Ызбекистон республикаси


III. Konsepsiyaning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə28/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

III. Konsepsiyaning asosiy yo’nalishlari
1-bob. Shaxs, davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish
1. Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish
1. Bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratish. Unda:
Konstitutsiyani o’rgatishga doir ilk tushunchalar;
kundalik hayotda qo’llashga mo’ljallangan boshlang’ich huquqiy bilimlar;
huquqni targ’ib qiluvchi turli xil o’yinlar, mashg’ulotlar va dasturlar bo’yicha uslubiy qo’llanmalar va boshqa zarur ma’lumotlarni berish.
2. Oilada bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlang’ich qoidalarini o’rgatish bo’yicha ota-onalar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish.
3. Oila davrasida huquqiy savodxonlikni oshirishga mo’ljallangan, har bir elementar huquqiy bilimlarni o’rgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qo’llanma tayyorlash va bepul tarqatish.
4. Bolalar uchun huquqiy mavzularda va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, o’zbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlarini o’rgatishni targ’ib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish.
5. Bolalar uchun huquqiy axborotni yetkazishga hamda kundalik turmushda qo’llaniladigan normalar va odob-axloq qoidalarini o’rgatishga qaratilgan audioertaklar, kinofilmlar va kinojurnallar ishlab chiqish.
6. Oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, bolalar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari to’g’risida teleko’rsatuvlar, tok-shoular tayyorlash.
7. Kundalik turmushda ko’p uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini uyma-uy yurib targ’ib qilish, shuningdek, huquqiy ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan flayer, buklet va boshqa tarqatma materiallarni oilalarga bepul tarqatish.
8. Yoshlar va ota-onalar o’rtasida nikoh yoshi, aliment to’lash shartlari, qarindoshlar o’rtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari to’g’risida muntazam ravishda huquqiy targ’ibot tadbirlarini o’tkazish.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə