Ызбекистон республикаси


-Mavzu: Huquqiy madaniyatning nazariy asoslari



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə33/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

6-Mavzu: Huquqiy madaniyatning nazariy asoslari
Reja:

  1. Milliy mafkura va uning tarkibiy tuzilishi.

  2. Milliy mafkuraning mohiyati.

  3. O’zbeklarning millat sifatida shakllanishi va rivojlanishi.

  4. Milliy madaniyat va ma’naviy meros.

  5. Til, ma’naviyat va vatanparvarlikning madaniyat tarkibida tutgan o’rni.

O‘zbekistonda istiqlol sharofati-la ijtimoiy hayotning deyarli barcha jabhalarida ildam odimlar qo‘yilmoqda. Bu ayniqsa siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda namoyon bo‘lmoqda. Salkam bir yarim asrlik siyosiy kishandbandlikdan ozod bo‘lgan mamlakatimizning ovozi jahon bo‘ylab baralla yangramoqda.
Birinchidan, bu - siyosiy mustaqillik bo‘lib, ichki va tashqi siyosatda hech kimning, sobiq “katta og‘a”ning ham ko‘rsatmalarisiz, milliy istiqlol va yangilanish yo‘lidan buyuk kelajak sari borish demakdir.
Ikkinchidan, bu - iqtisodiy mustaqillik bo‘lib, yurtimizning bebaho boyligiga chinakam egalik huquqidan o‘zbek xalqi farovonligi yo‘lida foydalanish demakdir.
Uchinchidan, bu - ma’naviy-madaniy mustaqillik bo‘lib, xalqimizning istiqlolga, o‘z davlati va huquqiga ega bo‘lishga, adolatli jamiyat qurishdan iborat bo‘lgan asriy orzu-umiddarining ro‘yobga chiqishidir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek xalqi siyosiy va iqtisodiy qaramlikka tushgan davrlarda ham, u hech qachon ma’naviyat sohasida o‘z mafkuraviy-madaniy mustaqilligini yo‘qotgan, emas. Har qanday tayziqlarga qaramasdan, ma’naviyatimiz kurtaklari doimo barq urib turgan. Ha, chuqur ildizlariga ega bo‘lgan bunday milliy ma’naviyatimiz sarchashmalari, xalqimizning minglab asl farzandlari qurbon qilinishiga qaramay, saqlanib qolgan.
Siyosiy tutqunlik asoratlari natijasi o‘laroq biz Vatanga bo‘lgan hurmat, o‘zbek milliy davlatchiligi va huquqidan faxrlanish, fuqarolik his-tuyg‘ularidan mahrum bo‘ldik. Uning o‘rniga boqimandalik, tekischilik, hamma narsani davlatdan kutish, ya’ni “bersang yeyman, bermasang o‘laman” degan ruhiyatni, kayfiyatni orttirdik. Bu - albatta, iqtisodiy qaramlikning eng musibatli oqibatidir. Chunki o‘zing ishlab chiqargan moddiy ne’mat qaerga olib ketilganligini, qanchaga sotilganligini bilmasang, qishin-yozin mex,nat qilib, qora ter to‘kib yana sen “boqimandasan”, “o‘z-o‘zingni boqolmaydigan xalqsan” degan ta’na-malomatlarni eshitish basharaga shapaloq urish emasmidi?!
Siyosatda “akasining qo‘lidan ushlab yurishga o‘rgangan bola” singari biror mustaqil harakat qilolmagan, qog‘ozdagi stalincha-brejnevcha konstitutsiyalardagi “suveren davlat”, “teng ittifoqdosh respublikalar ittifoqining teng huquqli a’zosi” va “Sharqda xalqlar do‘stligining mash’ali” bo‘lmish O‘zbekiston, “eng ilg‘or” marksizm-leninizm mafkurasi toshlari bilan ko‘mildi. Ammo, chuqur ildizlarga ega bo‘lgan chinorsifat daraxtga zarpechak singari o‘tkinchi o‘simlikni payvand qilib bo‘lmaganidek, Sho‘ro daholarining ta’limoti bizning ma’naviy makonimizda nish urolmadi. Shuning uchun sarob bo‘lib chiqqan bu dahriycha ta’limot ustunlari quladi. Shuning uchun ham yangi o‘zbek milliy mafkurasini yaratish zarurati tugildi. Chunki, rivojlanayotgan jamiyatda g‘oyaviy sohada bo‘shliq bo‘lishi mumkin emas.
Har qanday jamiyatning, davlatning o‘z mafkurasi bo‘lmog‘i lozim. Mafkurasiz jamiyat bo‘lmaydi. Rasmiy mafkuradan tashqari doimo millat, xalq falsafasi, mafkurasi mavjud bo‘ladi.
Mustaqil O‘zbekiston ma’naviy sohada ham, xududiy, siyosiy va iqtisodiy jabhalarda bo‘lganidek, o‘z mustaqil yo‘lidan bormoqda.
Shu asnoda “mafkura” iborasining qanday kelib chiqqani ham e’tiborga loyiq.
Fransiyada XIX asrning boshlarida amaliy faoliyatga rahbarlikni yaratish ehtiyojini qondirish niyatida iqtisodchi Destyut de Trasi “Mafkura elementlari” kitobini yozgan. U “Mafkura” atamasi yordamida siyosat, odob, iqtisod va huquq asoslari uchun mustahkam poydevor qurish yo‘llarini ko‘rsatib berishni ko‘zlagan. Biroq, mafkuraviy maslahatlar barcha uchun bir hilda maqul bo‘lolmaydi. Shu tufayli ham Fransiya imperatori Napoleon I kitob g‘oyalarining amalga oshuviga faol qarshilik qilgan. Buning sababi shundaki, agar mafkura, ehtiyojdan va hayot imkoniyatlaridan uzilib qolgan bo‘lsa, u holda davlatga ham, jamiyatga ham jiddiy zarar keltirishi mumkin. Qisqacha aytganda mafkura to‘g‘risida jamiyatning o‘zi qayg‘urishi, o‘z mafkurasi uchun o‘zi fidokor bo‘lishi lozim. Mafkurani xorijdan keltirib, jamiyat hayotiga zo‘rlab tiqishtirib bo‘lmaydi.
Har bir jamiyat o‘z maqsadlarini himoya etuvchi mazkur muddaoni joriy etish yo‘lida xalqni uyupggiruvchi, safarbar qiluvchi g‘oyalarga ega bo‘lishi kerak. Bunday ijtimoiy g‘oyalar ma’naviyatning ma’lum uygunlashuvi va natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladi. Ma’naviyat rivoji esa ma’lum faoliyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shu jihatdan milliy xususiyatga egadir.
Ma’lumki, g‘oyalar majmuining muayyan tizimi mafkurani vujudga keltiradi. Mafkura jamiyatning turli sohalari haqidagi yangi ilmiy, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, huquqiy, diniy, badiiy, axloqiy qarashlarning yig‘indisidan iboratdir1. “Mafkura-bu dunyoqarashni tashkil etuvchi fikrlar va g‘oyalar majmuasidir”2.
Mafkura yangi ma’naviyatning yutukdarini ifodalovchi nazariy bilimlar, qarashlar, g‘oyalar majmui sifatida jamiyat rivoji uchun ustuvor reja ahamiyatiga molikdir. Mafkura - ma’naviy hayotning tarkibiy qismidir. Mafkura millatning taraqqiyotini, amaliy tajribasini, xorijiy mamlakatlarda to‘plangan ijobiy saboqlarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida shakllanadi. U millat va mamlakat istiqloli muammolarini birinchi o‘ringa qo‘ygan maqsad va umidlar, ularni amalga oshirish rejalari va usullari haqidagi ilmiy xulosalarning muayyan tizimidir1. Mafkura jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, ma’naviy taraqqiyotiga muayyan yo‘nalish beradi. Bemaqsad mehnat bo‘lmaganidek, mafkurasiz hayot, taraqqiyot ham bo‘lmaydi. Faqat ilmiy mafkura bilan bog‘langan ma’naviyat ulkan ijtimoiy qudratga aylanadi. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan millatgina porloq Istiqlol uchun kurashga o‘zida kuch va salohiyat topa oladi.
Shunday qilib, jamiyat taraqqiyotini yuksak madaniyat, ma’naviyat va mafkurasiz tasavvur etish qiyin. Mafkura muvaqqat bo‘lolmaydi, u millatning uzoq taraqqiyot istiqbollarini belgilab berishi, hatto uning oqibat maqsadlarini ham aniqlab, qanday jamiyat quramiz, degan savolga ham javob berishi kerak2.
Mustaqillik o‘zbek xalqi asriy orzusining ro‘yobga chiqishidan iborat uning buyuk tarixiy yutugidir. Mazkur mustaqillik sharofatidan bahramand bo‘lolmagan, ammo bu yo‘lda jon fido qilganlarning ruhi-poklari xurmati o‘laroq, biz xoh dastgoh oldidagi ishchi, xoh daladagi dehqon, xoh nazariy muammolar ustida bosh qotirayotgan olimu badiiy asarlar bilan inson ruhini tarbiyalovchi adib, xoh Vatan istiqlolini qo‘lida quroli bilan himoya etadigan harbiy, xoh huquq-tartibot muhofazachisi - boringki har bir O‘zbekiston fuqarosi istiqlolimizni chuqur idrok etib, buyuk kelajagimizga ishonch ruhida birlashmog‘imiz zarur. Bunday mushtaraklik faqat so‘zdagina bo‘lmasligi lozim, albatta. Zero, dono xalqimiz aytganidek, “holva degan bilan og‘iz chuchimas”.
Jamiyatimizning barcha ongli vakillari o‘zlarining amaliy faoliyatlari bilan, ya’ni har kim o‘z joyida: o‘quvchi va talaba a’lo o‘qishi, olim buyuk kashfiyotlari, bobodehqon shirin-shakar meva-chevalari, muhandis zamonaviy asbob-uskunalari bilan va boshqa sanab ado bo‘lmaydigan kasb vakillari mustaqillikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishi zarur. Shu zaminning barcha farzandi, hur O‘zbekistonning buguniga va ertasiga befarq bo‘lmasliklari darkor, barcha aqliy va amaliy imkoniyatlarimizni, salohiyatimizni ishga solib, Mustaqillik deb atalgan mahobatli binomiz poydevorining metindek mustahkam, chinordek boqiy bo‘lishiga safarbar etaylik. Bu bizning ozod va obod bo‘layotgan ona Vatan oldidagi farzandlik burchimizdir.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni qaror toptirishning dasturiy qoidalari jahon tajribasi va o‘z milliy, tarixiy amaliyotimizdan olingan barcha foydali tajribalar asosida ishlab chiqilgan. Bu boradagi mustaqillikni ta’minlash bilan uzviy bog‘liq vazifa - milliy mafkurani yaratish muammosi oldimizda ko‘ndalang turibdi.
Milliy mafkuraning o‘zi nima, uning mazmuni qanday unsurlardan tashkil topgan, degan savol tug‘ilishi mumkin. Bunday savolga milliy mafkuraning tarkibiy qismlarini tahlil etish bilan javob berish mumkin.
Milliy mafkura quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
birinchidan, mustaqillik hissi va uni idrok etish;
ikkinchidan, vatanparvarlik tuyg‘usi;
uchinchidan, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining madaniy-ma’naviy merosi.
Milliy mafkura - ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash, ardoqlash va uning ravnaqi haqidagi g‘oyalar majmuidir.
Milliy mafkura - jamiyatdagi ruhiy va madaniy vaziyatning ko‘rsatkichi, undagi xohish-irodaning namoyon bo‘lishidir, ayni zamonda u jamiyatdagi barcha kishilarni-millat va elat vakillarini, ijtimoiy-siyosiy kuch va guruxdarni birlashtiruvchi omil hamdir.
Milliy mafkura davlat taraqqiyotini belgilab beruvchi ma’naviy-madaniy me’zonlarni ham qamrab oladi.
Bundan tashqari, milliy mafkura adolatli xuquqiy-demokratik fuqarolik jamiyati haqidagi siyosiy-huquqiy g‘oyalardan ham tashkil topadi.
Milliy mafkura - bu mustaqil milliy davlatchilik va huquqiy tizim qurish uchun amalga oshirilayotgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan islohotlar, buyuk kelajagimizga ishonch ruhida sug‘oriladigan taqdirilomon g‘oyalar hamda harakatlar majmuidir.
Milliy mafkurani shakllantarish nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatta molik. Chunki, ma’naviy sog‘lom insonlargina barkamol jamiyat qurish imkoniyataga ega bo‘ladilar.
Milliy mafkura o‘zining uch muhim jihati bilan ajralib turadi:
- mustaqillik;
- milliylik;
- taraqqiyot.
Bular jamiyat hayotaning muhim xususiyatlarini o‘zida ifodalaydi.
O‘zbek xalqi o‘zining asrlar mobaynida avaylab saqlanib, sayqal topib kelgan milliy urf-odatlari, rasm-rusum, udum va an’analari, oriyati, g‘ururi, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzi, huquqiy ongi, e’tiqodi, qisqacha aytganda, madaniy-ma’naviy dunyosi bilan ajralib turadi.
Buyuk ajdodlarimiz umumbashariy ma’rifataarvarlikni bino qilishda bevosita ishtarok ettanlar, bu bilan ular jahon madaniyataga ulkan hissa qo‘shganlar. O‘tmishdoshlarimizning boy madaniy merosidan ijobiy foydalanish milliy mafkura shakl-shamoyillarini yaratash uchun benazir xizmat qilishi shubhasizdir.
Milliy mafkurani ishlab chiqishda Sharqda qadimdan mavjud bo‘lgan xamsachilik an’analariga murojaat etash foydadan holi emas. Ma’lumki, Sharqning eng buyuk allomalari bir vaqtning o‘zida she’riyat mulkida ham qator-qator “xamsalar” yaratab, xalqimiz ma’naviyatani boyitab kelganlar. Ularda nafaqat qomusiy bilimlar o‘zining badiiy ifodasini topgan, balki ma’naviy, xuquqiy, axloqiy fazilatlar ham mujassamlashgan. Ana shu boisdan ham milliy mafkurani ajdodlarimiz ma’naviy qadriyatlarining taklanishi va bizning poklanishimiz orqali yaratishimiz mumkin. Zeroki, Vatan tuyg‘usining rishtalari uzoq moziygacha borib yetadi.
Shu bois, milliy mafkurada vatanparvarlik asosiy o‘rinni egallashi tabiiydir. Mazkur mafkura tom ma’noda O‘zbekiston xalqlari mafkurasi, ya’ni Respublikamizda istiqomat qilayotgan barchaning: o‘zbeklar, qozoqlar, tojiklar, ruslar, ukrainlar, xullas o‘lkamizni o‘zining Vatani deb bilgan, binobarin, o‘zining O‘zbekiston fuqarosi ekanligidan iftixor tuyg‘ularini tuyadigan barcha millat vakillarining mafkurasi bo‘lishi lozim.
Ayni paytda milliy mafkurada oilaga alohida ahamiyat berilishi bejiz emas. Qadimdan Sharkda birinchi o‘ringa oila, uning manfaatlari va qadriyatlari qo‘yilgan. Mazkur qadriyatlarimizni e’zozlash, xalqimizning ma’naviyatini yanada boyitishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi xuquqiy davlat qurishga azmu qaror qilgan ekan, yuksak huhuqiy madaniyat, qonunga hurmat, itoatkorlik kabi xalqimizning farovonligi uchun zarur bo‘lgan fazilatlar milliy mafkurada muhim o‘rin egallashi lozim.
Milliy mafkura har qanday partiyaviy mafkuralardan ustun turishi zarur. Zero u o‘zida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari - iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va yandisha, or-nomus, o‘zaro xurmat, eliga va xalqiga sadoqat qadriyatlari va g‘oyalarini mujassamlashtirishi kerak.
Shunday qilib, birinchidan, milliy mafkurani shakllantirish mustaqil yo‘limizning, amalga oshirayotgan islohotlarimizning eng muhim, ajralmas jihatlaridan biridir.
Ikkinchidan, har qanday mafkura bir kunda yoki bir guruh olimlaru siyosatdonlar tomonidan “haybarakallachilik” tarzida yaratilmaydi. U ma’lum tarixiy davr mobaynida, ziddiyatli jarayonlar ta’sirida shakllanadi. Har qanday mafkuraning negizida xalqning tub manfaatlari va istaklari yotgandagina, u xalq mafkurasi bo‘ladi. Bunda birinchi o‘rinni shu mamlakat asosiy aholisining, millatining mafkurasi egallamog‘i kerak. Shu boisdan ham o‘zbek milliy ma’naviyatiga asosiy e’tiborni qaratmoq lozim.
Uchinchidan, ma’naviyat har qanday siyosiy, milliy, huquqiy, tarixiy mafkuradan ham keng tushunchadir. Rasmiy mafkura xalq, millat ma’naviyatidan yiroq bo‘lsa, hech qanday naf bermaydi. Zotan, ma’naviyat - mafkurani ozikdantiruvchi buloq.
To‘rtinchidan, vatanparvarlik har qanday mafkuraning muhim jihatidir. Chunki O‘zbekistonning har bir fuqarosi mustaqilligimizni to‘la his etmog‘i, mustaqillikni e’zozlamog‘i, mustaqillik uchun jon fido qilmog‘i, millatimiz, davlatimizning buyuk kelajagi uchun o‘zining fikri-zikri, mehnatini bag‘ishlamog‘i zarur.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə