Ызбекистон республикаси


Huquqiy tarbiyaning xususiyatlari va vazifalari



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə42/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

3. Huquqiy tarbiyaning xususiyatlari va vazifalari. Huquqiy tarbiya o‘z tarixiga ega bo‘lib, qonunlarning aniq ijro etilishiga ta’sir ko‘rsatishga qodir, siyosiy tuzilishidan qat’i nazar hamma davlatlar undan manfaatdor.
Ma’lumki, qadimgi Yunoniston (Gresiya) va Rimda bolalikdan boshlab fuqarolarga qonunlar o‘rgatilgan. Rim davlatida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ‘qonunlarning 12 jadvalini yod olganlar. Eramizdan oldingi III asr boshlarida mavjud bo‘lgan va bizgacha yetib kelgan “Fuqaro Xersonesning qasamyodi”da, jumladan, shunday deyiladi: “Men fuqarolarning hech biriga nisbatan hech qanday adolatsiz ishni xayolimga keltirmayman... va bunaqa ishga yo‘l qo‘ymayman, uni yashirmayman ham, lekin uni sud e’tiboriga yetkazaman va sudsa qonunlarga muvofiq ovoz beraman”. Bu o‘rinda ran nafaqat qonunlarga rioya etilishi haqida, shu bilan birga yoshlarning va boshqalarning qonunlarni buzishlarini fosh qilishga jalb etilishi to‘g‘risida ham borgan.
Huquqiy tarbiya muammolari Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSh kabi mamlakatlarda huquqiy tarbiya masalalari doimo diqqat markazida bo‘lib, uning ko‘p muammolari hal etilgan. Bunda har doim huquqiy tarbiyaning ayni bir vaqtda o‘sib kelayotgan avlodga ham siyosiy, ham ma’naviy ta’sir ko‘rsatilishi ekanligini tushunib yetish namoyon qilingan va hatto ta’kidlab o‘tilgan. Masalan, Fransiyada 1879 yilda joriy qilingan maktablarda axloq va huquqning o‘qitilishi “fuqaro”, “mamlakat”, “askar”, “qonun”, “jamiyat”, “adolat” kabi va boshqa bir qator shunday so‘zlarning ma’nosini tushuntirib berishdan boshlangan. Bolalar 9-11 yoshida davlat qurilishi, shuningdek, harbiy xizmat, soliqlar va shu kabilar haqida oddiy tasavvurlarga, keyinroq esa - davlat va huquq to‘g‘risida ancha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.
Siyosat - iqtisodiyotning umumlashtirilgan ifodasi, deyiladigan bo‘lsa, huquq to‘g‘risida u siyosat, iqtisodiyot va shu davlatda bo‘lgan axloqning umumiylashtirilgan ifodasi, deyish mumkin bo‘ladi.
Huquqiy tarbiya hamisha davlatning siyosat, iqtisodiyot va axloqqa nisbatan o‘z nuqtai nazarini aholiga aniq yetkazib berish borasidagi eng ishonchli yo‘l hisoblanadi. Huquqiy normalar yozma shaklda ifodalanadi va shu tariqa odamlar u bilan davlat tomonidan ta’riflanganidek shaklda tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘sib kelayotgan avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning hammasi prinsipal jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zaruriyatini taqozo qiladi.
Avvalo, huquqiy tarbiya yangi insonni kamol toptirishning samarali vositasi hisoblanadi. Qonunlar jamiyatimizning eng muhim axloqiy normalarini ifodalash bilan ayni bir vaqtda ushbu normalarning nafaqat e’lon qilinishi, shu bilan birga real ta’minlanishining dalili bo‘lib ham xizmat qiladi. Shu jihatdan olganda huquq qudratli tarbiya vositasi hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya yana shuning uchun ham muhimki, jamiyat qonunlari o‘zining dalzarbligini saqlab qoladigan ilg‘or va insoniy qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Turgan gapki, o‘z mohiyatini yo‘qotgan normalar barham topadi, lekin ko‘pgina narsalar saqlanib ham qolai. Avvalo, mehnat intizomiga, uning samaradorligini, unga nisbatan ijodkorona munosabatni ta’minlashga, iqtisodiy negizni mustahkamlashga, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning uyg‘un tarzda qo‘shib olib borilishiga, odamlarning bir-biriga do‘stona munosabatda bo‘lishiga taalluqli va shu kabi qoidalar yashab qoladi. Endi ular huquqiy norma, qonun sifatida bo‘lmaydi. Odamlar tegishli qoidalarga amal qilishga o‘rganishadi, bu ular uchun odat tusiga kiradi. Ana o‘shanda bunday qoidalarni qonunlarda mustahkamlab qo‘yish va ularni, mabodo bunday qoidalarga rioya qilinmaganida buning uchun tegishli huquqiy javobgarlikka jalb qilinadi, degan ko‘rsatma orqali isbotlab qo‘yishga bo‘lgan zaruriyat o‘z-o‘zidan barham topadi. Bunday qoidalar endi ma’naviy tartibga soluvchilar tarzida amal qilaveradi.
Bunday holatning iloji boricha tezroq paydo bo‘lishi uchun yoshlarning diqqat-e’tiborini har doim tegishli normalarga qaratib turish, ularning mohiyatini ko‘rsatib berish zarur. Bunday normalarni ijro etish har bir kishining ichki ehtiyojiga aylanguniga qadar huquqiy ko‘rsatmalarga rioya qilishni o‘rgatish jarayonida shu bilan birga ularning davlat-huquqiy tabiatini, davlat tomonidan majburlov choralari qo‘llanishi mumkinligini ham ta’kidlab turish maqsadga muvofiqdir. Aniq va majburiy huquqiy normalar bilan tanishtirish bizning huquqimizda yuksak siyosiy va axloqiy talablarga asoslangan xulq-atvor odatlarini mustahkamlash uchun zarur. Shuning uchun yosh fuqarolarning huquqiy tarbiyasiga katta e’tibor beriladi. Yoshlarda davlat-huquqiy masalalarga ijodiy munosabatni shakllantirish muhim, chunki ularning kelgusida davlatchiligimizning rivojlantirilishi va takomillashtirilishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Faqat ana shunday muammolarni hal qilish ishida huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari bilan tanish, qonunchilik to‘g‘risida tasavvurga ega, Konstitutsiyami biladigan, o‘z davlati va huquqi, qonunni hurmat qilish ruhida tarbiyalangan kishilar ishtirok etsagina muvaffaqiyatga erishish mumkin.Shuni unutmaslik kerakki, tarbiyalanuvchilarning voyaga yetmaganlik yoshi - vaqtinchalik hol, ertaga ular katta yoshdagi kishilarga aylanadilar, jamiyatimiz va davlatimizning ravnaq topishi ularga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yoshlarning huquqiy tarbiyasi “uzoqni ko‘zlagan” bo‘lishi, ularning nafaqat bugungi kundagi huquqiy holatini, shu bilan birga katta yoshdagilarning ertangi kundagi huquqiy holatini ham hisobga olgan holda qurilishi lozimki, bunda mustaqil suveren davlatning barpo etilishini davom etgiruvchi katgalar nazarda tutilmog‘i kerak. Shu sababli yoshlarni shunchaki “qonunning formal talqini” bilan tanishtirib qolmasdan, ularga birmuncha alohida tusdagi masalalarning hal etilishiga asos bo‘ladigan asosiy huquqiy tamoyillar to‘g‘risida ham tasavvur berilishi kerakligiga jiddiy e’tibor berilishi bejiz emas.
Rivojlanib borayotgan demokratik: jamiyat sharoitida, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, yosh insonlarning yuksak ijgimoiy-huquqiy faolligini shakllantirish, ularning turli huquqbuzarliklarga qarshi, qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash uchun kurashda mustaqil ishtirok qilishiga erishish g‘oyat muhimdir.
Yoshlarni huquqbuzarliklarga qarshi qonunlarda belgilangan tartibda kurashishga o‘rgatish zarur. Bu ishda hokimliklar, kasaba uyushmalari, O‘zbekiston yoshlari, jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston xalq-demokratik partiyasi faol ishtirok etmoqdalar.
Yangi insonni kamol toptirish va huquqiy tartibni ta’minlash yoshlar huquqiy tarbiyasining umumiy vazifalari hisoblanadi. Biroq huquqiy-tarbiyaviy faoliyat samaradorligini oshirish manfaatlari bunday faoliyat yo‘nalishlari va mazmuni haqida yanada batafsil tasavvur hosil qiladigan birmuncha alohida vazifalarning ham ajratib ko‘rsatilishini taqozo etadi. Ular quyidagilardir:
birinchidan, davlat va huquq masalalariga doir bilimlarning zarur tizimini shakllantirish, huquqning joriy va dolzarb masalalari yuzasidan xabardor qilish.
ikkinchidan, davlat va huquq, qonuniylik prinsiplariga nisbatan hurmatni shakllantirish.
uchinchidan, qonunga muvofiq xulq-atvor ko‘nikmalarini singdirish.
to‘rtinchidan, faol fuqarolik pozitsiyasini, har xil huquqbuzarliklarga nisbatan toqatsizlik munosabatini tarbiyalash.
beshinchidan, qonunda belgilangan tartibda o‘zining, davlat, jamiyat va boshqa shaxslarning manfaatlari va huquqlarini faol himoya qilishga ehtiyojni va bunday qobiliyatni shakllantirish.
oltinchidan, davlat va huquqqa nisbatan noto‘g‘ri qarashlarga qarshi tura bilish, ularni faol va ishonarli tarzda fosh qilish qobiliyatini singdirish.
Bilimlar xususida gapirganda, bu o‘rinda, avvalo, yoshlarga bilimlarni qanday hajmda yetkazish kerak, degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. Nazarimizda, umumiy ta’lim maktabi doirasidagi huquqiy tarbiya birinchi navbatda voyaga yetmaganlarni ular hozirda ijro etayotgan va kelgusida bajarishi lozim bo‘lgan umumiy ijtimoiy rollarni (davlat fuqarolari, oila a’zosi, o‘quvchi, ishchi, xizmatchi yoki jamoa xo‘jaligi a’zosi, uy-joy, xonadon ijarachisi yoki egasi, fuqarolik-huquqiy bitimlari: oldi-sotdi, ijara bitimlari sub’ektlari va h.k.) ado etishga tayyorlashga xizmat qilishi kerak.
Yoshlar bevosita ularga tegishli bo‘lgan Umumiy o‘rta ta’lim maktabi nizomi; O‘quvchilar uchun qoidalar; Bolalar va o‘smirlarning jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalari; bolalar bilan ota-onalar munosabatlarini tartibga soladigan nikoh-oila huquqi normalari; sog‘liqni saqlash haqidagi qonunlar; Fuqarolik qonuni; jinoyat haqidagi qonun va boshqa huquqiy hujjatlarni bilishlari lozim. O‘smirlar katta bo‘lganlarida ularning huquqiy ahvoli o‘zgaradi. U paytda ularga, masalan, nikoh-oila haqidagi qonunlarning nikohdan o‘tish, er bilan xotinning huquqlari va majburiyatlarini tartibga soladigan normalari; fuqarolik haqidagi qonunlarning uy-joy maydonidan foydalanish tartibiga tegishli normalari taalluqli bo‘ladi va hokazo. Voyaga yetmaganlarni bunday ijtimoiy rollarni bajarishga o‘z vaqtida tayyorlab borish zarur.
Turli kasblar va lavozimlarga tegishli spesifik huquqiy qoidalar xususida gapiriladigan bo‘lsa, ular bilan yoshlarni kasbiy tayyorgarlik jarayonida tanishtirish maqsadga muvofiq. O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlarining o‘quvchilari, har xil malaka oshirish kurslaridagi huquqiy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari ana shundan iborat bo‘ladi.
Huquqiy tarbiya tabaqalashtirilgan tarzda yondashuvni, nafaqat yosh va bo‘lg‘usi mutaxassislikni, shu bilan birga jinsni, yashash joyini, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, shu jumladan, qaysi millatga mansublik bilan bog‘liq hususiyatlarni ham hisobga olishni taqozo etadi. Turgan gapki, qiz bolalarga qo‘shimcha ravishda ayol-qizlarning holatini tartibga soladigan jinsiy normalarni o‘rgatish lozim. Har bir respublika qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjudki, ularni ham hisobga olish zarur bo‘ladi.
Yoshlarga amaliy tusdagi nazariy bilimlardan tashqari, davlat va huquq haqida muayyan hajmdagi nazariy ma’lumotlarni berish, tushunchalar mohiyatini, bunday tartibotlarning ijtimoiy ahamiyatini, mustaqil, demokratik davlat va huquqning ekspluatatsiyachilik tusidagi davlat va huquqdan prinsipial farq qilishini tushuntirish, davlat tiplari va shakllari, huquq tarmoqlari to‘g‘risida tasavvur berish ham muhimdir. Keyinchalik yoshlar huquqning boshqa tarmoqlari bilan tanishish chog‘ida huquqning umumiy tizimidagi o‘z o‘rnini to‘g‘ri tasavvur qilish imkoniga eta bo‘ladilar.
Bunda faqat demokratik huquqni va huquqiy jihatdan tartibga solishni tavsiflaydigan o‘ziga xos prinsiplari: qonunning demokratik tuzum, mehnatkashlar huquqlarini himoya etishga bo‘ysundirilishi; qonuniylik; adolatlilik; teng huquqlilik; huquqlar bilan majburiyatlarning mustahkam aloqadorligi; ishonch- e’tiod bilan majburlovning ko‘shib olib borilishi; ayb uchun javobgarlik; har bir kishining qonuniylikni ta’minlashda faol ishtiroki kabi prinsiplarning mazmunini ochib berish g‘oyat katga ahamiyat kasb etadi.
Huquqlar bilan majburiyatlarning mustahkam aloqadorligi prinsipi muhim prinsiplardan biri bo‘lib, bir toifadagi kishilar huquqlari boshqa toifadagi kishilarning majburiyatlari bilan har doim o‘zaro aloqador bo‘lgan suveren, demokratik davlat qonunlarida ancha to‘liq mujassamlashgan. Bir kishining huquqiga qaysidir boshqa kishining majburiyati muvofiq kelmasa, unda bunday huquq noreal huquq bo‘ladi va “havoda muallaq holda osilib qoladi”. Masalan, agar fuqaroning dam olish huquqiga ma’muriyatning ta’til takdim etish majburiyati muvofiq bo‘lmasa, unda bunday huquq quruq bayonotdan iborat bo‘lib qolgan bo‘lardi. Odamlarning o‘z majburiyatlarini bilishiga va ayni bir vaqgda o‘z huquqlarini aniq tasavvur qilishlari, ularni himoya qila bilishlariga ham erishish zarur. Ana shunda aniqpanmay qolgan va jazo olmagan huquqbuzarlik faktlari ancha kamayadi. Shuning uchun yoshlarning diqqat-e’tiborini nafaqat majburiyatlarga qaratish, shu bilan birga ularni qonun bilan to‘liq hajmda: ham huquqlar, ham majburiyatlar tomonidan tanishtirish nihoyatda muhimdir. Bu fuqarolarning yuksak ijtimoiy-huquqiy faolligini shakllantirish, ularning jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustahkam o‘zaro aloqadorlikda ekanliklarini anglab yetishining g‘oyat muhim yo‘lidir.
Yoshlarning kelgusida qonunlarni takomillashtirishda, davlat ishlarini boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etishlari uchun ularni, shuningdek qonunlarni qabul qilish, qonun loyihalarining paydo bo‘lishi va muhokama qilinishi tartibi, davlat organlarining tuzilishi va vazifalari, fuqarolar shikoyat va takliflarining ko‘rib chiqilishi tartibi bilan tanishtirib borish kerak bo‘ladi.
Davlat va huquqning, ijtimoiy ahamiyati va mazmunini to‘la va to‘g‘ri ochib berish ularga nisbatan hurmat-e’tiborning shakllanish uchun negiz bo‘lib xizmat qiladi. Usmirlar qonunning quruq va formal qoidalar yig‘indisi emas, balki hayotiy vaziyatlarning rang-barangligi va murakkabligini hisobga oladigan adolatli va zarur normalar ekanligini anglab olishi lozim.
Qonuniy xulq-atvor ehtiyojlari va ko‘nikmalarini tarbiyalash jamoada qonunga qat’iy rioya etilishiga asoslanadigan munosabatlar shakllantirilishini taqozo etadi va voyaga yetmaganlarning huquqiy tartibni himoya qilishga doyr aktiv faoliyatiga jalb etilganida eng yuksak samara beradi. Huquqqa zid xatti-harakatlarning jazosiz sodir qilinishi hollari keng tarqalgan muassasa va jamoada bunday tarbiya muvaffaqiyat keltirmaydi. Har bir voyaga yetmagan bola, avvalo, axloq va huquq normalaridan har qanday orqaga chekinish qonunlarda nazarda tutilgan jazoga sazovor bo‘lishiga oshonchi komil bo‘lishi kerak. Birinchi navbatda tarbiyachilarning o‘zlari qonunlarga so‘zsiz amal qilish namunasini ko‘rsatishlari lozim. Shu jihatdan olganda, jinoyatlarni (o‘quvchilarning pullari o‘g‘irlanishi, tan jarohatlari yetkazilishi va h.k.) yashirish hollari katta zarar yetkazadi.
Huquqiy-tarbiyaviy ishlarda tor manfaatparastlik tusidagi maslahatlar va boshqacha holatlar rolini bartaraf etish, ularga nisbatan keskin salbiy munosabatni shakllantirish, voyaga yetmaganlarni yuksak axloqiy va huquqiy prinsiplarning faol targ‘ibotchilari, ularni hayotga tatbiq etish uchun izchil kurashchilarga aylantirish muhimdir. O‘smirlar nafaqat huquqiy targ‘ibotni, shu bilan birga qarshi targ‘ibotni ham yuritish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.
Tarbiyachilar, shuningdek, o‘smirlarning yangi huquqiy hujjatlardan o‘z vaqtida xabardor qilinishiga, huquqiy ahamiyatga ega turli voqealarga operativ tarzda munosabat bildirishlariga, huquqni muhofaza qilish faoliyatining amaldagi ishlarning xususiyatini hisobga olgan holda o‘zgartirilishiga e’tiborni qaratishlari kerak.
Agar o‘smirlar ayrim mansabdor shaxslar faoliyatidagi qonun buzishlar haqida hikoya qiladigan bo‘lishsa, unda bunday holatni mavjud emas deb yoki buning o‘quvchilarga taalluqli joyi yo‘q, deb ish qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Aksincha, bunday faoliyatning suveren, huquqiy davlat pozitsiyalariga zid kelishi, aybdor shaxslar esa javobgarlikka tortilishini namoyish qilish katta ahamiyag kasb etadi. Voyaga yetmaganlar o‘zlarini qiziqtiradigan barcha savollarga avvalo o‘z tarbiyachilaridan javob olishlari lozim. Mabodo shunday qilinmasa, unda o‘smirlar boshqa shaxslarga murojaat etishadi va bunda ularning to‘g‘ri javob olishlariga kafolat bo‘lmaydi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə