Ызбекистон республикаси


Milliy madaniyat va ma’naviy meros



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə36/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

4. Milliy madaniyat va ma’naviy meros. O‘zbek milliy merosi ko‘hna, boy va ko‘pqirralidir. Uning tarkibi to‘rt qismdan iborat:
birinchidan, milliy davlatchilik va siyosiy xuquqiy meros;
ikkinchidan, madaniy, ilmiy va adabiy meros;
uchinchidan, islomiy meros;
to‘rtinchidan, umuminsoniy qadriyatlar1.
Milliy ma’naviyatimizning, madaniy merosimizning buyuk kuch ekanligiga shak-shubha yo‘q. Shuning uchun ham faqat ma’naviy tiklanish va chinakam poklanish orqaligina biz o‘z milliy mafkuramizni yaratishimiz mumkin.
O‘zbek xalqi ham, barcha xalkdar singari asrlar mobayni- da saqlanib-sayqallanib kelgan milliy urf-odati, rasm- rusumi, udumi va an’analariga ega. Bularda o‘zbek xalqning milliy xususiyatlari, yurish-turishi, gururi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, dini, huquqiy ongi va, umuman, ma’naviy- madaniy dunyosi aks etadi. O‘zbek xalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni ifodalanishi bilan birga, bu ma’naviyat oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Chunki bolalarimiz ana shu ko‘zga ilinmas milliy his-tuyg‘u va ong, ajdodlar xotirasi va uzviyligi ta’sirida, ona suti, ona allasi bilan ma’naviy ozuqa, tarbiya oladilar. Ushbu tuyg‘ular til vositasi ila ongimizga kira boradi. Bularning barchasi millat ma’naviyatining gultoji hisoblanadi.
Sir emas, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib va ravnaq topgan milliy-madaniy an’analarni va urf-odatlarni qadrlamaslik ma’naviy tubanlik, o‘z tarixiga, ona zaminiga, tuprog‘iga hurmatsizlikdir. Boy, qadimiy va navqiron ma’naviyatimiz durdonalari milliy ma’naviy inqirozning oldini olishda, milliy ma’naviyat saltanatimizni tiklashda muhim omil va tayanchdir.
Millatimiz ma’naviyat salatanatining devorlari o‘zbek madaniyatining yangi bosqichdagi Uyg‘onishi, Renessansi desa bo‘ladi.
Ko‘p ming yillik madaniy merosimiz ildizlari unib, nish berib, kurtak otmoqda. Bu o‘zbek milliy ma’naviyatimizning xususiyatlari nimalardan iborat?
Birinchidan, bizning yurt barmoq bilan sanarli, besh-o‘nta emas, balki madaniyatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul allomalarni, ulug‘ zotlar, davlat arboblarini yetishtirib bergan. Buyuk ajdodlarimiz bashariyat madaniyatini yaratishda bevosita ishtirok etganlar, bu ishga ulkan hissa qo‘shganlar. Shuning uchun ham o‘zbek milliy madaniy merosi jahon madaniyatining ajralmas tarkibiy qismidir.
Ikkinchidan, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahon ma’naviyati saltanatida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan ulug‘larimizni qancha e’zozlasak kam. To‘maris va Shiroq, Spitamen va Manguberdi, Temur Malik, buyuk bobomiz Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, Shoh Jahon va boshqa ulug‘larimiz ruhini hamisha shod aylamog‘imiz, Go‘ro‘g‘li, Alpomish, Oybarchin, Ravshan, Hasan, Kuntug‘mish dostonlarini baralla kuylamog‘imiz va zavqlanib eshitmog‘imiz kerak.
Uchinchidan, O‘zbekiston o‘zining chuqur davlatchilik negizlariga ega o‘ziga xos siyosiy, huquqiy, madaniy meros sohibidir. Eramizdan bir necha yuz yillar oldin, bizning hududimizda davlat-huquqiy institutlar va qarashlar taraqqiy etgan. Movarounnahrda Islom ma’rifatiga, huquqshunosligi - fiqh, shariatga va umuman, jahon huquqiy madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan faqihlar - huquqshunoslar yashaganlar.
To‘rtinchidan, o‘zbek milliy mafkurasining uzviy tarkibiy qismini boy madaniy merosimiz tashkil etadi, bizning xududimizdagi 9 mingdan ziyod tarixiy, madaniy, me’morchilik yodgorliklari o‘zbek xalqi beqiyos madaniy merosining tirik guvohlaridir. Ularni ta’mirlash, tiklash, sakdab qolish va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning ma’naviy, qolaversa, insoniy vatanparvarlik burchimizdir. Shuning uchun Konstitutsiyamizning 49-moddasida: “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar”‘, deyilgan.
O‘zbek xalqning boy madaniy merosi Istiqlolimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga xalqimiz orasidan yetishib chiqqan allomalarimiz asos solganlar, jahon ilm-fani va madaniyati deyarli barcha sohalarining shaklanishi va rivojlanishiga ulkan hissa ko‘shganlar. Ular yaratgan ilmiy asarlar asrlar osha insoniyat ma’naviyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.
Bizning ona zaminimiz jahonga buyuk mutafakkirlarni va qomusiy allomalarni yetishtirgan. Ular shu jihatlari bilan alohida ajralib turadilarki, xoh tibbiyotchi va dorishunos, xoh riyozatchi va falakshunos, xoh tarixchi va faqih, xoh tilshunos va munaqqid, xoh adib va shoir, hoh tasavvuf ilmining mashhur namoyondasiyu davlat arbobi bo‘lmasinlar, bir vaqtning o‘zida fanning turli sohalarini mukammal bilganlar, yetuk ilmiy asarlar yaratganlar.
Fikrimizning dalili sifatida ulug‘ bobokalonlarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Alk ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud ibn ul-Xusayn ibn Muhammad al-Qoshg‘ariy, Abul-Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Sharafitdin Ali Yazdiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabilarning nomlarini tilga olish kifoya.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə