Ызбекистон республикаси


Qonunga hurmatni tarbiyalash



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə22/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

Qonunga hurmatni tarbiyalash. Huquqiy davlatda jamiyat va shaxs huquqiy ongining muhim jihati, bizningcha, qonunga hurmat, uning qadrini shaxs qadriyatlarining eng yuqori darajasiga ko‘tarishdan iborat. Ququqqa, qonunga hurmatni oddiy qonunga itoatkorlik deb tasavvur etib bo‘lmaydi, u yuqori darajadagi huquqiy faollikni talab etadi.
Aynan huquqiy faollik, ya’ni shaxsning ijtimoiy faol ijobiy xatti-harakati uning huquqiy ongining, qonunga hurmatining darajasini bildiruvchi muhim ko‘rsatkichdir.
Qonunga hurmat qonundan, uning odilligidan qoniqish hissiga, shuningdek, o‘z xatti-harakatlarini xuquk, prinsiplari va normalariga ixtiyoriy ravishda bo‘ysundirishga asoslangan axloqiy-huquqiy kategoriyadir. Boshqacha aytganda, shaxs huquqiy majburiyatlarni anglangan burch sifatida, huquq va majburiyatlari birligi prinsipining timsoli sifatida qabul qiladi.
Kriminologiyadagi tadqiqotlar huquqbuzarlik sodir etilishi uchun muayyan huquqiy normalarini bilish yoki bilmaslikning hal qiluvchi ahamiyati yo‘qligidan dalolat bermoqda. Respondentlarning kattagina qismi huquqbuzarliklarni qonunni xurmat qilganliklari uchun emas, jazodan qo‘rqqanligi tufayli sodir etmasliklarini tan olganlar. Bu huquqqa xurmatni shakllantirishning juda muhimligini tasdiqlaydi.
Jamoatchilik fikri va huquq. Jamiyat huquqiy ongini baholashda jamoatchilik fikrini o‘rganish katta yordam beradi. Afsuski, respublikamizda huquq masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrining monitoringi amalda o‘tkazilmaydi, holbuki sotsiologik tadqiqotlarning ma’lumotlari butun jamiyatdagi hamda ayrim ijtimoiy guruhlardagi huquqiy ongning manzarasini aniqlashtirishga yordam bergan bo‘lardi. Shaxs huquqiy ongidagi ijobiy motivlar va manfaatlarga alohida e’tibor berish kerak. Chunki regulyativ xossa hamisha ham tarbiyaviy xossa bilan mos kelavermaydi, kishilarning muayyan qismi qonun talablarini kelishuvchilik qilib yoxud jazoning qo‘llanilishidan qo‘rqib bajaradilar. Boshqa qismi esa huquqiy qadiriyatlarga anglangan holda munosabatda bo‘ladilar. Shu narsa ajablanarliki, aynan ijobiy huquqiy ong mexanizmi amalda o‘rganilmasdan qolmoqda. Turli xil ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongidagi ijobiy steriotiplarni aniqlash va keng yoyish lozim. .
O‘zbekiston huquqiy tizimining tub o‘zgarishlari, jamiyat hayotidagi huquqiy asoslarning kuchayishi, shuningdek, davlat va jamoat institutlarining faol huquqiy tarbiya ishlari asta-sekin aholi huquqiy ongining va huquqiy madaniyatining yuksalishiga olib keladi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə