Ызбекистон республикаси


Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə26/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
KONSEPSIYASI
I. Umumiy qoidalar
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
So’nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to’sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Xususan:
birinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlari tizimli va uzviy tashkil etilmayapti. Jamiyatda, oilada, mahallada, ta’lim muassasalarida va tashkilotlarda huquqiy axborotlarni yetkazishning ta’sirchan mexanizmi mavjud emas. Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash g’oyalari aholi, ayniqsa, davlat xizmatchilari ongiga yetarli darajada singdirilmayapti;
ikkinchidan, uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim jarayonlari huquqiy tarbiya bilan uyg’un olib borilmayapti, aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda o’zbek xalqining tarixi, dini, urf-odatlari, milliy qadriyatlariga tayanilmayapti;
uchinchidan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik tizimi yaratilmagan, ijtimoiy sheriklik prinsipi asosida ishlar tashkil etilmagan;
to’rtinchidan, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishning aniq maqsadli chora-tadbirlari belgilanmagan;
beshinchidan, jamiyatda manzilli huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil etishda va amalga oshirishda davlat organlari va boshqa sohaviy xizmatlarning faol ishtiroki ta’minlanmayapti, bu borada yuqori natijadorlik va samaradorlik ko’zga tashlanmayapti;
oltinchidan, huquqiy tadbirlar hamon an’anaviy usullarda, oddiy uchrashuvlarni o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilmoqda, bu borada targ’ibotning innovatsion usullaridan, shu jumladan, veb-texnologiyalardan foydalanilmayapti, huquqiy yo’nalishdagi veb-saytlar yetarli emas;
yettinchidan, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni rag’batlantirishning huquqiy mexanizmlari mavjud emas, bu borada tadbirlar nomigagina tashkil etilmoqda, huquqiy bilimlarni yuksaltirish bo’yicha huquqiy adabiyotlarni chop etish va tarqatish, ilmiy izlanishlarni olib borish ishlari samarasiz amalga oshirilmoqda.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi mavjud muammo va kamchiliklar “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan g’oya ostida Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini (keyingi o’rinlarda — Konsepsiya) qabul qilish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə