Ызбекистон республикаси


- Mavzu: Huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə40/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

7- Mavzu: Huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari
Reja:

  1. Huquqiy tarbiya mazmuni

  2. Qonunchilik va huquqiy tartibotni ta’minlashda huquqiy tarbiyaiing roli.

  3. Huquqiy tarbiyaning xususiyatlari va vazifalari.

  4. Yoshlar huquqiy ongini shakllantirishda huhuqiy tarbiyaning roli

1. Huquqiy tarbiya mazmuni. Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko‘rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko‘zlagan holdagi tasvir ko‘rsatilishidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o‘tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo‘lishi kerak bo‘lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so‘z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo‘nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo‘nalishining ajratib qo‘yilmasligi o‘sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
Shubhasiz, huquqiy, siyosiy va ma’naviy ongning o‘zaro bog‘liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni ham nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo‘shib yuborish mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o‘ziga xos yo‘nalishidagi huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog‘liqdir. Huquqiy tarbiya ongning mustaqil shaklini - huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o‘ziga xos shakllari va usullarini izlab topish va qo‘llanish zaruriyatini taqozo etadi.
Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi va tarbiyalanuvchilarda huquqiy ongni shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyotini egallashi lozim.
Ma’lumki, huquqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri. Agar ijtimoiy ong umuman ijtimoiy borliqning aksi bo‘ladigan bo‘lsa, unda huquqiy ong faqat mavjud huquqiy voqea-hodisalarni, shuningdek huquq yordamida tartibga solinishi mumkin bo‘lgan hodisalarni aks ettiradi. Huquqiy ong - bu jamiyatda ommaviylashgan huquqiy, shuningdek kishilarning xulq-atvoriga, ijtimoiy muassasalar qadriyatlariga huquq haqidagi shunday tasavvurlar nuqtai nazaridan munosabatini ifodalaydigan nazariyalar, g‘oyalar, qarashlar va tasavvurlar majmuidir.
Huquqiy ongda quyidagi besh elementni ajratib ko‘rsatish mumkin: huquqni bilish; huquq haqidagi tasavvur; amaldagi huquqqa munosabat; huquqqa qo‘yiladigan talablar; huquqiy ko‘rsatmalarning ijro etilishiga munosabat. Ularning hammasi bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan va o‘zaro aloqadorlikdadir. Shu bilan birga ular o‘ziga xos shakllanish xususiyatiga ega va huquqiy ong “faoliyati”da turli rollarni o‘ynaydigan har xil elementlar bo‘lib, buni, albatga, huquqiy tarbiya jarayonida hisobga olish zarur.
Huquqni bilish huquqiy me’yorlarni bilishni anglatadi. Bunday bilim, yoki tegishli huquqiy qoidalarni bevosita o‘rganish - matnlarni o‘qish, radio orqali tinglash va shu kabilar natijasida, yoki u bilan bevosita tanishish natijasida egallanadi. Masalan, uni kishilarning hikoyalaridan yoki muayyan hayotiy vaziyatlarda huquqiy qoidalarni amaliy o‘zlashtirib olish natijasida egallash mumkin. Ushbu ikkita usul o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi. Huquqshunos bo‘lmagan kishi tomonidan qonun mohiyatining tushuntirib berilishi ko‘pincha faqat qonunning ushbu matnning bayonini uning ma’nosini ommaviy tarzda tushuntirish natijasida erishiladi. Tabiiyki, bunda sharhlovchining kim ekanligi, uning axborotining qanchalik malakali, to‘liq va xolisligi muhim ahamiyat kasb etadi.Bu huquqiy ta’limning muhimligi bilan bog‘likdir.
Huquqni bilish boshqa omillar bilan bir qatorda huquq haqidagi tasavvurning shakllanishiga ko‘maklashadi. Bunday tasavvur umuman va aynan muayyan holda nimaning qonuniyligi va huquqqa zidligi, qilmishning huquqiy oqibatlari qanday bo‘lishi, fuqarolarning huquqlari va burchlari va shu kabilar haqidagi tasavvurdir. Holbuki, kishi qonunning aniq matnini bilmasligi, lekin u haqda o‘zining qandaydir tasavvuriga ega bo‘lishi mumkin. Voyaga yetmaganlarning huquqiy ongini tadqiq etishlar paytida ular qo‘yilgan savollarga javob qaytarishganidan so‘ng, ulardan nima uchun shunday tegishli javob berishganini so‘radik. Ko‘pchilik shunchaki “shunday deb o‘ylashini” aytishdi. Bunday fikr- mulohazalar nimaga asoslanadi, huquqiy tasavvurlar qanday xosil qilinadi? Avvalo - axloq me’yorlari, siyosiy va boshqacha qarashlar ta’siri ostida shunday bo‘ladi, chunki bizning jamiyatimizda siyosiy, axloqiy va huquqiy talablarning birligi mavjud. Agar o‘smirning siyosiy va ma’naviy ongi to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa, unda uning huquqiy tasavvurlari ham amaldagi qonun mazmuniga yaqin bo‘ladi, deb hisoblash uchun hamma asoslar mavjud.
Ana shuning uchun ham tarbiyaga nisbatan kompleks yondashuvni qo‘llash zarurligini nazarda tutish ayniqsa muhimdir. Ayni bir paytda shuni ham unutmaslik kerakki, huquqiy tasavvurlarni faqat axloq me’yorlaridan keltirib chiqarish huquqiy va axloqiy talablarning bir xillashtirib qo‘yilishiga, xatgi- harakatning axloqiy va huquqiy jihatdan baholanishi o‘rtasidagi farqning huquqqa zid va shunchaki axloqqa yot bo‘lgan xulq-atvor o‘rtasidagi tafovutning tushunilmasligiga olib kelishi mumkin. Sud, prokuratura, militsiya xodimlari shunday hollarga duch kelishadiki, masalan, o‘smirlar, ba’zan ularning tarbiyachilari ham bolalar va o‘smirlarning kechqurun soat 21-22 dan so‘ng kattalarsiz ko‘chada bo‘lishining o‘zi huquqqa zidligini tushunmaydilar. Bu nafaqat pedagogik tavsiyalarga, shu bilan birga bolalar va o‘smirlarning jamoat joylaridagi xulq-atvori qoidalariga ham ziddir.
Huquq haqidagi tasavvurning shakllantirilishida, shuningdek birmuncha alohida masalalarning hal etilishida asos bo‘ladigan qonunning ayrim umumiy qoidalari, huquqiy tamoyillarini bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, agar yoshlar mehnat haqidagi qonunlarga ko‘ra voyaga yetmaganlarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risidagi umumiy qoidani bilishsa, unda ular bunday imtiyozlarning ish vaqtining davomiyligi, ta’tillar vaqtlari, o‘smirlardan og‘ir ishlarda foydalanishning taqiqlanishiga tegishli ekanligi haqida to‘g‘ri xulosalar chiqarishadi. Darvoqe, yoshlar bunday jihatlarni tartibga soladigan aniq moddalar mazmunini bilishmasligi ham mumkin.
Huquqni bilish va u haqda tasavvurlar, odatda, kishiga huquqqa zid narsani qonuniy narsadan farqlashida, qandaydir xodisani huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholashida va uning ehtimol bo‘lgan huquqiy oqibatlarini tasavuvur etishida yordam berib, birgaliqsa “faoliyat ko‘rsatadi”. Bunda bilimlar bilan tasavvurlarning o‘zaro bir-birini mustahkamlashi yuz berishi mumkin yoki huquqiy amaliyot huquqiy me’yorlar talablaridan farq qilgani holda o‘smir ongida huquq haqidagi tasavvurlar huquqiy bilimlar bilan raqobatlashuvi va shunda aynan noto‘g‘ri huquqiy tasavvurlarning g‘olib bo‘lishi ham istisno qilinmaydi. Shaxsning hayotiy tajribasi huquq haqidagi tasavvurning muhim manbai hisoblanadi.
Shuni unutmaslik kerakki, voyaga yetmaganlar o‘zlari kuzatib boradigan huquqiy faktlarga nafaqat ularni qo‘llanish amaliyoti nuqgai-nazaridan baho berishadi. Agar bunday amaliyot huquqsa yozib qo‘yilganiga nisbatan farq qiladigan bo‘lsa, unda bu yoshlarda huquqiy ko‘rsatmalarning shunchaki rasmiy narsa ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurni, “ha, qonun - boshqayu, hayot - butunlay boshqa”, degan fikrni hosil qilishi mumkin. Shu jihatdan olganda, maktab o‘quvchilarining jamoat joyida beadab so‘kinish huquqbuzarlikka kiradimi, degan savolga bergan javoblari ibratlidir. Sakkizinchi sinf o‘quvchilarining 14 foizi, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarining 15 foizi va o‘ninchi sinf o‘quvchilarining qariyb 19 foizi bunday qilish huquqbuzarlik hisoblanmaydi, deb javob berishgan. So‘ralgan bolalarning 55 foizi balog‘atga yetish yoshi nechadaligini, 28 foizi fuqaroning necha yoshdan boshlab og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini bilishmaydi, o‘quvchilarning 26 foizi alkogoldan yoki giyohvand moddalardan mast bo‘lish holatini aybni yumshatadigan holat deb hisoblashadi. Bunday qaraganda bu natijalar g‘alati tuyuladi, chunki o‘ninchi sinf o‘quvchilari sakkizinchi sinf o‘quvchilariga nisbatan bunday xatgi-harakatlarning axloqqa ziddigini ancha aniqroq tushunib yetishi lozim. Biroq javob berish sabablariga e’tibor qilaylik: “Biz buning uchun javobgarlikka tortishganini ko‘rmaganmiz”, “Kattalar ham so‘kinishmasin-da”, “Ko‘z oldimizda so‘kinishgan, so‘kinishganda ham u yog‘i - bu yog‘i yo‘q”. Shunday bo‘lib chiqadiki, yoshlarning yoshi va ma’lumoti qanchalik yuqori bo‘lsa, ular o‘zlariga darslar, leksiyalar, suhbatlar orqali ma’lum bo‘lgan qoidalarni hayotdagi mavjud faktlar bilan shunchalik ko‘proq taqqoslab borishar ekan.
Shunday qilib, huquqiy tarbiyani faqat huquqiy ta’lim bilan cheklab qo‘ymaslik kerak, tarbiyaning roli zarur bo‘lganida huquqiy amaliyotni ham o‘zgartira bilish, uni oqilona izohlash, qonun buzishlarning aniqlanishi va bartaraf etilishi uchun barcha mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarni qabul qilishni ham o‘z ichiga olishi zarur. Aks holda hech qanday og‘zaki pand nasihat va suhbatlar yoshlarga ularning ko‘zi oldida jazosizlik holatida sodir etiladigan huquqbuzarliklar yetkazadigan zararni barham toptira olmaydi.
Amaldagi huquqqa munosabatlar va huquqqa qo‘yiladigan talablar hamda huquqiy va axloqiy me’yorlar, siyosiy va boshqacha qarashlar, shuningdek ijtimoiy amaliyotning umumiy ta’siri ostida shakllanadi. Bunda huquqqa munosabat va unga qo‘yiladigan talablar - turli elementlardir. Masalan, turli shaxslar huquqiy me’yorga nisbatan norozi munosabat birdirgani holda ularning huquqiy talablari har xil bo‘lishi: birovlar uning qat’iylashtirilishini, boshqalar esa yumshatilishini talab qilishi mumkin.
Shuningdek, huquqqa munosabatni va huquqiy ko‘rsatmalarning ijro etilishiga munosabatni chegaralash kerak bo‘ladi. Masalan, kishi qaysidir huquqiy me’yorni to‘g‘ri deb hisoblashi, lekin o‘zi uchun foydali bo‘lmaganida muayyan holatlarda uni ijro etmasligi ham mumkin. Boshqa tomondan olganda, aksincha bo‘lishi ham mumkin, kishi muayyan me’yorga rozi emas, lekin to qonun amalda ekan unga bo‘ysunishi kerakligini bilgani uchun unga so‘zsiz rioya etadi. Qonunning ijro etilishiga salbiy munosabat hamisha ham qonunning o‘ziga ana shunday munosabat oqibati bo‘lavermaydi. Mabodo jinoyatlar sodir qiladigan shaxslar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning deyarli hammasi aslida jinoyat haqidagi qonunlar me’yorlarini zarur va to‘g‘ri, deb hisoblashadi. Bu - tushunarlidir. Chunki har bir kishi shaxsiy mol-mulkka ega va uning saqlanishidan manfaatdor, hech kim uning hayotiga, salomatligiga, qadr-qimmatiga jazosizlik bilan tajovuz qilinishini xohlamaydi. Biroq ayni bir paytda ko‘pgina huquqbuzarlar jinoyat haqidagi qonunda yozilgan me’yorlarni o‘zining shaxsiy manfaatlari va foydasi yo‘lida bemalol buzishi mumkin, deb hisoblaydilar.
Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda yoshlarni nafaqat huquq bilan tanishtirish va unga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish muhim, shu bilan birga ularda huquqiy ko‘rsatmalarga so‘zsiz amal qilish zarurligiga ishonchni tarbiyalash, tarbiyalanuvchilar ongiga demokratik qonunchilik prinsiplariga nisbatan chuqur hurmatni singdira borish lozim.
Huquqiy ongning yuqorida sanab o‘tilgan barcha elementlarini e’tiqodlar ana shu e’tiqodlarga muvofiq amal qilishga tayyorlik darajasida shakllantirish zarur. Bunga ta’lim, shu jumladan, tegishli huquqiy bilimlar va tasavvurlar emotsional jihatdan mustahkamlanadigan, amaliy tajribada ishlatiladigan qo‘llanma tusini oladigan huquqiy ta’lim jarayonida erishish mumkin.
Ma’naviyatning anglanishi ma’naviy tarbiya jarayonida singdirib boriladi. Bunda ushbu tarbiyaviy yo‘nalish nafaqat tegishli axloqiy qarashlar singdiriladigan jarayon tarzida, shu bilan birga kishi bunday tegishli qarashlarni shaxsan chuqur o‘zlashtirib oladigan tarzda kechadi. Bunda inson bunday qarashlarga ixtiyoriy ravishda rioya etadi va uning qonuniy, ma’naviy xulq atvori ustidan nazorat qanday yo‘lga qo‘yilganligiga aslo bog‘liq bo‘lmaydi. Tabiiyki, bu tarzdagi vazifa tarbiyaviy ilmning hamma yo‘nalishlari, shu jumladan, huquqiy tarbiya uchun ham universal ahamiyat kasb etadi, u qo‘yiladigan talablarning yanada yuksak darajasini anglatadi va bunday bo‘lishi bejiz emas. Shuni e’tirof etish kerakki, keyingi yillarda jiddiy yutuqlarga erishildi, biroq asosan huquqiy ta’lim va huquqiy targ‘ibot sohasida shunday bo‘ladi. Huquqiy tarbiya esa bir vaqtning o‘zida ta’limni, o‘qitishni, xulq-atvor, ijtimoiy-huquqiy faollik e’tiqodlari, odatlari va malakalarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy tarbiyani huquqiy ta’limdan yoki faqat huquqshunoslikni o‘qitishdangina iborat deb bilmaslik kerak.
Shuni unutmaslik kerakki, huquqiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning hamma jihatlarini qamrab olishi, maktablarda birinchi sinfdan boshlaboq amalga oshirila boshlashi, o‘quv yurtlarida huquq bilan bir qatorda boshqa fanlarni (o‘qish, adabiyot, tarix, jug‘rofiya va shu kabilarni) o‘qitish jarayonida, sinfdan tashqari ishlarda leksiyalar, huquqshunoslar bilan uchrashuvlar, og‘zaki jurnallar, yosh huquqshunoslar klublari, maktablari va boshqalarni tashkil etish yo‘li bilan o‘tkazilishi lozim.
Bunda yoshlarning o‘zining huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi yuridik faoliyatining rolini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda, yoshlarning jamoatchilik tartibini saqlashda, demokratik davlatda qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash ishida bevosita va amaliy ishtirok etishlari g‘oyat muhimdir. Tajribada huquqiy qoidalarni qo‘llanish borasidagi amaliy malaka va qobiliyatlarning shakllantirilishi huquqiy tarbiyaning muhim jihati hisoblanadi.
Shunday qilib, ma’naviy ong, estetik qarashlar singari huquqiy ong ham shaxsning turmushi, amaliyoti jarayonida shakllanadi.
Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi sifatidagi huquqiy qarashlari va dasturlari asoslariga negiz yaratish ayniqsa muhimdir. Yosh inson kelgusida unga qaratilgan huquqiy va boshqa ijtimoiy axborotlarni ana shunday dasturlar nuqgai nazaridan kelib chiqib qabul qiladigan va tafakkuridan o‘tkazadigan, o‘zining va boshqalarning harakatlariga baho beradigan, faoliyatini rejalashtiradigan va oldiga aniq maqsadlarni qo‘yish bilan bir vaqtda ularga erishish vositalarini ham belgilaydigan bo‘ladi. Agar huquqiy tarbiya kechiktiriladigan bo‘lsa, unda nafaqat tegishli e’tiqodlar, dasturlarni shakllantirishga, shu bilan birga o‘z-o‘zidan qaror topib ulgurgan salbiy tusdagi e’tiqodlarni barham toptirishga ham to‘g‘ri keladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, odamlar yangi axborotni ongidan o‘rin olib ulgurgan dasturlar, e’tiqodlar nuqgai-nazaridan kelib chiqib qabul qilishadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə