Ызбекистон республикаси


Yoshlar huquqiy ongini shakllantirishda huhuqiy tarbiyaning roli



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə43/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

4. Yoshlar huquqiy ongini shakllantirishda huhuqiy tarbiyaning roli. Huquqiy tarbiya faqat yoshlarning o‘zlari, shuningdek ularning yaqin atrofidagi shaxslar, kichik guruhlar huquqiy ongining mavjud darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilganidagina samarali bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga huquq masalalari yuzasidan keng jamoatchilik fikri holatini ham hisobga olmaslik mumkin emas.
Tadqiqotlar yoshlarning huquqiy ongida hisobga olinishi zarur bo‘lgan qator o‘ziga xos jihatlar mavjudligidan dalolat beradi.
Ko‘pgina yoshlar o‘zlarining xulq-atvorini qonun bilan solishtirish va huquqiy tushunchalar bilan fikrlashga o‘rganmagan. Ular asosan “yomon”, “yaxshi” degan baqolarga asoslanib ish ko‘rishga odatlanishganki, bu, albatta, yetarli emas. “Yomon” degani - bu shunchaki axloqqa zid bo‘lishi mumkin va ayni bir vaqtda tegishli oqibatlarga olib keladigan huquqqa zid harakat haqida berilgan baho bo‘lishi ham mumkin.
Ayrim yoshlar qonuning ijtimoiy rolini, uning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi ahamiyatini real tasavvur eta olmaydilar, balki huquqni asosan formal taqiqlashlar tizimi deb o‘ylaydilar. Ularning fikricha, qonunlar faqat jinoyatlarga qarshi kurash uchun mavjud bo‘lib (biz so‘rovlar o‘tkazgan bolalarning 28 foizi ana shunday deb o‘ylagan), asosan taqiqlanadigan narsalar ro‘yxatini ko‘rsatish va jazo choralarini bayon qilishga xizmat qiladi. Ko‘pincha o‘smirlar “qonun uni ijro etish uchun mavjuddir”, deb ham javob qilishadi. Ular qonunlarning qanday, nima uchun yaratilishi, masalalarni ular nima uchun aynan shunday hal etishi, nega boshqacha yechim bermasligi, qonunlarning jamiyat va har bir kishi turmushida qanday rol o‘ynashi, nima uchun ularni buzmaslik kerakligi xususida unchalik ko‘p bosh qotirmaydilar.
Huquqdan habardorlik haqida gapirilganida shuni aytish kerakki, o‘smirlar asosan jinoyat haqidagi qonunlardan xabardor bo‘lib, u ham noto‘liq tusdadir. Ko‘plari muhim jinoiy-huquqiy qoidalar mazmunini noto‘g‘ri tasavvur etadilar. Masalan, o‘smirlardan so‘ralganida, ularning huquqiy javobgarlik hajmlarini ancha kamaytarish, jinoiy jazoga sabab bo‘ladigan qilmishlar doirasini asossiz ravishda toraytirish, yashiruvchilik, ishtirokchilik uchun javobgarlikni, “samolyotni tutqinlar bilan olib qochganlik uchun qanday javobgarlik sodir bo‘ladi?”, “Men bir kishining narsasini o‘g‘irladim, buning uchun meni qancha muddatga kesishadi?”, “Men voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspeksiyada bir necha marta hisobga turganman, buning uchun nima bo‘ladi?” va shu kabi savollarga qanday javob berishni bilmasligi ma’lum bo‘ldi.
O‘smir uchun xulq-atvorga turtki bo‘lgan sababning roliga ortiqcha baho berish va^sodir qilingan harakatning ob’ektiv ijtimoiy xavfiga, yuz beradigan oqibatlar noxushligiga yetarli baho bermaslik xarakterlidir. Masalan, jinoyat kodeksining bir moddasida nazarda tutilgan ikkita qilmish misol qilib keltiriladi: bir holda boylik orttirish sababli sodir qilingan olibsotarlik (foyda olish va pullarni jamg‘arma bankidagi omonatga qo‘yish) haqida ran borsa, boshqa holatda olibsotarlik bilim orttirishga oid qiziqishlarini qondirish (turistik sayohat uchun yetmayotgan pullarni ishlab topish) maqsadida amalga oshirilgan. Savollarga javob berganlar olibsotarlikka doir ikkinchi holatni birinchi holatga nisbatan 1,5-2 baravar kamroq jinoyat deb baholaganlar. Bu o‘rinda ran javobgarlik chorasidagi farq haqida emas, balki umuman bunga o‘xshash harakatlarni jinoyat deb bo‘lmasligi xususida boradi. Bunday pozitsiya qonunga butunlay ziddir. Boshqa bir misolda bir yigitning boshqa bir yigitni haqorat qilgani va haqoratlangan yigitning o‘zini ranjitgan raqibini ko‘pchilik odamlar oldida shafqatsizlarcha kaltaklanganligi va buning natijasida dilozor yigitning uzoq vaqg kasalxonada yotganligi haqida ran boradi. Shunisi muglaqo tushunarliki, haqorat qilgan yigitga hech kimning rahmi kelmaydi, lekin keltirilgan xodda haqoratlangan yigitning harakatlari (shafqatsiz kaltaklash, salomatlikka qattiq putur yetkazilishi) birinchi harakat - haqoratlashga nisbatan og‘irroq bo‘lmaganligi, shuningdek, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun shunga o‘xshagan usulning tanlanishi to‘g‘riligi haqida ran boradi. Voyaga yetmaganlarning aksariyat ko‘pchiligi o‘zini ranjitgan yigitni kaltaklagan yigitni oqlashdi. Ularning fikricha, bu yigit shu tarzda harakat qilish huquqiga ega bo‘lgan. Bunda yana shu narsa ko‘zga yaqqol tashlanadiki, o‘smirlarni u yoki boshqa harakatlarning ob’ektiv ijtimoiy xavfini to‘g‘ri baholash, ularni o‘z huquqlarini qonuniy tartibda qimoya qilishga o‘rgatish g‘oyat muhimdir.
Yoshlar olgan huquqiy bilimlarini amaliyotda qo‘llashni, muayyan harakatlarga to‘g‘ri baho berishni har doim ham eplay olavermaydilar. Masalan, o‘quvchilar tengdoshlarining maktabda paltolari cho‘ntaklarini titkilashlari va topilgan pullarni olib qo‘yishi, rogatkadan otish, oyog‘ini chalib yiqitish natijasida jiddiy tan jarohati yetkazilishi kabilarni jinoyat sifatida baholay olishmaydi. Shu bilan birga voyaga yetmaganlarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan huquqiy normalarni muayyan hayotiy vaziyatlarda qo‘llash va ular duch keladigan xatgi-harakatlarni har holda huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholashga o‘rgatish zarur.
O‘smirlarning muayyan bir qismida bilimlar, shaxsiy e’tiqodlar va xulq-atvordagi tafovutlar mavjudligi e’tiborni jalb etadi. Shu nuqgai nazardan olinganda, voyaga yetmaganlarning u yoki bu bahoni qonun nuqtai nazaridan beryaptimi, o‘zining shaxsiy fikrini bildiryaptimi yoki bor-yo‘g‘i tengdoshlari yoki boshqa shaxslar o‘rtasida keng tarqalgan baho to‘g‘risidagi gapni aytyaptimi ana shuni aniqlab olish nihoyatda muhim. Qonundan xabardorlik hali o‘smirning o‘zining masalani qonun tomonidan shu tariqa hal etish bilan rozi ekanligi, buning ustiga uning qonun talab qiladigan tarzda harakat qilishga tayyorligini anglatmaydi. Nafaqat huquqiy ongni shakllantirish, shu bilan birga bilimlar, e’tiqodlar va qonuniy xulq-atvorga tayyorgarlikning yagona hosilasi sifatidagi huquqiy dasturlarni ham hosil qilish zarurligi shu bilan bog‘liqdir.
Ayrim yoshlarning huquqbuzarliklari va noto‘g‘ri huquqiy qarorlari ular ega bo‘lgan qadriyatlar tizimidagi nuqsonning oqibatidir, bunday qadriyatlar tizimida huquq nisbatan yuqori o‘rin tutmagan bo‘ladi. O‘g‘rilik, bezorilik harakatlarining “o‘rtoqlardan qolmaslik uchun” yoki “qo‘rqoq bo‘lib ko‘rinmaslik uchun” sodir qilinishi hollari ma’lum. Bunday hollarda o‘smirlar uchun “jasurlik”, “o‘rtoqlarning hurmat qilishi” (noto‘g‘ri tushunchalar) kabi qadriyatlar qonunga nisbatan muhimroq. Shuning uchun qonun to‘g‘risida demokratik jamiyatning eng yuksak qadriyati sifatidagi tasav ni hosil qilish nihoyatda zarur.
O‘smirlarning huquqiy ongi ularning ota-onalari, tengqurlari huquqiy ongiga, huquq masalalari bo‘yicha keng tarqalgan jamoatchilik fikriga juda bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pincha faqat ularning qarindosh-urug‘lari va yaqinlarining qarashlari va e’tiqodlariga ham ayni bir vaqgda ta’sir ko‘rsatish hisobiga voyaga yetmaganlarning noto‘g‘ri huquqiy qarashlari va e’tiqodlarini o‘zgartirishga erishish mumkin.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, huquqbuzarliklarni sodir etadigan yoshlarning huquqiy ongi ularning boshqa tengdoshlari huquqiy ongidan farq qiladi. Huquqbuzarlarning qonunni yaxshi bilaman degan fikri ko‘pincha noto‘g‘ri fikr bo‘ladi:
birinchidan, birinchi jinoyatgacha ularning huquqiy xabardorligi tengdoshlarining yaxshi xulq-atvor qaqidagi xabardorlikdan unchalik farq qilmaydi;
ikkinchidan, bunday bilimlar tasodifiy va bir tizimga solinadi. Biz tekshiruvdan o‘tkazgan huquqbuzarlar jinoyat huquqi normalarini o‘zlari sinovdan o‘tkazgan darajadagina bilishlari ma’lum bo‘ldi. Yosh huquqbuzarlarning 45 foizi jinoiy jazolash, uning haqiqiy xarakteri haqida faqat jinoyatlarni sodir qilishganidan keyin bilib olishgan. Huquqbuzarlar uchun shunisi xarakterliki, ularning umumiy qadriyatlar tizimidan qonun o‘zlarini qonunga muvofiq tutadigan qarindoshlarinikiga nisbatan ancha past o‘rin tutadi, shuning uchun u ko‘proq shaxsiy manfaatlari yoki o‘rtoqlari manfaatlarining qurboni bo‘lib qoladi. Huquqbuzarlarning huquqiy ko‘rsatmalarini ijro etishga nisbatan munosabati ham o‘ziga xosdir. Shu jihatdan olganda, ular huquqiy ongi nuqsonliligining ikki darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchisida - nuqsonlilik alohida tusga ega bo‘ladi, ya’ni o‘smir huquqiy talablarining to‘g‘riligi va adolatligiga, zarur bo‘lganida ularga rioya qilish kerakligiga umuman ishonadi. Lekin bunda u umumiy talablardan muayyan vaziyatda qo‘llanishni bilmaydi yoki ayrim talablar mazmunini o‘zicha boshqacha tasavvur qiladi yoki mazkur holat huquq uchun ahamiyatga ega emas deb hisoblaydi yoxud o‘zini jilovlab o‘rganmagan xohish-istaklari va manfaatlari uchun istisno tariqasida huquqni buzishga tomon yuz buradi.
Bunday huquqni buzishlar yana takrorlanib va rivojlana borib, huquqiy ong o‘zgarishining navbatdagi bosqichiga - umuman huquqqa nisbatan nigilistik munosabatga, huquq talablari va taqiqlashlari faqat formal tusga ega, aslida shaxsiy xohish-istaklar va manfaatlarga amal qilish kerak (ayrimlar buni - “Yashashni xohdaysanmi - mug‘ombirlikni ham qotira bil”, qabilida tushunishadi) degan e’tiqodga olib keladi. Ko‘pgina voyaga yetmagan residivistlar qonunni aylanib yoki oshib o‘tish kerak bo‘ladigan to‘siqqa uchratishi ham bejiz emas. Huquqiy ong buzilishining bunday darajasini shaxsning faol huquqqa qarshi yo‘nalish egallashi sifatida belgilash mumkin.
Yosh huquqbuzarlar huqo‘qiy ongining xususiyatlarini huquqiy- tarbiyaviy faoliyatda alohida hisobga olish va, jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan hamma nuqsonlarni faqat umumiy tarbiyaviy tadbirlar jarayonida tuzatish mumkin bo‘lmasligini unutmaslik kerak.
Huhuqbuzarliklar sodir etadigan yoshlar, ulardan tashqari yana maxsus ta’sir ko‘rsatilishiga ham muxtojdirki, bunday ta’sir ko‘rsatilishi ularga o‘zlarining noto‘g‘ri qarashlari va yaqinlari qarashlarining axloqqa va huquqqa zidligini anglab yetishi, bunday qarashlarning nima uchun qabul qilinishi mumkin emasligini tushunib olishi, huquqiy normalarning adolatliligi va zarurligiga ishonch hosil qilishiga yordamlashishi lozim.
Odatda, yosh huquqbuzarlar oilalarida va ular asosan bo‘sh vaqtini birga o‘tkazadigan do‘stlari davrasida noto‘g‘ri qarashlar eng avjiga chiqqan bo‘ladi. Bunda o‘smirlar axloqqa zid muhitga duch kelganyda va uning qarashlarini qabul qilib olganida ular ko‘pincha axborotning rasmiy kanallaridan psixologik jihatdan “uzilib qolgandek” bo‘lishadi yoki bunday axborotga nisbatan o‘zlashtirib olgan noto‘g‘ri fikrlari nuqtai nazarida yondashadilar. Shuning uchun yoshlar bilan olib boriladigan ish shu bilan birga ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan manbalarni, tegishli salbiy pozitsiyalar mazmuni va dalillarini aniqlash, ishonchli qarshi dalillar va qonunni himoya qiluvchi dalillarni tanlash va, tabiiyki, o‘smirlar uchun noxush ijtimoiy vaziyatni o‘zgartirishdan ham iborat bo‘lishi kerak.
Huquqiy tarbiyani faqat darslar, suhbatlar, leksiyalar o‘tkazish yo‘li bilangina amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu ish tarbiyachilarning o‘z tarbiyalanuvchilari hayotiga faol aralashuvini ham taqozo etadi.



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə