Ызбекистон республикаси


Huquqiy madaniyatni shakllantirishda yuridik ta’limning ahamiyati



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə32/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

2. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda yuridik ta’limning ahamiyati. Mamlakatimizda har tomonlama bilimli, yuqori malakali xodim bo‘la oladigan, demokratik huquqiy davlat qurish vazifasini ko‘p jihatdan hal qilib bera oladigan yurist kadrlarga ehtiyoj juda katta. Mustaqil O‘zbekistonning huquqiy tizimi tubdan o‘zgarib, ajralmas huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan inson shaxsi uning markazida bo‘lmoqda. Bugungi kunda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarini bir-biridan ajratish, qonunga qat’iy amal qilinishini ta’minlash borasida aniq hayotiy vazifa qo‘yilmoqda. Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillaiggirish va kengaytirish vazifasi kun tartibida turibdi.
Xo‘sh, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda, uning milliy davlatchiligini rivojlantirish va butun jamiyatni isloh qilishda yuridik ta’lim nimalarga qodir?
Ta’lim - har qanday madaniy jamiyatda bo‘lganidek O‘zbekistonning porloq va buyuk kelajagini ta’minlovchi sarmoya, islohotning qudratli quroli. Davlatimiz uchun ta’lim asosiy ahamiyatga ega.
Barcha taraqqiy etgan mamlakatlar ta’lim sohasiga alohida e’tibor beradilar. Ular bu qadar ravnaq topganligining asosiy siri ham shunda. Masalan, AQSh da XXI asr boshiga mo‘ljallab amerikacha turmush tarzini takomillashtirish vazifasiga mos tushadigan Ta’limni rivojlantirish milliy dasturining ustun yo‘nalishlarini ishlab chiqish nihoyasiga yetkazilmoqda. Bizning mustaqil davlatimiz uchun ham taraqqiyot sari yo‘l ta’lim berish sifatini yuksak darajaga ko‘tarish orqali o‘tadi. Bu sohada umuman bo‘lajak mutaxassislarga, jumladan, yuristlar tayyorlash va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangicha mazmundagi, faol, ijodiy usullari ishga solinmog‘i lozim.
Yaxlit ta’lim tizimida yuridik ta’limning tutgan o‘rni uning vazifalari bilan belgilanadi. Bu vazifalar uchta: 1) mutaxassis yuristlarning maxsus tayyorgarligi; 2) fuqarolarning umuminsoniy (gumanitar) tayyorgarligini, huquqiy bilim berish orqali ularning huquqiy ongi va madaniyatini, qonunga rioya etishini o‘stirish; 3) jamiyatda huquqiy bilimlarni ommalashtirish, targ‘ib qilish.
Huquqiy ma’rifat bo‘lmagan jamiyatda madaniyat ham, ijtimoiy ma’naviyat va siyosiy barqarorlik ham bo‘lmaydi. Hozirgi paytda ko‘pgina mustaqil mamlakatlar huquqiy savodsizlik va yuridik nigilizm azobini tortmoqdalar. Huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyatida ahamiyati jihatdan yuridik ta’lim axloqiy kategoriya darajasigacha ko‘tariladi. Bu masalada yuksak bilim, ma’naviyat, vatanparvarlik va insof-diyonatni o‘zida uyg‘unlashtirgan ziyoli yuristlardan qiyos olish to‘g‘ridir.
Davlatimiz va jamiyatimiz yurist mutaxassislarni tayyorlashga nihoyatda yuksak talablar qo‘ymoqda. Hozirgi o‘tish davrida hal etilishi yuristlarni tayyorlash sifatini yaxshilashga imkon beradigan qanday muammolar mavjud?
Bu, birinchidan, yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish, ya’ni O‘zbekistonning mustaqil maqomiga va jamiyatning o‘zbek milliy davlatchiligini ravnaq topshirish yo‘liga muvofik, keladigan yangi qonunlarni vujudga keltirish.
Ikkinchidan, qonunlarni bilishga, davlat va jamiyatning barcha institutlari, fuqarolar, ajnabiylar va boshqalar tomonidan ularga so‘zsiz rioya qilinishiga asoslangan qonunga itoatkorlik tuyg‘usini tarbiyalash.
Uchinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari, adliya muassasallari, jazoni ijro etish tizimini isloh qilish.
To‘rtinchidan, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish.
Beshinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarga ularning xo‘jalik, iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatida huquqiy xizmat ko‘rsatish.
Oltinchidan, jinoyatchilikka ayniqsa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash.
Yettinchidan, O‘zbekistonning xalqaro manfaatlarini hamda mamlakatimizning xorijdagi fuqarolari huquqlarini himoya qilish.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yuridik ta’lim quyidagicha tuzilishga ega: ikki yuridik oliy o‘quv yurti - Toshkent Davlat yuridik universiteti va Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi; Toshkent, Nukus, Samarqand, Namangan, Termiz davlat universitetlarining yuridik fakultetlari hamda Iqtasodiyot, Texnika, Agrar davlat universitetlarida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetda 5 ta mustaqil huquq asoslari kafedralari ishlab turibdi. Shuningdek, Adliya vazirligining yuridik kolleji hamda Ijtimoiy ta’minot vazirligining yuridik texnikumi faoliyat ko‘rsatmoqda. Afsuski, hozir mamlakatimiz qancha yurist kadrga ehtiyoj sezayotganligini ko‘rsatib beruvchi aniq statistik hisob-kitoblar mavjud emas. Muayyan yuridik ixtasosliklar bo‘yicha davlat buyurtmasi sifatida har tomonlama hisoblab chiqilgan kasb dasturi ham amalda yo‘q.
Bunday vaziyatni o‘zgartarish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- asosiy yuridik ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash davlat standartini ishlab chiqish;
- maxsus va umumiy ta’lim uchun barobar bo‘lgan huquqiy ta’lim andozasi, ya’ni modelini yaratish;
- davlat tilida darsliklar tayyorlash;
- yuridik ta’limning barcha yo‘nalishlaridan bilim berishga qobil bo‘lishlari uchun o‘qituvchilarni qayta tayyorlash;
- davlat hokimiyati va xalq xo‘jaligi idoralarida yuristlar egallashi tavsiya etiladigan lavozimlar ro‘yxatani tuzib chiqish va h.k.
Shunday qilib, Respublikamizda yuridik ta’limning sifat jihatidan yangi andozasi (modeli) vujudga keltirilmog‘i zarur.
Yuridik ta’limning, huquqning turli sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- qonun va xalqaro e’tirof etilgan inson huquq normalari va prinsiplari ustunligidan kelib chiqadigan muntazamlik va ilmiylik;
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga asoslanganlik;
- ta’limning milliy xususiyati, o‘zbek davlatchiligining ilg‘or tarixiy huquqiy an’analariga hamda hozirgi o‘zbek davlatchiligi va huquqini rivojlantirish tajribalariga tayanish;
- jahon yuridik ta’limi, huquqshunosligi ilg‘or tajribasiga yo‘l ochish;
- yuridik ta’lim bilan mutaxassis yurist hukuqiy, axloqiy, fuqarolik, vatanparvarlik tarbiyasining birligi;
- yuridik ta’lim barcha sohalarining yaxlitligi, uzluksizligi va o‘zaro uzviy bog‘liqligi;
- yuridik ta’lim sohasidagi xalqaro standartlarga yaqin bo‘lish.
Ana shu sanab o‘tilgan prinsiplar O‘zbekistonda yuridik ta’limning yuksak sifatli milliy tizimini barpo etishdan iborat bosh vazifani bajarishga imkon beradi. Mazkur vazifaning asosiy tarkibiy qismlari bu huquqning yangicha, novatorlik kategoriyasi bilan fikrlovchi professor-o‘qituvchi kadrlar masalasidir.
Mulkchilik, mehnat va ishbilarmonlik faoliyati, inson hayoti va sha’nini himoya qilish jabhasida huquqiy ma’rifatga alohida e’tibor berilmog‘i lozim. Bolalar, bolali ayollar, nogironlar va qariyalarning huquqlarini yuridik jihatdan himoya qilish zaruriyati tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun yuridik bilimga ega bo‘lgan kadrlar zarur. Boshqacha qilib aytganda, yuridik ta’lim yaxlit bir tizim bo‘lishiga erishmasdan turib mamlakatning huquqiy jihatdan ma’rifatli bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Shu boisdan istiqbolda yuridik ta’lim boshqa ta’lim sohalari singari muammoli-maqsadli mazmunga ega bo‘lishi lozim. Umuman olganda ham, ixtisoslar bo‘yicha ham shunday bo‘lmog‘i kerak. Bu mamlakatimizni huquqiy davlat sifatida rivojlantira borishga qaratilgan zamonaviy konsepsiyaga mos tushadi. Huquqiy muammolar rang-barangligi va qonunga asosan normalashtirish sur’ati ma’lum ma’noda yuridik muassasalar va huquqiy texnologiyalar barqarorligi evaziga mo‘tadillashtirib turiladi. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohadagi yangilanish shitobi yuridik ta’lim mazmuniga ham jadal sur’at bag‘ishlaydi.
Ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan maxsus yuridik ta’lim standarti asosiy huquqiy tazimlarni (rim, ingliz, musulmon, xitoy, hind huquqini) yaxlit bir tazim sifatada o‘zida mujassam etishi mumkin. Shuningdek, o‘zimizdagi zamonaviy konstitutsiyashunoslikka, inson huquqlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari va adliya tazimlari ham unda o‘z ifodasini topmog‘i lozim. Shu bilan birga yuridik maktabni tugatayotgan kishi olgan bilimini amalda qo‘llashga tayyor bo‘lishi zarur. Yuridik ta’lim standartaga, shuningdek tarix, sotsiologiya, psixologiya, politologiya, ijtamoiy pedagogika, etika, statistika va madaniyatshunoslikning huquqiy jihatlari ham kiradi. Yurist hujjat bilan bemalol ishlay oladigan mutaxassis sifatada ona tilini mukammal egallagan bo‘lishi, chet tillar, shu jumladan, rus tilini yaxshi bilishi ham standartning asosiy talablaridan biri bo‘lmog‘i lozim.
Zero, ayni shu fanlar maxsus yuridik ta’limni to‘ldirib, uning insonparvarlik, ma’naviy va fuqarolik imkoniyatlarini boyitadi. Biroq shu gumanitar fanlarning ayni yuridik sohaga mos tushadigan mazmunini ajratib olish bilan bog‘liq metodik muammo kelib chiqadi.
Yuridik ta’lim va tarbiya standartida talabaning jismoniy tarbiyasi katta o‘rin tutadi. Bir qator yuridik ixtisosliklarda u hatto ustun ahamiyatga egadir. Bu masalada Amerika yoki Britaniyadagi oliy yuridik ta’lim muassasalariga xos bo‘lgan salomatlikni qadrlash, jismoniy kamolotga intilish tajribasi xususida mulohaza qilib ko‘rish foydalidir.
Chet ellar tajribasi oliy yuridik ta’lim mazmunini teranlashtira borish uning ikki xil darajasi shakllanishiga olib kelishini ko‘rsatib turibdi. Bu - bakalavrlik va magistrlik darajalaridir.
Huquq bakalavri malakasini olish darajasida ixtisoslashuv bilan birga tabiiy ravishda amaliy soha, yuridik texnologiya va texnika ustun turadi. Albatta, bu malaka nazariy negiz bilan ta’minlanadi, lekin ma’lum doirada chegaralangan bo‘ladi.
Huquq magistri malakasini olish darajasida ixtisoslashuv bilan birga huquqiy jarayonga ilmiy yondashuv o‘zlashtiriladi. Texnologik-texnik yuridik jihatlar bunday yondashuv negizi bo‘lib xizmat qilsa-da, mazkur variantda ular yordamchi vazifani bajaradi.
Bakalavriat yuridik ta’limning institut darajasiga to‘g‘ri kelsa, magistratura universitet yuridik ta’limdir. Ular orasida to‘siq bo‘lmasligi kerak. Bakalavrlik diplomini olgan kishi yuridik amaliyotdan, ishdan ajralmagan holda huquqiy ta’limning yanada yuksakroq darajasiga erishish borasida tahsilini davom ettirishi mumkin. Imtiyozli diplom olgan va tanlov asosida muammoli ilmiy ishini himoya qila bilgan bakalavrlar magistraturaning kunduzgi bo‘limiga o‘qishga qabul qilinsalar, to‘g‘ri bo‘ladi.
Maxsus yuridik ta’lim andozasini belgilash yo‘lidan yana ilgarilab borilsa, bunday ta’lim ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi lozimligi ham ravshan bo‘lib qoladi.
Magistrlik diplomiga ega bo‘lgan yurist aspirantura yoki erkin tadqiqotchilik orqali nomzodlik ishini, so‘ngra esa huquq doktorligi ishini ham amalga oshirishi mumkin.
Xususiy, xo‘jalik, mehnat, xalqaro, agrar, savdo-tijorat huquqlariga e’tiborsizlik bilan qaralgani shunga olib keldiki, hozir O‘zbekistonda yuridik ta’limning ushbu bo‘limlari bo‘yicha huquqshunos olimlar va o‘qituvchilar juda kam. Aftidan tadqiqotchilik sohasidagi ixtisoslashuv va ilmiy yo‘nalishlar ham o‘z yo‘licha, ya’ni stixiyali shakllanayotgan ko‘rinadi.
Bu jabhada G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, Yaponiyada faol qo‘llanib kelayotgan yo‘ldan borish ma’qul bo‘lardi. U yerlarda muammoning batafsil maqsad-mohiyati, ya’ni konsepsiyasiga mablag‘ ajratiladi va shundan keyin muallif yoki jamoa uni ishlashga kirishadi. Shu tarzda o‘qitish dasturini yangilash hamda mukammal o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash mumkin bo‘ladi.
Yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yoqlanadigan ilmiy ish uchun davlat standartini belgilash ayniqsa muhimdir. Fan doktori O‘zbekistonda huquqiy tizimni boyitishga salmoqli hissa qo‘sha oladigan teran tadqiqotchi bo‘lmog‘i kerak. U muayyan bir ilmiy-yuridik yo‘nalishni boshqarib turmog‘i, yosh olimlar va amaliyotchi tadqiqotchilarni tarbiyalashga qodir bo‘lmog‘i lozim. Hozirgi paytda ma’lum ma’noda mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan yuridik mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishning ahamiyati oshib bormoqda. Umumta’lim maktablari tizimi uchun jamiyatshunoslik o‘qituvchilari tayyorlashga katta ehtiyoj mavjud. Bu sohada hozir yurist mutaxassislar yo‘q hisobi. Birinchi yo‘l - oliy gumanitar ma’lumotga ega bo‘lib, shu fandan dars berishda o‘zini sinab ko‘rayotgan o‘qituvchilarni kechki yoki sirtqi bo‘limlarda bir-ikki yil o‘qitish. Ikkinchi yo‘l - maxsus fakultet ochish. Joylardagi universitetlarda ochiladigan bunday yuridik fakultetlar, eng avvalo, pedagogik-yuridik maqomga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston xalqaro va chet el huhuqi bo‘yicha yurist mutaxassislar tayyorlashga ehtiyoj sezmoqda. Boshqa ixtisosliklar bo‘yicha oliy yuridik maktabning ochikdigi asosiy prinsip hisoblapsa, xalqaro va chet el huquqga ixtisoslashayotgan yuristlarni tayyorlash maxsus tahsilni talab qiladi. Buning uchun dunyoning turli mintaqalaridagi yetakchi yuridik oliy o‘quv yurtlari bilan talabalar, o‘qituvchilar, olimlar almashish andozasini ishlab chiqish juda muhimdir.
Bu ishda bir yoqlamalik foyda bermaydi. Gap qanday bo‘lsa ham chet elga borib o‘qishda emas. O‘zbekistonning milliy-davlat ehtiyojlarini hisobga olgan holda juda puxta shartnoma siyosatini yuritish zarur. Rossiyadagi yetakchi yuridik o‘quv yurtlari biz uchun o‘zlashtirilgan, ochilgan yo‘l xizmatini o‘tashi mumkin. Chog‘roq guruhlar uchun huquq va yuridik ta’lim bobida ajoyib tizimga ega bo‘lgan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniyani ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir. Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, G‘arb mamlakatlari universitetlarining eng ilg‘or yuridik fakultetlari bilan talaba va o‘qituvchi ayirboshlash uchun katta imkoniyatlar ochilmoqda. Ushbu mamlakatlardagi ta’sirli doiralarning taxminlariga qaraganda, ularning vakillari O‘zbekistonda yuridik ta’lim olishi mamlakatimiz bilan hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Chunki O‘zbekistonning iqtisodiy huquqini yaxshi biladigan xorijlik mutaxassislar yetishib chiqadi. Bu esa biz uchun ham katta foyda.
Biroq yana o‘sha yuridik ta’lim sohasidagi standartlarimizning qoloqligi muammosi o‘rtaga tushadi: qoloqlik ham mazmunda, ham dars berish uslublarida, ham talabalarning mustaqil ishida ko‘zga tashlanib turibdi.
Ta’lim - islohotlar ravnaq topishining qudratli vositasi. Davlat uchun ta’lim ustun ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra yangi mustaqil mamlakatimiz taraqqiyotida ta’lim alohida o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mutaxassislar tayyorlashning faol ijodiy usullarini ishlab chiqish lozim.
Huquqiy ta’lim maorifning yaxlit tizimida muhim o‘rin tutadi. Mazkur jarayonda u uch vazifani ado etadi. Bular: 1) mutaxassis huquqshunoslarning maxsus tayyorgarligi; 2) fuqarolarning umumiy ijtimoiy tayyorgarligi, huquqiy bilimlar bilan ta’minlanishi, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, shuningdek, qonunga itoatkorlikni oshirish; 3) jamiyatda huquqiy bilimlarni ommalashtirishdan iborat.
Huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyatida huquqiy savodxonlik axloq darajasidagi mavqega ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra yuksak savodxonlik, ma’naviylik, vatanparvarlik, halollik kabi xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berish zarur.
Davlat va jamiyat mutaxassis huquqshunoslarni tayyorlashga yuksak talablar qo‘ymoqda. Hozirgi davrda jamiyat huquqiy vaziyatning murakkab jarayonlari bilan bog‘liq muammolarini uddalash, huquqshunos mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor bermoqda.
Huquqiy ta’limning prinsiplari tom ma’noda turli sohalarda huquqshunos mutaxassislar tayyorlashning asoslarini belgilaydi. Ularga quyidagilar taalluqli:
birinchidan, jahonda e’tirof etilgan inson huquqlari, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligidan kelib chiqib, yuridik ta’limni ma’lum bir maqsadga yo‘naltirish, tartiblashtirish, ilmiylashtirish;
ikkinchidan, yuridik ta’limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga asoslanishi;
uchinchidan, yuridik ta’lim o‘zbek davlatchiligining ilg‘or huquqiy an’analariga tayanishi va hozirgi zamon o‘zbek davlati va huquqi ehtiyojlaridan kelib chiqishi;
to‘rtinchidan, yuridik ta’limning jahondagi ilg‘or tajribalardan foydalana olishi;
beshinchidan, yuridik ta’limning axloq qoidalari, vatanparvarlik hislari bilan mushtarakligi;
oltinchidan, yuridik ta’limning yaxlitligi, uzluksizligi va o‘zaro bog‘likdigi;
yettinchidan, yuridik ta’limni xalqaro andozalarga yaqinlanggirish;
sakkizinchidan, maxsus yuridik ta’limning davlat mohiyatiga egaligi kabilar.
Mazkur prinsiplarga amal qilish O‘zbekistonda yuridik ta’limning yuqori sifatini ta’minlaydi va hozirgi zamon huquqiy ta’limining asosiy vazifalarini belgilaydi. Uning asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
1) ilmiy tushunchalar va vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yangicha fikrlaydigan professor-o‘qituvchilar;
2) huquqshunoslikning yuridik va umumgumanitar mazmun- da amaliy yo‘nalganligi;
3) huquqiy ta’lim, huquqiy fan va uslubiyot markazlari tizimining bosqichma-bosqich shakllantirilishi;
4) o‘quvchi, talabalarning kasbiy tanlovdan o‘tkazilishi va yosh huquqshunoslarning kasbiy yo‘nalishlari;
5) yuridik ta’lim va yuridik amaliyotning doimiy aloqadorligi.
Asosiy prinsiplar va vazifalar uzluksiz yuridik ta’lim va savodxonlikning quyidagi andozasini belgilash imkonini beradi.
Huquqiy savodxonlikni bolalar va o‘smirlarga (4-14) ilk huquqiy saboqlarni berishdan boshlash zarur.
Yoshlar (15 dan 23 yoshgacha)o‘zlarining fuqarolik huquq va burchlarini, qonunga itoatkorlik normalarini, jamiyatdagi huquqiy tartibotni va qonuniylikni ta’minlashda huquqni muhofaza qilish organlarining tutgan o‘rnini, jinoyat uchun jazoning muqarrarligini yetarli darajada o‘zlashtirishlari zarur.
Huquqiy madaniyatni rivojlantirishda qonunga itoatkorlik va aholining o‘z fuqarolik huquqlarini himoya qilishi uchun kifoya qiladigan huquqiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Mazkur sohada fuqarolarning mulkchilik, mehnat va tadbirkorlik faoliyati, hayoti va qadr- qimmatini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun yetarli yuridik ma’lumotga ega xodimlar kerak. Boshqacha aytganda, mamlakatning huquqiy savodxonligi yuridik ta’limning yaxlit tizimisiz joriy etilmaydi.
Yuridik ta’lim aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bu mamlakatimiz konstitutsiyaviy huquqining rivojlanishidagi hozirgi zamon yo‘nalishiga juda mos keladi.
Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalardagi yangilanish yuridik ta’lim mazmunining ham tubdan o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur vazifa - huquqshunos mutaxassislarning, qolaversa, oliy ma’lumotli barcha ziyolilarning tayyorgarligi mazmunini boyitish va yangilashdan iborat.



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə