Ызбекистон республикаси


Huquqiy madaniyatning prognostik funksiyasi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə15/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Reja
Huquqiy madaniyatning prognostik funksiyasi huquqiy ijodkorlik va huquqni qo‘llashni qamrab oladi, qonunlar va huquqiy tartibotni mustahkamlashni, fuqarolarning huquqqa mos xatti-harakati, faolligi va boshqalarni, butun huquqiy tizim uchun xos bo‘lgan an’analarni tashkil qilishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ilmiy prognozlash va rejalashtirishning elementlari, masalan qonunchilik faoliyatida kuchayib bormoqda, chunki qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilishni rejali ravishda amalga oshirish zarur.
Huquqiy madaniyat bashoratlar (oldindan aytib berish) ehtimoli bo‘lgan o‘ziga xos qadriyatlardan iborat. Bunday hollarda hatto ma’lum darajadagi noanikdik yetarli asoslangan bashorat qilish imkoniyatini cheklab qo‘yadi.
Huquqiy madaniyatga bevosita aloqador bo‘lgan juda ko‘p qarama-qarshiliklarga duch kelish mumkin. Bularning hammasi, albatta, huquqiy madaniyatga ta’sir qiladi. Ana shuning uchun huquqiy madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik va huquqiy tizimdagi mavjud ziddiyat va qarama-qarshiliklarni bartaraf qilmasdan, shaxsni har tomonlama huquqiy kamol toptirish mumkin emas.
Huquqiy madaniyat sivilizatsiyaning rivojlanishiga, tartibga solinishiga, yaxshilanishiga turtki bo‘ladi. Huquqiy madaniyat - bu dinamik holat. Unda ma’naviy boyliklar nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Shaxsniki kabi, jamiyatning huquqiy madaniyati ham ma’naviyliksiz bo‘lishi mumkin emas. Jamiyatimizda umumbashariy qadriyatlarni tiklash yuqori umuminsoniy madaniyatning ajralmas elementini, mamlakatimiz huquqiy madaniyati elementini ham tashkil qiladi.
Huquqiy madaniyat mamlakatimiz ideallariga xizmat qilganligi uchun emas, balki unda umuminsoniy ideallar, adolat o‘z aksini topgani uchun qadrlidir. Agarda huquqiy madaniyat bu ideallardan uzoqlashsa, unda u sivilizatsiyani va huquqni xurmat qilishga xizmat qiladi.


3-mavzu: Huquqiy madaniyatning tuzilishi.

Reja:

1. Huquqiy madaniyat va taraqqiyot.

2. Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari:


Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə