Ызбекистон республикаси


Til, ma’naviyat va vatanparvarlikning madaniyat tarkibida tutgan o‘rni. Til



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə37/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

5. Til, ma’naviyat va vatanparvarlikning madaniyat tarkibida tutgan o‘rni. Til. Xalqimizning ma’naviy qadriyatlari tiklanib, asl tarixiy ildizlarimizni teran his qila borganimiz sari, kechagina millatimizning bebaho qadriyati bo‘lgan ona tilimizning achinarli ahvolidan xalos qilish maqsadida sobiq Ittifoq sharoitidayoq, xalqimizning katta sa’y-harakatlari bilan “Davlat tili to‘g‘isida”gi qonunni qabul qilganimiz beixtiyor yodga tushadi. O‘zbek xalqi tarixida birinchi bor o‘zbek tili davlat tili maqomiga erishdi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritishimiz ona tilimiz ravnaqiga katta turtki berdi va tilga bo‘lgan munosabatni sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tardi. Xo‘sh, davlat tili nima, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta.
Davlat tili - bu davlatning umumiste’molda bo‘lgan mazkur davlat asosiy aholisining tili bo‘lib, u jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishlatiladi. Shu tilda davlat o‘z irodasini ifoda etadi, faoliyatini amalga oshiradi, xalq bilan muloqot qiladi. Davlat tili milliy davlat mustaqilligining belgisidir. U davlat xohishining ifodalovchisi darajasiga ko‘tarilgan, amal qilish barcha uchun majburiy bo‘lgan davlatchilik belgisidir. Mustaqil davlatning belgisi darajasiga ko‘tarila borgan til davlat faoliyatining barcha sohalarida ishlatilishini va amal qilinishini talab etadi. Bu talabni bajarmaslik esa fuqarolar va tashkilotlarga yuridik javobgarlik yuklaydi.
Ona tilini davlat tili sifatida o‘rnatish davlatning suveren huquqidir. Bu xuquqni ro‘yobga chiqarish davlatning xohishi va zaruratidan, maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqadi. Jumladan, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida aholining asosiy qismi so‘zlashadigan, millatga nom bergan til davlat tili maqomini olgan.
Respublikamizda davlat tili to‘grisidagi qonunning qabul qilinishini ona tilimizga nisbatan izchil davlat siyosatining birinchi bosqichi deb hisoblasak, lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi bu siyosatning uzviy davomidir. Davlat tilini ravnak, toptirishga qaratilgan bu siyosat respublikamizda ma’naviy sog‘lom ja- miyat qurilayotganligidan dalolat beradi. Zero, millatning asosiy belgilaridan biri - uning tili.
Darhaqiqat, tilning rivoji, uning ijtimoiy hayotda ishlatilish doirasining kengayishi milliy madaniyatni rivojlantiradi. Har bir xalk, o‘z xududida o‘z milliy ona tiliga ega bo‘lish xuquqiga eta. Ona tili millatni birlashtiradi, jipslashtiradi, uni har tomonlama kamolotga yo‘naltiradi.
Inson tili - nodir hodisa. Til insoniyat taraqqiyotining mahsuli bo‘lib, u jamiyatning rivoji bilan tarkib topa borgan va shakllangan. Til millatning ma’naviy rivojlanishi va muloqotining natijasidir, u xalq tarixi hahida qimmatli ma’lumotlar berib, milliy madaniyatning bebaho merosi hisoblanadi. Xalqning buyuk ma’naviy mulki bo‘lmish tilda millatning urf-odatlari mujassamlanadi va tarannum etiladi.
Ma’naviyatning kamol topish uchun til rivojlanishi lozim. Millat mavjudligining asosiy belgilaridan biri hudud bo‘lsa, ikkinchisi, shubhasiz, yagona tilning borligidir. Til bizning tafakkurimiz bilan bog‘liq, shu boisdan ham u bizning zakovatimizni ifoda etadi. Uning sharofati ila biz o‘z tafakkurimizni shakllantiramiz, borliqni ifodalaymiz, ongimizda o‘z bilimlarimizni mustahkamlaymiz. Ona tili bilim olish, mehnat qilish jarayoniga xizmat qiladi, insonga estetik ta’sir etib, shu yo‘l bilan inson turmush tarzi va madaniyatining shakllanishiga yordam beradi. Har qanday inson bolalikdan ona tili yordamida shakllanib, atrof-muhitni, borliqni, jamiyatni ona tili orqali qabul qiladi. Biz qanchalik ona tilimizni nozik his etsak, shunchalik milliy o‘ziga xos fazilatlarimiz, rasm-rusum va odatlarimizni aniq idrok etamiz. Insonning tilini bilmasdan uni dilini bilib bo‘lmaydi, deb bejiz aytilmaydi, albatta. Qadim zamonlardayoq Pifagor: “Har qanday xalqning ma’naviyatini bilmoqchi bo‘lsang, eng avvalo uning tilini o‘rganishga intil”, - deb aytgan edi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, uning mavqeini oshirib, qo‘llanish doirasi va rivojiga ijobiy siljishlar berdi. Bu borada bir qator tadbirlar o‘tkazildi, qonunni hayotga tadbiq etish bo‘yicha xukumat komissiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda, bundan tashqari, talaygina amaliy ishlar joriy etish uchun navbatda turibdi. Xususan, lotin yozuviga o‘tish tadbirlari amalga oshirilmoqdaki, ular yaqin kelajakda o‘z samaralarini berishiga, jumladan, bizni mutaraqqiy mamlakatlar bilan tenglashtirishiga umid bog‘laymiz.
O‘zbekistonning jahonga yuz tuttanligi o‘zbek tili hamda respublikamizda qo‘llanilayotgan boshqa tillarni rivojlantirish bilan bir qatorda, dunyoda keng iste’molda bo‘lgan ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarni ham puxta o‘rganish ehtiyojini yuzaga chiqardi. Dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga chiqishni ko‘zlayotgan respublikamiz uchun bu o‘ta muhimdir. Zamonaviy axborot almashuvi va kommunikatsiyalar davrida chet tillarni juda puxta o‘rganish zamon talabidir.
Til millatni ta’riflaydigan ma’naviy asosdir, nguning uchun ham til to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish jamiyatning ma’na¬viy sog‘lom bo‘lishi shartlaridan biridir.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə