Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə39/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Vatanparvarlik. Milliy mafkura yetuk milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘hna va navqiron o‘zbek davlati azaldan Buyuk ipak yo‘li, ya’ni savdo-sotiq, madaniyat, turli dinlar kesishgan zaminda joylashgan. Shuning uchun mashhur karvonsaroylarda doimo turli millat vakillarining turli tillardagi suhbatini eshitish mumkin bo‘lgan. Bizning o‘lkada aqoli tarixan turli dinlarga e’tiqod qilgan. Ammo ularning o‘zaro tinch-totuv, osoyishta turmush kechirishining eng muhim omili shu yashayotgan ona zaminga hurmat, sadoqat, muhabbat bo‘lgan. Vatanparvarlik tuyg‘usi barcha-barchani jipslashtirgan.
Biz chindan ham buyuk Vatanimiz bilan faxrlansak arziydi. Buning negizida insonparvarlik, farovonlik, Vatanga muhabbat, barcha kishilarning erkinligi va tengligi, ijtimoiy adolat kabi umumbashariy tushunchalar yotmog‘i kerak.
Tavvallud topgan yerga hurmat tariqasida, ulug‘ ajdodlarimiz o‘z nomi oxiriga tugilib o‘sgan shahar, joy nomini qo‘shib aytganlar. Masalan, Xorazmiy, Buxoriy, Termiziy, Farg‘oniy, Marg‘iloniy, Forobiy, Yassaviy, Qashqariy, Yugnakiy, Beruniy va boshqalar. Bu kindik qoni to‘kilgan yerga - ona Vatanga bo‘lgan amaliy sadoqat timsolidir. Ular shu yo‘l bilan o‘z Vatanini, yurtini, madaniyatini, fanini, san’atini butun jahonga targ‘ib qilganlar. Bu noyob vatanparvarlik namunasidan kelib chiqib, har birimiz tugilgan joyimizning, O‘zbekistonimizning buyuk kelajagini amalda yaqinlashtirish uchun baholi qudrat mehnat qilmog‘imiz kerak.
Har bir insonning ona Vatani uning tug‘ilib o‘sgan xonadonidan, yashash makoni - qishlog‘i, shahri, o‘lkasi, yurtidan boshlanadi. Har bir insonning o‘z ona yurti, vatani bor. U ana shu yurt va Vatanning chinakam fuqarosi hisoblanadi. Har bir insonning ijtimoiy borligi Vatanga bo‘lgan munosabatida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Vatan - borlig‘imizning, umrimizning, insoniyligimizning mazmuni hamda yashash maqsadimiz g‘oyasidir. Har bir inson, yosh avlod esa hech bo‘lmaganda yetti avloding tarixini, ona yurt diyorini yaxshi bilib olmog‘i va uning ravnaqi yo‘lida sidqidildan, umrbod sodiq bo‘lib, halol xizmat qilmog‘i shart. O‘zining haqiqiy tarixiga, ma’naviy hislatlariga to‘la ega bo‘lgan Vatan o‘g‘lonigina el oldidagi muhim insoniy burchini bir umrga ado eta oladi.
Milliy mafkura mustaqil o‘zbek davlatining barcha fuqarolarini ulug‘ maqsadlar yo‘lida qalban birlashtirishga xizmat qilmog‘i kerak. Milliy mafkura har bir shaxsda jamiyatga nisbatan loqaydlikni yo‘qotadigan mafkura bo‘lishi lozim. Bunday mafkura ongiga singgan fuqaro O‘zbekiston deb atalmish yurt uchun kerak bo‘lsa jonini ham fido qilib, Vatan tuyg‘usini yuksaklika ko‘tarmog‘i darkor. Zotan ulug‘ bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur Vatandan yiroqda turib, hijron-la shunday yozgan edi:
Samarqandu Xirotda
O‘tmagan umr ayshu ishratla,
Afsus Agrada vayrona
bo‘ldi jabru sitamla.
Yoxud Mir Alisher Navoiyning quyidagi so‘zlarini eslash kifoya: “Musofir bo‘l, ammo Vatan ichra bo‘l, tila xilvatu anjuman ichra bo‘l!”
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning bir olam mazmun-mohiyatga ega “Hubbul Vatan minal iymon” (“Vatanni sevmoq iymondandir”) degan muborak hadislari mustaqil O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi uchun qat’iy qoida bo‘lib qolishi kerak.



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə