Ызбекистон республикаси


Qonunchilik va huquqiy tartibotni ta’minlashda huquqiy tarbiyaiing roli



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə41/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

2. Qonunchilik va huquqiy tartibotni ta’minlashda huquqiy tarbiyaiing roli. Xalqning xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydigan, ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyalariga muvofiq bo‘lgan yaxshi qonunlarga ega bo‘lishgina emas, shu bilan birga ularga so‘zsiz rioya etilishiga ham erishish nihoyatda muhimdir. Qonunlarning ijro etilishi quyidagicha butun bir tizimli kafolatlar: iqtisodiy, siyosiy, yuridik va mafkuraviy kafolatlar mavjud bo‘lganidagina real bo‘ladi. Mafkuraviy kafolatlar: fuqarolarning milliy ma’naviyatning qayta taklanishi negizida tarbiyalanishi, ularning ma’rifiy, madaniy, onglilik darajasini o‘starishdan iborat. Ular qonunlari butun xalqning xohish-irodasini ifodalaydigan va ayrim fuqarolar manfaatlariga antagonistak tusda qarshi turadigan qoidalardan xoli bo‘lgan demokratik davlatni barpo qilish sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Rivojlanib borayotgan demokratik jamiyatning qonunlari xarakterining o‘ziyoq ularga ixtiyoriy tarzda va so‘zsiz rioya etilishi va ijro qilinishini taqozo etadi.
Agar qonunlarning ijro qilinishini ta’minlashning ishontirish va majburlash kabi usullarining nisbati haqida gapiradigan bo‘lsak, unda shuni e’tirof etish kerakki, erkin demokratik jamiyatda huquqiy tarbiya jarayonida shakllantiriladigan, muayyan holatlarda ma’naviy ong nuqsonlarining namoyon bo‘lishini bartaraf etishga yoki ma’naviy tasavvurga o‘zgartirishlar kiritishga qodir bo‘lgan e’tiqod hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Yuqorida qayd qilinganidek, fuqarolarning qonunlarning ijtamoiy mohiyatini, zarurligini va dalolatliligani anglab yetishlari mustaqil, demokratik, insonparvar davlatni barpo etash sharoitida qonunchilikning ta’minlanishida birinchi darajali ahamiyatga ega, lekin ularning huquqiy ko‘rsatmalarini ijro qilmaganlik uchun javobgar bo‘lishi haqida xabardor qilinishi, qonunni buzuvchi muqarrar ravishda davlatning majburlash usuliga duch kelishini anglab yetashi ham muayyan alohida ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarning axloqiy va unga muvofiq bo‘lgan huquqiy talablari shaxsiy xulq-atvor me’yorlari darajasiga yetmagan, unda har doim ma’naviy jihatdan to‘g‘ri va qonunga itoatkorlik bilan ish tutash bo‘yicha ichki ehtiyoj hosil bo‘lmagan hollarda bu ayniqsa muhimdir. Huquq, boshqa ijtimoiy me’yorlardan farqli ravishda, uni buzishlardan davlatning majburlash tusidagi chora-tadbirlari vositasida himoya qiladigan va hatto, o‘smir o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida qonunni qurbon qilishga tayyor turgan hollarida ham uning xulq-atvoriga g‘oyat samarali ta’sir ko‘rsatashga qodir bo‘ladi. Biroq huquqbuzarlikning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglab yetish yoshlarni huquqbuzarlikni sodir qilishdan o‘zini tutishga majbur etashi mumkin.
Ba’zan shunday savol beriladi: yoshlar sodir etadigan huquqbuzarliklarning ko‘pchiligi ularning qonunlarni bilmasligi oqibatida yuz beradimi? Bu savolga javob berish ancha murakkab. Agar faqat o‘smirlar jinoyatlarni sodir etishda aslida buning bilan jamiyat va davlat qoralaydigan qilmishlarga yo‘l qo‘yganligini bilmagan, ya’ni o‘z xatti-harakatlarining salbiy baholanishi mumkinligi yuzasidan adashgan hollar nazarda tutaladigan bo‘lsa, unda ular kamdan-kam uchraydi. Ko‘pincha boshqa holatlar yuz beradi: o‘smirlar bunday qilmishning qoralanishini bilishadi, lekin bunday qoralanishning qay darajada bo‘lishini tasavvur etishmaydi. Qator hollarda voyaga yetmagan huquqbuzarlar jinoyat haqidagi qonunlar ustidan hatlab o‘tar ekan, bunda noaxloqiy harakat bilan huquqqa zid qilmish o‘rtasidagi, jinoyat bilan boshqa huquqbuzarliklar o‘rtasidagi chegara qaerda bo‘lishini anglab yetishmaydi. Holbuki, yo‘l qo‘yilgan qilmishning xarakteri haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish kutil adigan javobgarlik darajasini to‘g‘ri belgilash imkoniyatini beradi.
Shu jihatdan olganda, o‘rtoqlariga qo‘shilib, sabzavot bazasidan bir necha quti olma o‘g‘irlashda ayblangan yoshlar bilan sudya o‘rtasidagi suhbat ibratlidir. O‘smirlar olmalarning bir qismini shunchaki tarqatib chiqishgan, qolganlarini esa past bahoda sotib yuborishgan va tushgan pullarni taksida sayr qilishga ishlatishgan.
- Sizlar nima uchun o‘g‘rilik qildingizlar?
- Hammaga qo‘shilib men ham bordim.
- Siz jinoyat qilayotganingizni bilarmidingiz?
- Shuyam jinoyat bo‘ptimi? Bor-yo‘g‘i sho‘hlik-ku.
Ko‘rinib turganidek, o‘smirlar bunday “sho‘xlik” uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 114-moddasi 2-qismiga ko‘ra javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda (bir guruh shaxslar tomonidan) sodir qilingan davlat mulkini o‘g‘irlash sifatida belgilanib, buning uchun olti yilgacha bo‘lgan muddatga ozodliqdan mahrum etish shaklidagi jazoga tortish nazarda tutilganini bilishmagan. Ularning ayrimlari bu atigi sho‘xlik-ku, demak buning uchun koyib, urishyb qo‘ya qolishadi, deb: boshqalari esa, buni nari borsa mayda bezorilik deyishar, deb o‘ylashgan. Mayda bezorilik, ma’lumki, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmaydi. “Juda bo‘lmaganida 15 sutka o‘tirib chiqamiz-da”, - ular shunday deb qo‘ya qolishgan.
Bunday harakatlarning sodir qilinganligi uchun jinoyat haqidagi qonunlarda jazo nazarda tutilgan. Bir o‘smir: “Men hech narsa qilganim yo‘q, bor-yo‘g‘i o‘rtog‘imdan pul so‘ragandim”, - deb o‘zini okdamoqchi bo‘lgan edi. U “bor-yo‘g‘i so‘rash”ning bunday holda tovlamachilik deb atalishini bilmagan. Shunday bo‘lgach, ularning har biriga alohida tarzda qilmishlarining qonun doirasida qanday tusga ega bo‘lishini tushuntirib o‘tirishga to‘g‘ri keladi.
Hammaga ham bolaligidan boshlab o‘zganing narsasini olish, janjallashish, jamoat tartibini buzish mumkin emas, deb o‘rgatiladi, lekin, afsuski, voyaga yetmaganlar hamisha ham bunday umumiy qoidalarni muayyan vaziyatlarda qo‘llashni eplay olishmaydi. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina huquqbuzarlar uchun nafaqat harakatlar xarakteri, shu bilan birga, avvalo, ularning sabablari ahamiyatga ega bo‘ladi. Huquqbuzarlarning juda ko‘pchiligining fikricha, uchiga chiqqan dilozorni kaltaklash - bu jinoyat emas, qarindosh-urug‘ining pullarini o‘g‘irlab qo‘yish ham jinoyatga kirmaydi, ularning o‘ylashicha, qiziqqanligi, kolleksiya qilmoqchiligi maqsadida turli radiodetallari, nodir markalar va boshqa buyumlar va shu kabilarni o‘g‘irlab olish hollari ham huquqqa zid hollarga tegishli bo‘lmaydi. Bunday huquqbuzarlar odatda quyidagicha fikr yuritishadi: “Men radiopriemnik yig‘ayapman, bu yaxshi ish. Do‘konlarda menga kerakli radiodetallar yo‘q bo‘lsa, bu mening aybim emas-ku. Davlat bunday detallarni ko‘proq chiqarishi kerak. Agar men zavodda o‘zimda yetishmayotgan bir necha detallarni olgan bo‘lsam, buni qilishga majburligimdan shunday qildim”. Bunday sxemaning xatoligi, yaqqol boqimandalikni payqab olish qiyin emas: menga taxt qilib berishlari shart edi, shunday qilishmadimi - unda “davlat o‘zidan ko‘rsin”. Bunday nuqgai nazar qonundan ancha yiroq, huquqbuzarlik sodir qiluvchi ko‘pgina voyaga yetmaganlar ayni shu narsani tushunib yetishmaydi.
Ko‘pincha o‘smirlarning jinoyatlari nafaqat muayyan huquqiy ko‘rsatmalar - xulq-atvor qosdalarini, shu bilan birga huquqiy javobgarlik tamoyillari, uning xarakteri va miqsorlarini bilmaslik bilan ham bog‘likdir. Masalan, ko‘pgina voyaga yetmaganlar o‘rtasida shunday bir qarash ko‘p tarqalganki, unga ko‘ra bunday bolalarning jinoyatlari uchun ularning o‘zlari emas, balki, avvalo, ota-onalari, pedagoglar va boshqa katga yoshdagi kishilar javob berishadi. 2000 o‘quvchiga, ularning fikricha, voyaga yetmagan bolaning bezorilik harakatlari uchun kim javob berishi kerak, degan savol berildi. Ularning 50 foizi respublikada qonun qabul qilish huquqiga ega organ haqidagi savolga to‘g‘ri javob bera olishmadi. Har o‘n boladan biri O‘zbekiston Respublikasining BMTga kiradigan mustaqil davlat sifatidagi huquqiy maqomini bilishmaydi. So‘ralganlarning 29 foizi Toshkent shahrida ijrochi- farmoyish beruvchi hokimiyatni noto‘g‘ri belgilashgan. Ularning 15 foizi qanday organning hukmlar chiqarish huquqiga ega ekanligi haqidagi savolga javob bera olishmadi. So‘ralgan bolalarning 17 foizi esa “Voyaga yetmagan bolaning o‘zi”, deb javob qilishdi. Aslida esa 14-17 yoshdagi o‘smirlar to‘g‘risida ran borayotgan edi. Ular katgalarning tarbiyalanuvchi sodir qilgan jinoyat uchun emas, balki uning xulq-atvorini lozim darajada nazorat qilishmagani, mabodo tarbiyalash jarayonida qandaydir xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, unda ana shu xatolar bo‘yicha shaxsiy aybi uchun javob berishlarini tushunishmagan. Jinoyat uchun o‘smirning o‘zi javob beradi. Ayni shusday savolga voyaga yetmagan huquqbuzarlar boshqacha tarzda javob berishgan. Ularning 60 foizi kimki bezorilik harakatlarini sodir etgan bo‘lsa, shu shaxsning o‘zi javobgarlikka tortiladi, deb javob qilishgan.
Shunisi muhimki, huquq va huquqiy javobgarlik haqidagi to‘g‘ri tasavvur o‘z vaqtida, jinoyat sodir qilinganidan keyin emas, balki u sodir qilinmasidan avval hosil qilinishi kerak va o‘smir uchun uning jinoyati sababli jinoiy javobgarlikka tortish jarayonida duch keladigan advokatlar, tergovchi, prokuror, sud huquqiy axborotni olish manbai bo‘lib qolmasligi lozim. Voyaga yetmagan huquqbuzarlarning huquqiy axborotni olish manbai sifatida “o‘z gardanimda sinab ko‘rganman”, deb ko‘kragiga mushtlaydigan shaxslarni ko‘rsatishi darajasiga yetib borish esa mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holdir. Bu, tabiiyki, ular o‘rtasida olib boriladigan huquqiy-tarbiyaviy igshlardagi nuqson, albatta.
Shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari, ma’naviy qarashlari va qadriyatlarga oid yo‘naltirilganligi buzilgan hollarda huquqiy bilimlar va tasavvurlardagi nuqsonlar, ayniqsa, sezilarli aks etadi. Turli sabablarga ko‘ra ma’naviy ong “faoliyat ko‘rsatmaydigan” joyda huquqiy ong qonunga itoatkor xulq- atvorning yagona tartibga solib turuvchisi bo‘ladi; u yosh inson ko‘nglida paydo bo‘ladigan qonuniy va- huquqqa zid xohish-istaklarni chegaralab turadi, tegishli xohish-istakni amalga oshirish natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risida tasavvurlarning to‘g‘ri shakllanishiga ko‘maklashadi. Ma’naviy ong xulq-atvorning sabablarni izlash jarayoniga keraklicha ta’sir ko‘rsatadigan joyda huquqiy ong bunday ta’sirni yanada kuchaytiradi.
Huquq yoshlar uchun ularning har biriga bevosita taalluqli bo‘lgan reallikka aylanishi va ularni o‘zlarining xatti- harakatlarini, xohish-istaklarini, rejalarini nafaqat jamiyatimizning siyosiy va axloqiy me’yorlari, qarindoshlar va yaqinlarining talablariga, shu bilan birga davlatning ko‘rsatmalariga ham qarab o‘lchashga o‘rgatish zarur.
Demokratik ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish sohasi kengayib, ijtimoiy boshqaruvda huquqiy asoslar chuqurlashib, huquqning nufuzi ortib borayotgan hozirgi vaqtda bu alohida ahamiyat kasb etmoqda. Huquq inson turmushining hamma jihatlariga tegishli bo‘lib, uni butun hayoti davomida va bu qanchalik mantaqqa zid kelmasin, undan keyin ham u bilan hamisha yonma-yon yuradi. Hali go‘dak dunyoga kelmasidan oldin huquq bo‘lg‘usi onaning salomatligi haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yangi fuqaroning zarur shaxsiy va mulkiy huquqlarini ta’minlash bilan uni himoya etadi.
Huquq nikoh-oila munosabatlarini, ta’lim, mehnat, dam olish, sog‘liqni saqlash, uy-joylardan foydalanish, yerlardan, suv, boshqa tabiat boyliklaridan foydalanish, turli tovarlarni sotib olish, buyumlarni ijaraga olish, fuqarolarning o‘zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi va yana ko‘plab boshqa narsalarni tartibga solib turadi.
Demokratik, insonparvarlik jamiyatining huquqiy negizini mustahkamlash yangi Konstitutsiya, (sog‘liqni saqlash, tabiatni muhofaza etish haqidagi va boshqalar) qonunlarning qabul qilinishi, boshqaruv sohasida demokratik islohotlarning bir tartibda rivojlantirilishi, davlat standartlari va ilgari butunlay texnik ish deb qaralgan boshqa qoidalarning qonun darajasiga ko‘tarib qo‘yilishiga sabab bo‘ldi.
Tabiiyki, o‘smirlar barcha huquqiy normalarni o‘zlashtirib olmasdan o‘z davlatining ongli va mas’uliyatli fuqarolari bo‘la olmaydilar.
Huquqqy-tarbiyaviy ishlar, huquqiy ongning qonunlarning aniq ijro etilishi va rioya qilinishini ta’minlash bilan bog‘lanish mexanizmi murakkabdir. Jumladan, huquqbuzarliklar ahvoli nafaqat noloyiq tarzdagi ehtiyojlar, qadriyatlar, ma’naviy va huquqiy qarashlar va shu kabilarga ega, ya’ni huquqbuzarliklarni sodir etishga tayyor qancha shaxslarning mavjudligigagina emas, shu bilan birga boshqa fuqarolarning huquqbuzarliklarga qarshi kurashdagi faolligi darajasiga, ularning bunday huquqbuzarliklarga nisbatan qanday munosabatdaligi va qanday munosabat bildirishga tayyorligiga ham bog‘liqdir. Agar atrofdagilar huquqbuzarlikka nisbatan passiv pozitsiyada bo‘ladigan yoki, hatto, qarindoshi yoki tanishi jinoyat sodir qilgani holda uni avvalo qonunda nazarda tutilgan javobgarlikdan “asrab qolish”ga urinadigan bo‘lsalar, tabiiyki, bunday hollarda huquqbuzarlar taltayib ketishadi va yangi-yangi jinoyatlar qilishdan cho‘chishmaydi. Shuning uchun huquqiy tarbiya nafaqat kishilarni huquqbuzarliklarni sodir qilishdan tutib turish bilan ularning qonunga itoatkor xulq-atvorini ta’minlash, shu bilan birga huquqbuzarliklarga nisbatan toqat qilib bo‘lmaslik munosabatini shakllantirish vazifasini hal etishi, fuqarolarning huquqiy faolligini oshirishga, ularni o‘z vaqgida huquqbuzarliklarning oldini olish va ogohlantirish ishiga bosh qo‘shishga ko‘maklashishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qonunlarni himoya qilish borasida aynan shunday faollikni taqozo etadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə