi va markazi ekanligini; boshqa barcha sub’ektlar - tashkilotlar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, xo‘jalik uyushmalari va shirkatlari, davlat organlari esa ulardan hosil bo‘lgan tuzilmalar, inson ijtimoiy faoliyatining natijasi ekanligining konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishidir.
Konstitutsiya inson huqukdarini birinchi o‘ringa qo‘ydi, binobarin, inson va uning huquqiy madaniyati huquqiy rivojlanishimizning asosiy maqsadi qilib tanlandi. Hozirgi kunda nafaqat huquq va erkinliklarining ro‘yxati miqdor jihatdan kengaymoqda, balki ularning sifat jihatdan o‘zgarishi, huquqiy mexanizmlar, muassasalar, yuridik harakatlar, huquqiy ong va boshqalarning o‘zgarishi kuzatilmoqda.
Davlat, uning organlari va mansabdor shaxslariga inson huquqlari va erkinlarini himoya qilish majburiyati yuklatilmoqda. Inson huquqlari va erkinlari qonunlarning ma’nosini, mazmunini va qo‘llanilishini, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini belgilab bermoqda hamda ular ahamiyati borgan sari ko‘tarilib borayotgan odil sudlov tomonidan ta’minlanmoqda.
Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy holatining zaruriy shart-sharoiti va yaratuvchi asosidir. Shu bilan birga, u shaxsning huquqiy rivojlanish darajasi va xususiyatidir. Ushbu daraja va xususiyat insonning qonuniy faoliyati darajasida o‘z ifodasini topadi. Shu munosabat bilan huquqiy madaniyatli shaxsning modelini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunday model individlar uchun tegishli ijtimoiy-huquqiy maqsadlarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega.
2. Huquqiy madaniyat va taraqqiyot. Jamiyatning huquqiy madaniyatini ta’riflab, mustaqillik davrida ushbu madaniyat jiddiy o‘zgarishlarga uchraganligi, uning darajasi ko‘tarilganligi, mazmuni demokratik qadriyatlar va g‘oyalar bilan boyiganligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Agar qisqacha aytadigan bo‘lsak, huquqqa munosabat o‘zgardi. Biroq yana ko‘p ishlarni qilish kerak bo‘ladi. Fikrimizcha, huquqiy madaniyatning rivojlanishi uning barcha tarkibiy qismlarini kompleks isloh qplish va takomillashtirish asosida kechadi. Huquqiy madaniyatning tarixiy rivojlanishi huquqiy taraqqiyot bo‘lib, uning mezonini shaxsning huquqiy ahvoli, huquqiy erkinlik darajasi tashkil etadi.
Huquqiy madaniyatning taraqqiyoti shaxs huquqlari va erkinlari hajmining kengayishi, ularning himoyalanganlik darajasining ko‘tarilishidir. Huquqiy taraqqiyot markazida shaxs, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari hamda madniyatdagi oliy qadriyat bo‘lgan shaxsning, “barcha narsalarning mezoni bo‘lgan inson”ning maqomini mustahkamlashga qaratilgan barcha huquqiy vositalar, mexanizmlar va institutlar turadi.
Huquqiy tarbiya va yuridik ta’limni huquqiy rivojlanishning, huquqiy madaniyatni ko‘tarishning muhim omillari, huquqiy taraqqiyotni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin bo‘lgan omillar sifatida qarash lozim.
Vazifalar va maqsadlarnr belgilab olmasdan turib jamiyatning huquqiy rivojlanishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Huquqiy davlatni shakllantirish vazifasini yuksak huquqiy madaniyatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, huquq o‘ziga munosib oliy qadriyat o‘rnini olmas ekan, demokratik fuqarolik jamiyatini yaratib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalarining milliy huqukdan ustunligi e’tirof etilmoqda, bu bizning huquqiy madaniyatimizni barcha ilg‘or va taraqqiyparvar o‘zgarishlar uchun ochiq qilmoqda, xalqaro huquqda o‘z ifodasini topgan umuminsoniy qadriyatlar va ideallarni huquqiy madaniyatimiz rivojlanishi uchun mezon va mo‘ljal sifatida tasdiqlamoqda.
Huquqiy madaniyatning taraqqiy etishi jahon huquqiy tarixini xulosalovchi keng yo‘lidir. O‘zbekistonning rivojlanishi insoniyat yo‘lidan, ijtimoiy va huquqiy taraqqiyotdan chetda emas. Bu strategik vazifalarni hal etish, aftidan, uzoq vaqt oladi. Qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning milliy dasturi”da uning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə