Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə38/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Ma’naviyat. Ma’naviyatni mafkuraviy yakka hukmronlikdan ozod etish mafkurani butunlay inkor etishni anglatmaydi. Mafkurasiz ma’naviyat yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas. Har qanday mafkura muayyan guruxdar manfaatidan ke- lib chiqadi. Mafkurada maqsad, unga erishish yo‘llari, usullari, vositalari, tayanch kuchlari belgilanadi.
O‘zbek milliy mafkurasining maqsadi O‘zbekistonda chinakam insoniy, adolatli jamiyat qurish va komil insonni tarbiyalashdir. Shu ma’noda faqat insonparvarlik mafkurasi ichki va tashqi siyosatimizni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi g‘oyaviy qudrat bo‘lishi mumkin. Faqat insonparvarlik mafkurasigina tinchlik, ozodlik, tenglik, birodarlik, adolat, baxt kabi umuminsoniy qadriyatlarni o‘zining pirovard maqsadi qilib olishi mumkin.
Milliy mafkuraning iqtisodiy zaminini mulk shakllarining ko‘p hilligi, huquqiy tengligi va ijtimoiy jahatdan yo‘naltirilgan bozor munosabatlari tashkil etadi. Uning ijtimoiy asosi turli millatlar va ijtimoiy guruhlar erkinligi va teng xuquqliligi, ma’naviy tayanchi esa xurfikrlik e’tiqod dahlsizligi va oshkoralikdir. Uning siyosiy zamini fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat g‘oyalarini hayotga tadbiq etish, huquqiy omili esa inson huqukdari va erkinliklarini qonunlarda mustahkamlashdir.
Mafkura butun ma’naviyatimiz salohiyati taraqqiyotining mustahkam zaminiga tayangan holdagina shakllanishi mumkin. Mafkuraning kuchi uning har bir shaxs qadriyatlari millat va xalk, ehtiyojlari bilan uyg‘un bo‘lishidadir. Uning qudrati kishilarning tub manfaatlarini qay darajada ifoda etganligi bilan belgilanadi.
O‘zbek millati ma’naviyati milliy madaniyatimizning yangi bosqichidagi uyg‘onish davrini boshidan kechirmoqda. Uzoq tarixga ega ma’naviyatimiz ildizlaridan kurtaklar unmoqda. Shu munosabat bilan milliy qadriyatlarmizni tiklashda ikki muhim narsani unutmaslik lozim.
Birinchisi, milliy uyg‘onish milliy o‘zlikni anglash ma’naviy qadriyatlarni kamsitish, oyoq osti qilish hisobiga bo‘lmasligi kerak.
Ikkinchisi, milliy ananalarni umumbashariyat udumlari va qadriyatlariga qarama-qarshi qo‘ymay, undagi muayyan ijobiy mazmunni aniqlab, mustahkam belgilab olmoq kerak. Har bir millatning tarixiy, madaniy va ma’naviy merosida umuminsoniy qadriyatlar ham o‘ziga xos shakllar va ko‘rinishlarda ifoda etilgan bo‘ladi. Ma’naviyat istiqlol zaminini mustahkamlashning muhim omillaridandir. Ma’naviyatni yuksaltirish - istiqlolimizni mustahkamlashning muhim shartlaridandir. Mustaqillikning ma’naviy zamini mustahkam bo‘lmasa, u barqaror bo‘lolmaydi. Ma’naviyat bo‘lmasa, mustaqillik ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi. Ma’naviy barkamollik bo‘lgan joyda taraqqiyot bo‘ladi, odamlar o‘rtasida tenglik, birodarlik, hamkorlik, adolatga asoslangan munosabatlar qaror topadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə